Mavzu: Yong'oqmevali daraxtlar madaniy o'rmonlarni barpo etish
Download 54.55 Kb.
|
Yong\'oqmevali daraxtlar madaniy o\'rmonlarni barpo etish.
Yu b i l ye y n i y. Bu nav yong‘oq dumaloq, uchi sal ko‘rinib turadi. Og‘irligi 11,7 gramm, mag‘iz chqishi 50,4 protsent. Mag‘zi mazali. Po‘chog‘idan yaxshi ajralmaydi, mo‘l hosilli nav hisoblanadi. Bahorgi sovuqlarga chidamli, tezpishar, payvand qilingan ko‘chatlar to‘rtinchi yoshidan mevaga kiradi. Mevasi sentyabrning o‘rtalarida pishadi..
G‘ a l v i r a k yo n g‘ o q. Bu nav yong‘oq tuxumsimon, uchi qiyshiqroq. Og‘irligi 9,4 gramm, mag‘iz chiqishi 54,6 protsent. Mag‘zi mazali, po‘chog‘idan yaxshi ajralmaydi, bu nav har yili, juda ko‘p hosil beradi, mevasi sentyabr yarmida pishadi. P i o n ye r. Bu nav yong‘oq tuxumsimon, yong‘og‘ining og‘irligi 12,8 gramm, mag‘iz chiqishi 52,8 protsent, to‘q mag‘izli. Po‘chog‘idan yaxshi ajralidadi. Nav bahorgi sovuqqa chidamliligi bilan farq qiladi. O‘sish davri qisqa, tez hosilga kiradi. Payvand qilingan ko‘chati uchinchi yoshidan mevaga kiradi. Mevasi sentyabrning uchinchi o‘n kunligida pishadi. I d ye a l. Yong‘og‘i tuxumsimon shaklli. Og‘irligi 10,2 gramm, mag‘iz chiqishi 50,8 protsent. Mag‘zi mazali, po‘chog‘idan yaxshi ajraladi. Bu juda tezpishar nav bo‘lib, payvand qilingan ko‘chati birinchi yilliyoq, urug‘dan ekilgani esa ikkinchi yili (3-rasm) mevaga kiradi. Ikkinchi marta gullab ikki marta hosil tugish xususiyatiga ega. Ikkinchi hosil tukkanda har to‘dada 23 tagacha yong‘oq bo‘ladi. Daraxti sekin o‘sadi, bo‘yi 8 metrdan oshmaydi. Sovuqqa juda chidamli. Shuning uchun ham har yili meva qiladi. O‘n yasharlik daraxt 12 kilogrammgacha hosil beradi. Birinchi hosili sentyabrning uchinchi o‘n kunligida, ikkinchi hosili oktyabrda va noyabrning birinchi o‘n kunligida pishadi. G v a r d ye y s k i y. Yong‘og‘i deyarli dumaloq bo‘lib, qirrasi sal-pal ko‘rinib turadi. Og‘irligi 13,1 gramm, mag‘iz chiqishi 57,6 protsent, mag‘zi mazali po‘chog‘idan yaxshi ajraladi. Sentyabr oyining yarmida pishadi. B o‘ s t o n l i q. Bu nav yong‘oq sal cho‘zinchoq, asosi dumaloq. Og‘irligi 13,3 gramm, mag‘zi mazali. Mag‘iz chiqishi 48,5 protsent. Bu tez o‘sar, mo‘l hosilli nav hisoblanadi. 20-yoshligida 100 kilogrammgacha hosil beradi. Qishki,bahorgi sovuqlarga chidamli, tezpishar,payvand qilingan ko‘chati beshinchi yoshdayoq meva bera boshlaydi. Mevasi sentyabrning ikkinchi yarmida pishadi. Q o z o g‘ i s t o n. Bu qimmatli nav urug‘dan yetishtirilgan ko‘chatlardan tanlab olingan. Yong‘og‘i tuxumsimon shaklda. Og‘irligi 14,3 gramm, mag‘iz chiqishi 48,7 protsent, mag‘zi mazali, po‘chog‘idan yaxshi ajraladi. Bu nav o‘sish davrning qisqaligi bilan farq qiladi. Mevasi sentyabr oyining ohirida, oktyabrning boshida pishadi. E r t a m ye v a g a k i r a d i g a n O‘ z b ye k i s t o n n a v i. Ko‘chati Ideal navidan bo‘lib uning erta mevaga kirish, to‘da-to‘da meva tugish va sovuqqa chidamliligi kabi barcha qimmatli biologik xususiyatlarini o‘zida saqlab qolgan. Mevasi oktyabrning boshida pishadi. Yong‘og‘i tuxumsimon shaklda. Og‘irligi 11,6 gramm, mag‘iz chiqishi 54,5 protsent, mag‘zi mazalik, po‘chog‘idan butunicha ajraladi. R o d i n a. Bu Bo‘stonliq navi bilan Yuraksimon yong‘oq navidan olingan duragay. Yong‘og‘i chiroyli, tuxumsimon shaklli. Og‘irligi 13,5 gramm, mag‘iz chiqishi 49,5 protsent. Mag‘zi mazalik, po‘chog‘idan yaxshi ajraladi. Tez o‘sadi, sovqqa va marsoniya kasalligiga chidamli. Mevasi sentyabrning oxirida pishadi. G i b r i d. Bu Pioner bilan Pekan navi o‘rtasidagi duragaydir. Yong‘og‘i cho‘ziqroq, og‘irligi 12,2 gramm, mag‘iz chiqishi 51,3 protsent. Po‘chog‘i juda yupqa - salvirak, mag‘zi mazali, po‘chog‘idan butunicha ajraladi. Bu nav daraxti tez o‘sadi. O‘sish davri bir oz qisqa, sovuqqa juda chidamli bo‘ladi. Mevasi sentyabrning oxirida pishadi. 5. Yong‘oqni ko‘paytirish, yong‘oqzorlar barpo etish va parvarishlash agrotexnikasi. Yong‘oqni ekish va payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Yong‘oq chetdan changlanganligi tufayli, urug‘idan ko‘paytirilgan ko‘chat o‘zining xususiyatlari bilanaslidan farq qiladi. Shuning uchun ham eng yaxshi navlarning barcha xususiyatlarini saqlash uchun yong‘oqni payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytirish kerak. Lekin tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, urug‘dan ekilganda qimmatli navlarning nasli garchi, katta o‘zgarishlarga uchrasa ham, umuman olganda xo‘jalik sifatlarini yo‘qotmaydi. Hatto ayrim o‘stiriladigan ko‘chatlar asliga nisbatan yaxshiroq meva beradi. Shu sababli katta bog‘lar yaratishda yong‘oqni urug‘idan ko‘paytirish usulini ommalashtirish mumkin. Payvandlash ishi ancha murakkab bo‘lib, bu usulni uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda, asl sifatini saqlab qolish kerak bo‘lgan navlarni yetishtirishdagina qo‘lansa bo‘ladi. Ekish uchun urug‘lik tanlashga katta e’tibor berilishi kerak. Yirik to‘q po‘chog‘i qalin urug‘dan o‘stirilgan ko‘chatlar tez va yaxshi o‘sadi. Yong‘oq kuzda yoki erta bahorda stratifikatsiya qilinib (bo‘rtirib) ekiladi. Yong‘oq nam qum solingan yashik yoki ariqda stratifikatsiya qilinadi. Yashikning balandligi yoki ariqning chuqurligi 0,5 metrdan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yong‘oq qavat-qavat qilib teriladi. Har qavat orasiga nam qum solinadi va usti somon va tuproq bilan berkitiladi; yashik esa qishda yerto‘lagaa kiritib qo‘yiladi. Qumning qurib qolmasligini kuzatib borish, zarur bo‘lsa uni namlab turish lozim.Urug‘ni stratifikatsiya qilish muddati yong‘oq po‘chog‘ining qalinligiga bog‘liq. Issiqlik 1-8 daraja bo‘lganida bu muddat bir yarim oydan uch oygacha cho‘ziladi. Issiqlik 18-20 daraja bo‘lsa, yong‘oq 20-25 kundan keyin una boshlaydi. Po‘chog‘i juda yupqa bo‘lgan yong‘oqni stratifikatsiya qilishning hojati ham yo‘q. Bundan urug‘ni ekish oldindan oqar suvda 3-4 kun ivitish kifoya. Kuzda ekilgan yong‘oq bahorda ekilganiga nisbatan ancha barvaqt va bir tekis unib chiqadi, ko‘chati tez o‘sadi. Lekin kuzda uzoqroq joylarga ekilgan urug‘ni ko‘pincha yovvoyi hayvonlar (tulki, bo‘rsiq, jayralar) yeb ketadi. Shuning uchun ham yong‘oq ko‘chati juda siyrak unib chiqadi. Ularni havyonlardan saqlash uchun urug‘ ekilgan joyning aylanasiga geksaxloran sepish kerak. Yong‘oqning o‘sishiga sug‘orish tartibi qattiq ta’sir qiladi, shuning uchun ko‘chatzor qilinadigan maydon tekis bo‘lishi kerak. Aks holda bu - tuproqning namlanishiga yomon ta’sir qilgandan niholchalar juda ola o‘sadi. Ko‘chatzor qilinadigan maydon kamida 45-50 santimetr chuqurlikda haydaladi. Yong‘oqni ekish uchun qator orasi 70 santimetr bo‘lgan egat olinadi. U egatning tubiga orasini 10 santimetrdan qilib qirrasi bilan yotqizib ekiladi. Kuzda urug‘lik 9-10 santimetr, bahorda esa 7-8 santimetr chuqurlikka ekiladi. Shunday qilib ekilganda 1 gektar yerga 1,4-1,7 tonna urug‘ ketadi. Yong‘oq boshqa mevali daraxtlarga nisbatan suvni ko‘p talab qiladi. Shuning uchun niholchalarni o‘z vaqtida sug‘orib turish kerak. Ko‘chatzor yozda o‘n marta sug‘oriladi va o‘n marta tagi yumashtilib, o‘toq qilinadi. Namning tuproqqa yaxshi singishi uchun uncha chuqur olinmagan egatlardan jildiratib suv qo‘yiladi. Bir yillik ko‘chatning bo‘yi o‘rta hisobda 25-30 santimetrga yetadi. Ko‘chatzor ikkinchi yilda ham shu tahlitda parvarish qilinadi.. Ko‘chatlar doimiy o‘sadigan joyiga sug‘oriladigan yerlarga ikki yoshligida, lalmikor yerlarga bir yoshligida ko‘chirib o‘tkaaziladi. Ikki yillik ko‘chatning asosiy shoxiga qilingan payvand yaxshi tutmaydi. Shuning uchun u ko‘klamda ildiz bo‘g‘izidan kesib tashlanadi. Kesilgan joy atrofidan bir yillik novdalar o‘sib chiqadi. Bulardan bitta baquvvat novda qoldirib, qolganlari kesib tashlanadi. Qolgan novdagi qilingan payvand yaxshi tutib ketadi. Yong‘oqni payvand qilishning eng yaxshi payti iyun oyining ohirgi va iyul oyi hsoblanadi. Yong‘oq Bekichev siestemasidagi maxsus pichoq bilan novdaning halqa shaklida kesilgan kurtakli po‘sti payvand qilinadi. Bu pichoqning bir-biridan 35 millimetr oraliqdagi parallel joylashgan ikkita tigi va dastasi bo‘ladi. Payvand qilish uchun dastlar Bekichev pichog‘i bilan novdani po‘stlog‘i ikkita halqa shaklida tilinadi, keyin maxsus payvand pichog‘i bilan xalaning uzunasiga tilinadi. Pichoq bilan novdaning po‘stlog‘i ajratiladi va o‘rno‘idan extiyotlik bilan yoniga va tepaga qarab bir oz siljitiladi. Shundan keyin Bekichev pichog‘i bilan payvandustning po‘stlog‘i ham doira ashaklida kesilib, uning kurtakka qarama-qarshi bo‘lgan tomoni uzunasiga tilinadi. Halqadan kesib olingan po‘stloq juda extiyotlik bilan novdadan ajratib olinadi. Novdadan kurtagi bilan ajratilgan payvandust tezda kesilgan, po‘stlog‘i shu onda olingan payvandtakka ulanadi, ulangan joy bog‘ moyiga ho‘llangan doka bilan boylab qo‘yiladi. Bu mayni tayyorlash uchun (vazniga qarab) 15 hissa kanifol, 7 hissa mum va bir hissa oq yog‘ olinadi. Qaynab turgan varga solingan doka sovutilgandan keyin, eni bir santimetrlik tasma qilib kesiladi. Payvand qilingandan keyin ikki hafta o‘tgach tasma olib tashlanadi. Kelasi yil ko‘klamda ko‘kargan ko‘chat tutashtirilgan joyning 15 santimetr yuqorisidan kesib tashlanadi, bu bilan uning o‘sishi to‘xtaydi. Keyin yovvoyi bachkilari butaladi, iyul yida esa suyanchiqlari ham kesilib tashlanadi. Payvand qilingan bir yillik ko‘chatning bo‘yi 1,5 metrga yetadi. Payvandlangan o‘simlik doimiy o‘stiriladigan joyga bir yoshligida, uch yillik ildiz sistemasi bilan o‘tkaziladi. Ko‘chatlar ko‘chatzordan kuzda bargi tukilgandan keyin, yoki erta bahorda ko‘chirib olinadi. Yong‘oq chuqur ildiz otadi. Shuning uchun ham uni kavlash vaqtida o‘tkir belkurak yoki ketmon bilan bir yillik ko‘chatni 25-30 santimetr chuqurlikda, ikki yillik ko‘chatni 30-35 santimetr chuqurlikda va payvand qilingan ko‘chatni 40 santimetr chuqurlikda qazib olish kerak. Respublikaning tekislik va tog‘ etagidagi rayonlarda yong‘oq ko‘chati o‘tkazish uchun yumshoq qatlami chuqur, sho‘rsiz va suv yaxshi chiqadigan uchastkalarni tanlash kerak. Yong‘oqni tog‘larda balandligi dengiz sathidan 1400-1500 metr bo‘lgan shimoliy yonbag‘irlikdagi nam joylarda (Bo‘stonliq rayonda), respublikaning janubiy rayonlarida esa undan ham balandroq joylarda sug‘ormasdan o‘stirish mumkin. Sug‘oriladigan yerlarda yong‘oq ko‘chatlari orasi 12-16 metr(1 gektarda 40-70 tup) qilib o‘tkaziladi. Lalmikor yerlarda yong‘oq ancha zichroq- orasi 10x10 metr kenglikda ekiladi. Qator orasidan olcha va olxo‘ri ekish uchun foydalaniladi. Bir gektar maydonga 100 tup yong‘oq va 300 tup boshqa ko‘chat o‘tqaziladi. Yong‘oq sug‘orilmaydigan yonbag‘irlarda to‘proqdv yaxshi nam to‘plash va mexanizatsiyadan foydalanish imkonini beradigan terrasalarga yoki to‘planib qolmaydigan hajmi 1x1,5 metrdan kam bo‘lmagan maydonchalarga o‘tkaziladi. Terrasa yoki maydonchalar, shuningdek ko‘chat ekiladigan chuqurlar oldindan - kuzgi ko‘chat o‘tkazish uchun bahor - yoz paytida, bahorgi ko‘chat o‘tkazish uchun kuzda tayyorlab qo‘yiladi. Ekish vaqtida chuqur, maydoncha yoki terrasalar bir oz tuzatiladi, xolos. Yong‘oq kuzda yoki erta bahorda oldindan tayyorlangan terrasalarga yoki maydonlarga hajmi 40x40 santimetrlik uyaga ekiladi. Ko‘klamda urug‘larni undirib ekish kerak. Har bir uyaga tanlab olingan urug‘lardan uch-to‘rtattan 20-30 santimetr oralikda, 10-20 santimetr suqurlikda ekiladi.Ustidan tuproq bosib qo‘yiladi. Agar urug‘ yaxshi ko‘karib chiqsa kuzda har bir uyada bittadana o‘simlik qoldirilib, qolganlari boshqa yerlarga ko‘chat qilinadi. Sug‘oriladigan yerlardagi yong‘oq daraxtlarini parvarish qilish asosan sug‘orishdan iboratdir. O‘sish davrida yong‘oq kamida 6-7 marta sug‘oriladi. Har bir sug‘orishdan keyin tuproq yumshatiladi va o‘ti o‘ldiriladi. Bundan tashqari qishda ham ikki-uch marta suv beriladi. Yong‘oq qator oralaridagi yerlarga sabzavot va kartoshka ekib, foydalanish mumkin. Bu ekinlar dukkakli ekinlar bilan navbatlab ekiladi. Dukkakli ekinlar ko‘kat o‘g‘it sifatida haydab yuboriladi. Uncha unumdor bo‘lmagan yerga har yili gektariga 90-120 kilogramm azot va 60-90 kilogramm fosfor hisobidan mineral o‘g‘it solinadi. Yoki gektariga 30-40 tonna hisobidan 3 yilda bir marta go‘ng solinadi. Go‘ngni mineral o‘g‘itga aralashtirib solish ancha foydali bo‘ladi. Lekin bunda go‘ng normasi mineral o‘g‘it hisobiga teng baravar kamaytiriladi. Fosforli o‘g‘itlar va go‘ng kuzda, a’zotli o‘g‘itlar esa bahorda solsinadi. Kuz va qishda lalmikor yerda ko‘proq nam to‘planishiga va bo‘ namni yozda saqlab qolishga aloahida e’tibor berish kerak. Yong‘oqzorni parvarish qilishda, dastavval, daraxtlarni 8-10 metr oraliqda siyraklashtirish kerak. Bunda kasallangan va past navli daraxtlar kunddakov qilinadi. Qolgan daraxtlarning kurigan kasallangan va ortiqcha shoxlari butaladi, bachki novdalari yulib tashlanadi, kavaklari tozalanib, sement yoki somonli loy bilan suvab ko‘yiladi. Qalin joylashgani natijasida o‘solmay qolgan daraxtlarning shoxlari 3-5 metr balandlikdan kallaklanadi. Qalin daraxtlarni siyraklashtirish bilan birga o‘rmonzorlarning chetiga va o‘rtasidagi yalang joylarga ko‘chat o‘tkazilishi yoki urug‘ ekilishi kerak. O‘rmonlardagi ko‘pgina yong‘oq daraxtlari chetdan yetarli darajada changlanmagani uchun kam hosil beradi. Yong‘oq pishganda po‘sti oson ajraladigan bo‘lib, yerga to‘kila boshlagandan keyin qoqib olinadi. Pishmay terib yig‘ib olingan yong‘oqning mag‘zi puch bo‘ladi va ekilganda unib chiqmaydi. Bundan tashqari pishmagan yong‘oq daraxtdan qiyin to‘kiladi, qattiq qoqilsa shoxlari shikastlanadi. Bu esa kelgusi yil hosiliga salbiy ta’sir qiladi. Ana shunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yong‘oq toza pishganda, tagiga polos yoyib qoqiladi. Yong‘oqni yaxshi kuritish uchun havo ochiq bo‘lsa besh-olti kun kifoya qiladi. Yong‘oqni yog‘ochdan qilingan panjaralarda quritish yaxshi. Quritilgan yong‘oqning po‘chog‘i qarsillab sinadigan bo‘lishi kerak. Yong‘oq quritilgandan keyin sortlarga ajratiladi. yaxshi sortlari chaqilgan, mayda va qurt yeganlaridan sinchiklab ajratilishi kerak. Yong‘oq quruq, salqin, issiqligi 3-5 daraja, shamollatib turiladigan, havo namligi 75 protsentdan ortiq bo‘lmagan joyda saqlanadi. Yong‘oq unib chiqish qobiliyatini bir yilgacha saqlaydi. Shuning uchun tayyorlangan urug‘dan birinchi yildayoq foydalanish kerak. Savollar: 1. Yong‘oqmevali daraxtlarga kiruvchi avlod va turlarni ayting. 2. Yong‘oqning hosil berish xususiyatini taxlil qilish? 3. Istiqbolli navlarini ayting? 4. Tog‘ qiyaliklarida yetishtirish agrotexnikasini taxlil qiling? BODOM, UNING BIOEKOLOGIK XARAKTERISTIKASI VA AGROTEXNIK XUSUSIYaTLARI .Reja: 1. Bodom, uning geografiyasm, bioekologik va xo‘jalik ahamiyati. 2. Bodomning navlari. 3. Barpo etish va parvarishlash agrotexnikasi. Adabiyotlar:2, 6 Ra’noguldoshlar oilasi - Rosaceae Bodom turkumi - Amygdalus. Oddiy bodom - Amygdalus communis Oddiy bodom ra’noguldoshlar oilasiga mansub bo‘lib boshqa turlar qatorida kichik va O‘rta Osiyo, Kavkaz orti, Afg‘oniston, xitoyda keng tarqalgan. Madaniy xolda bu o‘simlik O‘rta Osiyo yer dengizi mamlakatlari Eron, Iroq, Afg‘oniston, Pokiston, AQSh, Argentina, Chili, Avstraliya, Janubiy Afrika rayonlarida uchraydi (Rixter, 1958, 1985; Yadrov, 1981; Yaskina, 1980). O‘rta Osiyoda esa G‘arbiy Kapstdog‘ (Aydere), G‘arbiy Tan-Shan - Farg‘ona tog‘ tizmalari qiyaliklarida, Farg‘ona va Qurama tog‘ tizmalarida, issiq ko‘l atrofida Ili daryosi basseyining bir qismida, Pamir-Oloy, Xisor, Turkiston, Zaravshon, Bobotog‘ tog‘larida uchraydi (Poxomova, 1961; Kalmo‘kov, 1973). Madaniy o‘rmonlar Yava oroli, Avstraliya, Janubiy Afrikada rivojlangan Italiya, AQSh Kaliforniya shtatida, Ispaniya, Shimoliy Eron, Tursiya va shu kabi qator mamlakatlarda yuqori darajada madaniylashtirilgan. O‘zbekistonda Farg‘ona vodiysida, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida Kattaquron suv omborlari atrofidagi Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari madaniy bodomzorlar mavjud. Mavjud mahalliy navlaridan yuqori mahsuldorli kech gullaydigan navlari iqtisodiy ahamiyatga ega. Yaxshi o‘sib rivojlangan daraxtlarining bo‘yi 4-6 m ba’zi xollarda 10 m gacha yetadi. Yaxshi rivojlangan bodomlar qishda - 27oS sovuqqacha bardosh berishi mumkin. Shox shabbasi keng dumaloq, supurgisimon, tarvaqaylagan, ba’zi xollardda silindrsimon bo‘ladi. Tang yog‘ochi diametri 20-35sm, shoxlari to‘g‘ri yoki qayrilgan tikansiz ko‘p sonli kichik shoxchalari bilan rivojlangan bo‘ladi. Gullari katta, diametri 3-4 sm, ular odatda shoxlari yakka holda uchraydi gulbandi yalang‘och, 3-5 mm uzunlikda bo‘ladi. Bodom uchun qish fasli davomida 100 soat vaqtda 0 Q 6oS haroratni ta’sir qilinsa keyingi davrlarda faqat ijobiy harorat ta’sir etishi zarur barglar paydo bo‘lishda ijobiy harorat yig‘indisi 1100oS ni, biroq bu ko‘rsatkich navlar bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Shu borada navlar erta, o‘rta, kech gullaydigan navlarga bo‘linadi. Mevasi qattiq danak 1,0-6,0 sm uzunlikda bo‘lib meva bandida bo‘ladi, qalin po‘stloq bilan qoplangan yaxshi saraish rangda bo‘ladi. Pishib yetilishi bilan meva po‘stlog‘i yoriladi, odatda o‘zining bo‘ylama chizig‘i o‘zidan ajarladi. Yong‘og‘i dumaloq shaklidan silindrsimon shaklgacha uchraydi. Qobig‘i nuqtali teshiklardan yoki yo‘l-yo‘l ariqsimon bo‘ladi, yassi yoki noteks, och sariq rangdan to to‘q qo‘ng‘ir rangacha uchraydi. Qobig‘ining yumshoqligi g‘olvirak yumshoqlikdan to toshdek qattiqlikgacha bo‘ladi. Yong‘oq- danagining og‘irligi 0,71-5,67 g gacha, yovvoyi holda o‘sadiganlarining 0,61-4,03 g. Oddiy bodom qarama-qarshi changlanish xususiyatiga ega. Changlanish asosan shamol yordamida amalga oshadi, qisman asalarilar yordamida. Bodom daraxti 60-100 yil hayot kechiradi. Birinchi hosilga kirishi 2-3 chi yili hisoblanadi. Mevasi tog‘li sharoitda avgust oyining ikkinchi yarmida, tog‘oldi joylarda avgust sentabr oylarida pishib yetiladi. O‘rtacha hosildorlik bir daraxtdan 10-15 kg tozalangan bodom yong‘og‘ini tashkil etadi. Yuqori mahsuldorli navlarining bir daraxtidan 3,2-21,4 kg gacha hosil oshish mumkin. Sug‘oriladigan yerlardagi oddiy bodom navlarining hosildorligi (dengiz sathidan 900m balandlikda) 2-5 kg, terrasalangan qiyaliklarda (1100-1300 m) 6 yoshli bodomlar 8-10 kg bir daraxtdan hosil olinadi. 6-8 yoshli bodomlar lalmikor yerlarda navlariga qarab 0,7-3,8 kg tozalangan bodom yong‘og‘i olinishi mumkin. Oddiy bodom qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamli bu pista bilan bir qatorda qurg‘oqchilikka chidamli daraxt turlaridan biri hisoblanadi (Yaskina, 1980). Katta daraxtlarda tosh qotishmali tuproqlarda ildizi 6 m chuqurlikgacha va 7 m radiusida joylashgan bo‘ladi. Oddiy bodom katta xo‘jalik ahamiyatiga ega, uning mevasi qimmatbaho oziq ovqat hisoblanadi. Mevasining mazasi sifatidan qandalat sanoatida foydalanadi, attorlik va meditsina sanoatida qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi.O‘sish sharoitining joyiga va navlariga bog‘liq holda mag‘zidagi yog‘, qand, oqsil va kul moddalari va mag‘zining tarkibiy og‘irligi o‘zgarib boradi. Bo‘stonliq tumanidagi eng yuqori sifatli navlarida mag‘zining chiqishi 37,7-53,3%, tog‘ oldi yerlaridagi bodom yong‘og‘idan, mag‘zining chiqishi 28,9-64,7%, Qirmdagi eng oliy navlaridan bodom mag‘zining chiqishi 38,5-63(%ni tashkil etadi. Bodom mag‘zida 35-67% - yog‘, 2-10% - qand, 16,5-34,0% oqsil, 2,9-5% kul, 2,46-3-48% kletchatka, 2,45-4,39% lignin moddalari bor. 2.Zavetniy. R.R.Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot institutining tog‘ bog‘dorchiligi va uzumchiligi filialida seleksiya qilingan. Bahorgi qora sovuqlarga chidamli. Har yili hosil beradi. Kasalliklar bilan o‘rtacha zararlanadi. Eng yaxshi changlovchilar - To‘ng‘ich va Kolxozniy navlari. O‘tqazilgach 4-yili hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori. 14-15 yoshli daraxti sug‘oriladigan yerlarda 12-15 kg gacha, lalmikor yerlarda 4-5 kg gacha hosil beradi. Bodomning massasi -2,16g, po‘chog‘i standart, 66,7% mag‘iz chiqadi, yog‘liligi 52,9%. Tanshanskiy. Filialda seleksiya qilingan. Erta gullashiga qaramai, bahorgi qora sovuqlarga chidamli. Kasalliklar bilan kuchsiz zararlanadi. Mevasi o‘rta muddatlarda pishadi. O‘tkazilgan 4-yili hosilga kiradi. Hosildorligi yuqori, sug‘oriladigan yerlarda bitta daraxtdan 10 kg gacha, lalmikorlik sharoitida3,5 kg gacha hosil olinadi. Bodomi yirik, massasi 2,9 g, po‘chog‘i yupqa, 49,2 % mag‘iz chiqadi, yog‘liligi 56,1%. Lalmikor yerlarda bodomning sifati 20-22 protsentgacha pasayadi. Ugam. Bu nav bodom G‘arbiy-Yevropaning Prinsessa navi ko‘chatlari orasidan filial tomonidan tanlab olingan. Qurg‘rqchilikka chidamli, kech gullaydi. Bahorgi sovuqlarga chidamli. Har yili hosil beradi. Klyasterosporioz bilan o‘rtacha, «qo‘yish» kasalligi bilan kuchsiz zararlanadi. O‘tqazilgach 4-1ili hosilga kiradi. Eng yaxshi changlovchilar-Qilichsimon, Nikitskiy-62, 5-8 aprelda gullaydi, 17-30 avgustda pishadi. Bodomi yirik /37x23x16 mm/, uchi uchli, asosiy dumaloq. Hosildorligi sug‘oriladigan yerlarda bitta daraxtdan 17 kg gacha, lalmikorlik sharoitida 3 kg gacha. Bodomning massasi - 2,7 g, po‘chog‘i standart qattiqlikda, 42,8% mag‘iz chiqadi, tarkibida 63% yog‘ va 6% qand bor. Bodomning massasi lalmikor yerlarda 12-13 protsentgacha pasayadi. To‘ng‘ich. O‘zbekistonda yaratilgan. Daraxti o‘rta bo‘yli. Aprelning birinchi dekadasida gullaydi. Kasalliklar bilan kam zararlanadi. Qurg‘oqchilikka chidamli. Bodomi o‘rtacha kattalikda, yuqori sifatli, massasi 1,96 g, po‘chog‘i yengil, 46,7% mag‘iz chiqadi, yog‘liligi 60%. Sentabr boshlarida pishadi. Hosildorligi 8-11 s/ga. O‘tqazilgach 4-yili hosilga kiradi. O‘zbekistonda rayonlashtirilgan. Yaltinskiy. Qrimda yaratilgan. Daraxti o‘rta bo‘yli. Kech gullaydi, bahorgi sovuqlarga chidamli. Har yili hosil beradi. Bodomi yirik, massasi 3,26 g, po‘chog‘i yumshoq, 40,3% mag‘iz chiqadi, yog‘liligi 54%. Hosildorligi 7,6 s/ga. O‘tkazilgach uchinchi yili hosilga kiradi. O‘rta Osiyoning barcha respublikalarida rayonlashtirilgan. Nikitskiy pozdnosvetuhiy. Qrimda yaratilgan. Kech gullashi va bahorga sovuqlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Bodomi yirik, massasi 3,07 g, po‘chog‘i yumshoq, 47,8% mag‘iz chiqadi, yog‘liligi 53%. Hosildorligi yuqori-20 s/ga gacha. To‘rtinchi yili hosilga kiradi. Tojikistonda rayonlashtirilgan. O‘rta Osiy respublikalarida o‘stirish uchun bodomning xo‘jalik jihatdan qimmatli bo‘lgan Bustonlikskiy pozdnosvetushiy, Disertniy, Kolxozniy, Nikitskiy-6, Nikitskiy pozdnosvetuhiy, Qilichsimon va Turkmenskiy otlichniy. Langedok va boshqa navlar tavsiya etiladi. 3. Tog‘ oldi lalmi yerlarida yog‘in-sochin tushishining davriyligi yozning issiq kunlarida yog‘ingarchilik bo‘lmasligi iqlimning qururq bo‘lishiga oshib keladi. Sovuq qish, maksimal yog‘in-sochinlik bo‘ladigan sernam va issiq bahor, tezda issiq va quruq, yog‘in-sochin bo‘lmaydigan yozga aylanadi. Lalmi territoriya tog‘oldi to‘lqinsimon balandliklar, baland bo‘lmagan cho‘zinchoq silliq tepaliklarning adirli tekisliklar bilan almashinishi kabi tuzilishlariga ega bo‘lib o‘ziga xos landshaftlarni tashkil etadi. Ular termik rejim va namliklar bo‘yicha ko‘p yoki kam bir turkumlidir. Tuprog‘i-buz tuproq, 0,32-0,72 foiz, kuchsiz gumus gorizonti va ko‘p bo‘lmagan azot (0,039 foiz), fosfor (0,15 foiz) zapasi bilan xarakterlanadi. Yer osti suvlari 10 m chuqurlikda joylashgan. Ko‘proq mineralizatsiyalangan. Region iqlimi keskin kontenintal, sutka va yil fasllari davomida ob-havo keskin o‘zgarib turishi bilan xarakterlanadi. Yoz oylarida havoning o‘rtacha oylik harorati 29,80S ni tashkil etadi, maksimum harorat iyulga to‘g‘ri qolib 38,10S gacha ko‘tariladi. Avgustdan boshlab havoning o‘rtacha oylik harorati pasayib boradi va eng past harorat yanvarga to‘g‘ri keladi 1,750S, minimum harorat fevralga to‘g‘ri kelib -9,90S ga yetadi. Yog‘ingarchilikning yillik miqdori 183,5 mm dan 353,9 mm gacha o‘zgarish. Lalmi joylardagi tuproqning namlik va o‘tkazuvchanlik chuqurligi yog‘ingarchilik tushish miqdoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lik. Turli yillarda namlanish chuqurligi 0,8m dan 1,5-2 m gacha o‘zgaradi. Tuproq namligining yuqori ko‘rsatgichi qish oylarida va bahor oylarining boshlarida (mart, aprel) kuzatiladi. Vegetatsiya davri davomida tuproq namligi gorizontlar bo‘yicha intensiv ravishda qayta taqsimlanadi. Tuproqning yuqori 20 sm chuqurlikgacha bo‘lgan qatlamidagi namlik juda qisqa vaqtda sarflanib ketadi, bu haydalmagan lalmi yerlarda bir yillik va ko‘p yillik o‘tsimon o‘simliklarning tez rivojlanishi bilan asoslanadi. Bodom plantatsiyalarida esa bu hodisa tuproqdagi namliklarni saqlab qolish maqsadida o‘tkaziladigan kultivatsiyalardandir. Ular natijasida yuqori yumshatilgan tuproq qatlami tez namlikni yo‘qotadi. Haydalmagan lalmi yerlardagi 20-200 sm li gorizontda tuproq namlik miqdori bir yillik o‘t o‘simliklari va tuproq kapilyaryalari bo‘yicha bo‘g‘lanishi bilan vegetatsiyaya davri davomida bir tekis kamayib borishi kuzatiladi. Tuproqga ishlov berish, o‘rta ta’minlangan past-baland lalmi yerlar avval tuproqga ishlov berilmagan kuriq yerlar bo‘lganligini hisobga olib hamda relefi yalpi ishlov berishga mumkin bo‘lganligi uchun avvaliga qo‘riq yerni 40-45 sm chuqurlikda plantaj plug‘ bilan chuqur haydaladi. Keyinchalik tuproqqa ishlov berish - tuproqdagi namlikni ushlab qolish va begona, yovvoyi o‘tlar bilan kurashga qaratilgan qora shudgor sistemasida olib boriladi. Yerni chuqur haydash birinchi yilning kuzida osma traktorli plug PN-4-35 yokt PLN-4-35 T -44 yoki DT-75 traktorlari agregatida o‘tkaziladi. Keyingi yilning bahor va yoz oylarida tuproqni 2-4 marta kultivatsiyalanadi. Buning uchun KPN-4 tipidagi kultivatorlari DT-75 traktori agregatida qullaniladi. Birinchi kultivatsiya aprelning ikkinchi dekadasida 8-10 sm chuqurlikda o‘tkaziladi, bu davrgacha yog‘in-sochinning asosiy miqdori tushadi va begona, yovvoyi o‘tlar miqdori ahamiyatli uzib rivojlangan bo‘ladi. Ikkinchi kultivatsiya mayning birinchi yoki ikkinchi dekadalarida, 10-12 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Uchinchi kultivatsiya iyunning birinchi dekadasida 15 sm gacha chuqurlikda o‘tkaziladi. Har bir kultivatsiyada tuproq kislorod bilan boyitiladi, tuproqning kapillyar naylari va yovvoyi, begona o‘tlar yo‘qotiladi. Natijada tuproq o‘zida namlikni, ko‘proq issiqlikni saqlab qoladi va unda aerobik va mikrobiologik jarayonlar kuchayadi. Qish bahorgi atmosfera yog‘inlarini tuproq o‘zida to‘plashi maqsadida kuzda yoki qishning boshlarida yer 30-25 sm chuqurlikda qayta haydaladi. Ular akkumulyatsiyalanib tuproqdagi namlik tarkibini oshiradi.Ko‘chatlarni o‘tkazish muddatlari va usullari. O‘rta ta’minlangan past-baland lalmi yerlarda oddiy bodom ko‘chatlarni o‘tkazish uning eng qulay muddat yanvarning issiq kunlari va erta bahor hisoblanadi. Shartli ravishda yog‘ingarchilik tushishini davriyligi yaqqol tasvirlangan bo‘lib ikkita bo‘lishini «quruq» hamda «nisbiy namlik» ko‘rsatdi. «Quruq» davrga iyun-oktabr oylari kiradi, bu davrda atmosferadan tushgan yog‘ingarchilik miqdori 1-3mm dan oshmaydi, lekin alohida yillarda oktabrda 60 mm gacha yog‘ingarchilik tushib noyabr oyida ob-havo quruq bo‘lgani kuzatilgan. «Nisbiy namlik» davriga noyabr-may oylari kiradi. Noyabr, dekbr oylarining boshlarida hamda may shu davr ichidagi eng kam yog‘ingarchilik to‘g‘ri keladigan oylar hisoblanadi. Faqat dekabrning ikkinchi dekadasidan boshlab intensiv yog‘ingarchilik xarorat pasayishi bilan birga boshlanadi. O‘rta ta’minlangan lalmi yerlardagi sharoaitda ko‘chat o‘tkazish muddatini kechiktirish va martning ikkinchi yarmiga, aprelga o‘tkazish o‘tkazilgan nihollarning yashovchanligini keskin pasayishiga olib keladi. Oddiy bodom yuqori navli ko‘chatlarni o‘tkazishda LPA-1 o‘tkazish mashinasidan foydalanish mumkin. Kuzda o‘tkazishda esa, tkazish joylarining o‘lchamlari olingandan keyin KpYa-100 chuqur kovlagich yordamida 50 sm chuqurlikgacha mexaniatsiya yordamida chuqur kovlash mumkin. O‘simlikni o‘tkazishda kurtak payvand joyi 5-7 sm tuproq tagida qolishini hisobga olinadi. O‘simlikning ildiz sistemasini o‘tkazishdan oldin singan, shikastlangan qismlari kesib tashlanib, chirindining suvli eritmasiga botirib olinadi. Ko‘chat o‘tkazilgandan keyin uning atrofidagi tuproqdagi bo‘shliqlarni bartaraf etish maqsadida tuproq zichlanadi. Bu nihollarning yashovchanligini orttiradi. O‘simliklarni joylashish sxemasi. O‘rta ta’minlangan past-baland relefga ega bo‘lgan lalmi yerlar sharoitida oddiy bodomning o‘sib rivojlanaishiga, hosil berishiga ta’sir etuvchi asosiy faktorlar joylashish sxemasi hisoblanadi, sababi bodomning yorug‘lik sharoitiga talabchanligi va yog‘ingarchilikdan to‘plangan tuproqdagi namlikdan maksimal foydalanishga intiladigan ildiz sistemasining shakillanishidir. Oddiy bodomga boshqa mevali daraxtlar kabi yuqori agrotexnik ishlov berilsa yaxshi o‘sib rivojlanadi va yuqori hosil beradi. Oddiy bodom sanoat plantatsiyasining o‘sish sharoiti kam ta’minlangan baland-past lalmi yerlarda bo‘lganligi, sug‘orilmaydigan, yog‘ingarchiliklar miqdori kam sharaoitda o‘stirilishi plantatsiyada qator yerlariga yuqori agrotexnik ishlov berishni talab qiladi. Sug‘orilmaydigan va yog‘ingarchilik miqdori kam bo‘lmasligi agrotexnik ishlov berishlari tuproqdagi namlikni mksimal ushlab qolishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Shu maqsadda plantatsiyalarda tuproqning kapillyar naychalarini buzish va yvvoyi o‘simliklarni yo‘qotish uchun tuproq utski 80 sm qatlamini davriy ravishda yumshatib boriladi. Lekin may oyidan boshlab ushbu mintaqada yog‘ingarchilik bo‘lmasligini va adir o‘simliklaridan ko‘pchiligi vegetatsiya davrini tugatishini hisobga olishimiz kerak. Oddiy bodomning sanoat plantatsiyalariga ishlov berishning optimal usuli qator oraliqlarini kuzda haydash va kegetatsiya davrida uch marta kultivatsiyalashdir. Qator oraliqlarini kuzda haydash 20-25 sm chuqurlikda PAN-4-35 otvalsiz plug DT-75 yoki T-4 traktori agregatida o‘tkaziladi. Uni noyabrning uchinchi dekadasida yoki dekabrning birinchi kunlarida qor va sovuq tushmasdan o‘tkazilishi zarur. Bahorda va yozning boshlarida qator oralari KPN-4,0 kultivatori bilan T-4A traktori agregatida uch marta kultivatsiyalanadi. Birinchi kultivatsiyaning aprelning ikkinchi yoki uchinchi dekadasida qish davomida tuproqda hosil bo‘lgan kapilyar naychalarni bo‘zish va o‘sib chiqqan yvvoyi o‘simliklarni so‘qotish uchun o‘tkaziladi. Ikkinchi kultivatsiya mayning ikkinchi dekadasida o‘tkaziladi. Bu vaqtgacha o‘rta ta’minlangan past-baland yer mintaqasida asosiy yog‘ingarchilik miqdori tushgan bo‘lib, o‘tkaziladigan kultivatsiyadan maqsad tuproqning yuza qatlamida hosil bo‘lgan qatqaloqlarni yumshatish va yovvoyi o‘tlarni yo‘qotishdir. Uchinchi kultivatsiya iyunning birinchi yoki ikkinchi dekadasida o‘tkaziladi va asosan birinchi va ikkinchi kultivatsiyalardan keyin qayta o‘sib chiqqan yovvoyi o‘tlarni yo‘qotishga yo‘naltirilgan. Bu kultivatsiyalar o‘simliklarning oziqlanish maydoniga to‘liq ishlov berish maqsadida bir-birlaridan perpendikulyar o‘tkaziladi. Kam ta’minlangan lalmi yerlardagi oddiy bodom sanoat plantatsiyalariga o‘simlik ekilgandan keyin ikkinchi yildan boshlab har 2-3 yil oraliq bilan azotli, fosforli, kaliyli o‘g‘itlar va organik o‘g‘itlar tashlanib turilishi kerak. Azotli o‘g‘itlar ammiakli selitra yoki ammoniy sulfat shaklida, fosforlilar oddiy superfosfat va uning ikkilanganligi shaklida, kaliyli o‘g‘itlar kaliyli tuz shaklida tashlanadi. O‘g‘itlanish normalari: azot 100-120 kg.ga., fosfor 70-90 kg.ga va kaliy 40-40 kg.ga. Lalmi yerlarda mineral o‘g‘itlarni tashlash birinchi navbatda tuproqning namlik sharoiti bilan bog‘liq. Tuproqda qiyin eriydigan va kam ta’sirchan kaliyli va fosforli o‘g‘itlar hamda azotli o‘g‘itlar tuproqqa faqat kuzda tashlanadi. O‘g‘itlar qator oraliqlariga bir tekis sochish yo‘li bilan beriladi va ular tuproq yuzasidan ag‘darailadi. O‘g‘itlarni tuproq pastki qatlamiga tushirish shart, bu qator oralarini kuzda haydash vaqtida bajariladi. Shuning uchun kuzgi haydashgacha o‘g‘itlar sochilgan bo‘lishi zarur. O‘g‘it tashlashda PRVM-3 va PRVM -1400 DT-75 traktori bilan agregatda qo‘llaniladi. Organik o‘g‘itlar plantatsiya qator orasidagi o‘simliklarning uchinchi yilga hayotidan boshlab har 2-3 yilda bir marta tashlanadi. Go‘ngni tashlash normasi 6t.ga. Go‘ngni tashlash uchun ROS-3 markali sochgich T-40A traktori agrregatida qo‘llanadi. Oddiy bodom sanoat plantatsiyalarini o‘stirish agarotexnikasida o‘simlik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash katta ahamiyatiga ega. Oddiy bodomning lalmi yerlardagi daraxtzorlarida zararkunandalardan - o‘simlik biti, o‘simlik kanasi, uzuntumshuq; kasalliklaridan - barg dog‘lanishi va ko‘yishi o‘chraydilar. Oddiy bodom xashoratlariga qarshi kurashda erta bahorda kurtak chiqarguncha qadar 40% li DNOK (10-20 kg.ga) eritmasi bilan purkaladi.Agar erta baxorda ishlov berilsa, u holda daraxtlar uyg‘ona boshlagan davrida dichinkalarga qarshi fosfamidning 40%li emulsiya konsentrati (0,8-4 kg.ga), antio - 40%li e.k. (1,2-4 kg.ga), karbofos 40% e.k.(1-3 kg.ga), trixlormetafos 50% e.k. (1,2-4 kg.ga) bilan purkatiladi. Meva shirasiga qarshi o‘simliklar gullagandan keyin DNOK 40%li eritmasida (10-20 kg.ga) yoki № 30, 20A, 30S, 30SS, 30M emulsii preparatlari bilan ishlanadi. Barglarning dog‘lanishi va ko‘yishiga qarshi kurashda kasallangan daraxtlarni 3-4%li bordoss suyuqligi bilan 1ga -1000 l hisobidan purkatiladi. Daraxtzorlarga zaharli ximikatlar bilan ishlov berish 2-5 yilda bir marta ON-400-5 purkagich bilan MTZ-80 yoki T-28-4 traktori agregatida bajariladi. PISTA, UNING BIEKOLOGIK XARAKTERISTIKASI VA AGROTEXNIK XUSUSIYaTLARI. Reja: 1. Pistaning halq xo‘jalik ahamiyati , o‘sish areali. 2. Bioekologik xarakteristikasi. 3. Barpo etish va parvarishlash agrotexnikasi. Download 54.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling