Behi navlarining turlari slayd pptx


Download 4.26 Kb.
Sana03.12.2023
Hajmi4.26 Kb.
#1797411
Bog'liq
Behini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikam.

Behini standartga kiritilgan navlarini xarakteristikam.

Behi mevasi haqida

  • Behi daraxtlari O’zbekistonda qadimdan ko’paytirib kelgan. Mamlakatimizning tog’li rayonlarda (So’x, Nanay, Bo’stonliq) dengiz sathidan 1000m balandlikda behining ertapishar mayda mevali nsvlsri ko’proq tarqalgan. Behi hosilini terish sentyabr oyining oxiridan to noyabr oyigacha davom etadi. Kechpishar behi hosilini mart oyigacha saqlash mumkin. Behi mevalarida vitaminlar olma, olcha va nokka nisbatan ko’pdir.
  • O’zbekiston behini o’stirish uchun mos iqlim va tuproq sharoitlari mavjuddir. Behi kamdan-kam erta bahorda bo’ladigan qora sovuqlardan zararlanadi, olma va nokka nisbatan kechroq muddatda gullaydi. Behi odatda aprelning ikkinchi yarmi, may oyida gullaydi. Sovuq 30 darajadan past bo’lganda bir yillik novdalari va qisman eski shoxlari zararlanadi. Kuchli kuzgi sovuqlar behi daraxtini kamdan-kam shikastlaydi.

Behi navlari haqida

  • Shirin –ertapishar ho’raki nav. Mevasi o’rtacha, ayrimlari qisman yirik bo’ladi, vazni 130-190gr, asosan noksimon shaklda bo’lib, qobig’lari uncha ko’zga tashlanmaydi. Mevasi qalin tuklar bilan qoplangan. Sentyabrning ikkinchi yarmida mevasi pishadi. Hosil yaxshi bo’lib, terib olingan mevasini iste’mol qilsa bo’ladi.

Behi navlari haqida

  • Xorazm olmasimon behisi. Bu nav Xorazm voxasida tarqalgan. Daraxti 4-5m baland bo’lib o’sadi. Ekilgandan keyin 4-5-yili hosilga kiradi. Har yili hosil beradi. Mevasi yumaloq-yassi, keng qirrali. Sirti qo’ng’iz rangli tuk bilan qalin qooplangan. Yetilganida och limon rangda bo’ladi, po’sti yupqa, eti sarg’ish-oq, zich, o’rtacha, suvli, hushbo’y, shirin. Oktabr oyi boshlaridan boshlab uziladi, yanvar oyi oxirigacha yaxshi saqlanadi.

Behi navlari haqida

  • Xorazm noksimon behisi. Xorazm vohasida ekiladi, mevasi yirik (300gr), nook shaklida, yirik keng qirrali, jigarrangsimon tukli. Tuki oson tozalanadi. Po’sti silliq, ko’kimtir rangli, saqlanganda sariq tusga kiradi. Eti sarg’ish oq, zich, bir oz dag’al, o’rtacha suvli, sezilar-sezilmas hushbo’y, taxirroq, nordon-shirin. Hosildorligi o’rtacha. Oktyabr oyi boshlarida uziladi, martgacha yaxshi saqlanadi. Saqlanganida po’stining osti dog’lanib, taxirlashadi. Yaxshi changlanishi uchun boshqa navlar bilan aralashtirib ekkan ma’qul. Daraxtning ildiz sistemasi yer yuzasiga yaqin joylashadi. Shuning uchun ham u yaxshi unumdor bo’z tuproqlarda va qum bilan aralshgan og’ir tuproqlarda yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar

  • 1. Ziyonet.uz axborot kutubxonasi 2. wikipediya.org sayti

Download 4.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling