Vertikal shaxta stvollarini o'tish jarayonlari


Download 32.5 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi32.5 Kb.
#1719344
Bog'liq
Mavzu Vertikal shaxta stvollarini o\'tish jarayonlari-fayllar.org


Mavzu: Vertikal shaxta stvollarini o'tish jarayonlari

Reja:


1.Tayyorlash davri haqida umumiy ma’lumotlar.

2.Vertikal stvollar ko‘ndalang kesimining shakli va o‘lchamlari.

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar


Tayyorlash davri haqida umumiy ma’lumotlar.

SHaxta stvolida og‘iz (yuzaga yotuvchi yuqori qism), haqiqiy stvol va suv yig‘ishga xizmat qiluvchi, stvol bo‘ylab oquvchi, shuningdek, skipli ko‘tarilishdagi yuklash paytida skiplarni joylashtirish uchun xizmat qiluvchi zumpf mavjud.

Agar stvol kompleks yordamida o‘tsa, unda uning montaji va xavfsiz foydalanish uchun stvolning texnologik qismi (texnologik chiqindi) zarur. Texnologik qism chuqurligi kompleks turiga bog‘liq holda qabul qilinadi. U 30-70 m.dan kam bo‘lmagan uzunlikka teng.

Stvolni qurishda dastlab tayyorlash davri o‘tkaziladi. Bu davr maydon ichi va maydon tashqarisidagi ishlarni o‘z ichiga oladi, qaysiki bevosita konning (shaxtaning) sanoat maydonida, hamda undan tashqarida bajariladi. Maydon tashqarisidagi ishlar tarkibiga magistral yo‘llarni barpo etish bo‘yicha ishlar: tashqi shaxobcha temir yo‘llar, avtomobil yo‘llari, aloqa yo‘llari, transformator podstansiyali elektr uzatish yo‘llari, suv oladigan inshootli suv quvuri yo‘llari va boshqalar kiradi. Tashqi maydonli ob’ektlar bo‘yicha ish hajmi juda turlicha va bu joylarning o‘zlashtirilishiga bog‘liq.

Kon sanoat maydonidagi tayyorlash ishlariga quyidagilar kiradi: maydonni rejalashtirish, aloqa yo‘li o‘tkazish, turli vazifali yo‘llar qurilishi, stvollarni ta’minlash, stvollar texnologik qismini barpo etish, stvol oldi komplekslari binolarini tiklash, jihozlarni montaj qilish, stvollarni jihoz komplekslari bilan ta’minlash. Bundan tashqari, bu davrda stvollar kovlab o‘tilishi uchun zarur vaqtinchalik va doimiy bino hamda inshootlar (kompressor xonasi, qozonxona, elektropodstansiya) quriladi.

SHaxtalarni qurishda tayyorlash ishlari davomiyligi asosan shaxta quvvatiga hamda stvollar ( maydonlar) soniga, qabul qilingan kovlab o‘tish texnologik sxemasi va stvollar ta’minlanishiga, shuningdek, qurilish ehtiyoji uchun ishlatiladigan doimiy ob’ektlar hajmiga bog‘liq.

SHaxta og‘izlarini qurish va texnologik chiqindi bo‘yicha kompleks ishlarga quyidagilar kiradi: texnologik qism kovlab o‘tilishi uchun yuzani ta’minlash, vaqtinchalik kovlab o‘tish jihozlari montaji, jihozlarni qismlarga ajratish (demontaj) va zaboy jihozlari kompleksi montaji hamda belgilangan sur’atda stvol kovlab o‘tish boshlanishini ta’minlovchi boshqa tayyorlash ishlari. Odatda texnologik qismni qurish yakunlanishi bilan stvolning o‘zini kovlab o‘tish uchun yuzani ta’minlash.

Kovlab o‘tishning odatdagi usullari suvi kam va mustahkam (turg‘un) jinslarda qo‘llaniladi, bunda suv zaboydan yuzaga kajavalar yoki nasoslarda olib chiqiladi, stvol devorlari esa doimiy mustahkamlash inshooti (krep) tiklangunicha mustahkam bo‘lib qoladi.

Odatdagi usulda stvolni kovlab o‘tishda qurilishni tashkil qilishning ishchi loyihasi quyidagi tartibda bajariladi: berilgan sharoitlar uchun tavsiya qilingan kovlab o‘tish sxemasi va kovlab o‘tish jihozlari tanlanadi, jarayonlar bo‘yicha ishlar texnologiyasi loyihalanadi, lahim kompleks me’yori chamalab chiqiladi, kovlab o‘tish brigadasi tarkibi hamda kovlab o‘tish davri davomiyligi aniqlanadi, zaboyda ishlarni tashkil qilish jadvali tuziladi. Kovlab o‘tishning maxsus usullari stvol zaboyida suv oqimi8 m3/s. dan ko‘proq bo‘lganda qo‘llaniladi.

Vertikal stvollar ko‘ndalang kesimining shakli va o‘lchamlari.

Kon-ruda sanoatida asosan stvollar ko‘ndalang kesimining aylana (dumaloq) va to‘g‘riburchakli shakllari qo‘llaniladi. To‘g‘riburchakli shakllar yog‘och bilan mustahkamlangan, uncha chuqur bo‘lmagan (150 m.gacha) stvollar uchun sochilma oltin qazib oluvchi konchilik korxonalarida qo‘llaniladi. Aylana shakl eng ko‘p tarqalgan shakldir. Ruda sanoatida yorug‘likda aylana stvollar kesimi diametri 0,5 m. oraliq intervalli 4 m. dan 8 m. gacha chegarada turlargaajratiladi. Ko‘ndalang kesimning aylana shakli to‘ri burchakliga qaraganda tog‘ bosimiga qarshi ancha yuqori qarshilikka, stvol bo‘ylab havo harakatiga kam qarshilikka ega. U uzoq muddatli foydalanishlarda qo‘llaniladi.

Erigan sochilmalarda vertikal stvollar yog‘och bilan mustahkamlangan. Ko‘tarma idishlarning (skiplar yoki skip-katak qutili) soni, turi, o‘lchamiga bog‘liq holda stvollar xomaki o‘lchamlarga ega: 4,0X 4,3 (asosiy skip-katak qutili stvol), 2,83X4,91 va 2,62X3,66m (turli vazifali yordamchi stvollar. Stvol maydoni quyidagi bo‘linmalarga bo‘linadi: ko‘tarmali, zinali va quvur kabelli.

YOrug‘likda asosiy stvol diametri grafik usulda ko‘tarma idishlar, armaturlash, zina bo‘linmalari, quvurlar, kabellarni joylashtirishni hisobga olgan holda aniqlanadi. So‘ngra topilgan kesim kon ventilyasiyasi sharoiti bo‘yicha tekshiriladi.

YOrdamchi stvollar diametri materiallarni tushirish va ko‘tarishni amalga oshiruvchi katak qutilar gabaritlariga (eng katta tashqi o‘lcham), kon massali vagonetkalarga, shuningdek, ishchilarga bog‘liq.

Rangli metallar ... (Giprotsvetmet) tomonidan rangli metallurgiya konlari uchun yiliga 30 ming t.dan 8000 ming. t. gacha ruda ishlab chiqarish quvvatiga ega stvollar namunaviy kesimlari ishlab chiqilgan.

Qattiq va arqonli armaturlangan stvollar diametrini aniqlashda foydali qazilmalar konlarini ishlab chiqishdagi Xavfsizlik qoidalari jadvallari va ilovalariga amal qilish zarur.

Stvol kesimini tanlash va o‘lchamlarini aniqlash tartibida quyidagilar taqdim etiladi. Katak qutilar yoki skiplar turi va sonini aniqlash uchun bir ko‘tarilishda stvol bo‘ylab ko‘tariladigan yuk kattaligini aniqlash zarur.

Skiplar tuzilishi (konstruksiyasi) o‘tkazgichlarning yonlama ikki tomonlama joylashuviga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan.

Stvolda skiplar bo‘ylama o‘qlari yo‘nalishi, stvol oldi maydonida va yuzada qabul qilingan texnologik sxemalar bilan aniqlanadigan, yuklash va tushirish yo‘nalishiga bog‘liq

Qaytadan quriladigan shaxtalarda qo‘llash uchun vagonetkalar tavsiya qilinmaydi.

Vertikal shaxta stvollarida ko‘tarma idishlarning maksimal bo‘rtiq qismlari, krep va xari o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan oraliqlar er osti usulida rudali, rudasiz, sochilmali konlarni ishlab chiqishdagi YAgona xavfsizlik qoidalariga asosan qabul qilinadi.

Zina bo‘linmalari o‘lchamlari standart o‘lchamlarni hisobga olgan holda qabul qilinadi: polkadagi teshik maydoni 0,6X0,7 m, zina qiyalik burchagi 80°, pog‘onalar o‘rtasidagi masofa 300 mm, zina 1m. polkalar ustida chiqib turishi lozim. Zina asosidan krepgacha masofa 600 mm.

Quvur-kabelli bo‘linma o‘lchamlari quvur va kabellarni mahkamlash soni, diametri va usuliga bog‘liq.

Grafik yo‘li bilan belgilangan yorug‘likda stvol ko‘ndalang kesim maydoni havo harakatining mumkin bo‘lgan tezligiga tekshiriladi.

Barcha stvollarda xarilar yaruslari o‘rtasidagi masofa 4 m. Stvollar krepi – qalinligi 300 va 400 mm. monolit betonli. Armaturlash uchun po‘lat korobkasimon to‘sinlar ishlatilgan.

Oltinli qumlarni berish uchun 17,2 m2kesim maydonli foydalanish stvoli yuk ko‘tarishi 1 tonnali ag‘darma skip, posangili va yurish bo‘linmali 1NV 140-2,3 katak quti (VG-0,7 va UVO-0,5 vagonetkalar uchun) bilan jihozlanadi (2-rasm). Stvol diametri 20-22 sm.li aylana yog‘ochdan qilingan yaxlit gardishsimon krep bilan mahkamlanadi, tayanch ustunlar 24X24 sm.li yog‘och to‘sinlardan qilinadi, xarilar esa 20-22m. diametrli yog‘och xodalardan qilinadi. Xarilar yaruslari o‘rtasidagi masofa 2 m, asosiy gardishlar o‘rtasidagi masofa – 3-4 m.

2,83X4,91 m. xomaki o‘lchamli yordamchi stvol posangi va yurish bo‘linmali 1NV 140-2,3 katak qutiga ega. Krep – yaxlit, gardishsimon, 20 sm. diamtrli yog‘ochdan kuchaytirilgan. Tayanch ustunlar 22X22 sm. li to‘sindan qilinadi, xarilar – 18 sm. diametrli yog‘och xodadan. CHo‘kindilardagi asosiy gardishlar o‘rtasidagi masofa – 1 m. ga yaqin (krepni yuqoridan pastga tiklashda) – xarilar yaruslari o‘rtasidagi masofa – 2 – 1, 5 m.




Xulosa

Xulosa qilib aytganda kon sanoat maydonidagi tayyorlash ishlariga quyidagilar kiradi: maydonni rejalashtirish, aloqa yo‘li o‘tkazish, turli vazifali yo‘llar qurilishi, stvollarni ta’minlash, stvollar texnologik qismini barpo etish, stvol oldi komplekslari binolarini tiklash, jihozlarni montaj qilish, stvollarni jihoz komplekslari bilan ta’minlash. Bundan tashqari, bu davrda stvollar kovlab o‘tilishi uchun zarur vaqtinchalik va doimiy bino hamda inshootlar (kompressor xonasi, qozonxona, elektropodstansiya) quriladi.

SHaxtalarni qurishda tayyorlash ishlari davomiyligi asosan shaxta quvvatiga hamda stvollar ( maydonlar) soniga, qabul qilingan kovlab o‘tish texnologik sxemasi va stvollar ta’minlanishiga, shuningdek, qurilish ehtiyoji uchun ishlatiladigan doimiy ob’ektlar hajmiga bog‘liq.

Foydalanilgan adabiyotlar
Grishko A.P. Statsionar mashinalar. - 2-jild. Drenaj, ventilyatsiya va pnevmatik qurilmalar: Universitetlar uchun darslik. - M .: "Konchilik kitobi" nashriyoti, 2007. - 586 b.: kasal.

A.P. Abramov. Statsionar mashinalar. Drenaj inshootlarini loyihalash. - Kemerovo, 2012 yil.


Shaxtalarning statsionar qurilmalari /Jami bo'yicha. ed. B.F. Bratchenko. - M .: Nedra, 1977. - 433 p.


Shevelev, F. A. Suv quvurlarini gidravlik hisoblash uchun jadvallar. Ref. nafaqa. - M.: Stroyizdat, 1984. - 78 b.




http://fayllar.org
Download 32.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling