Mavzu: To’g’ri va notog’ri kasrlar


Download 17.99 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi17.99 Kb.
#251284
Bog'liq
3-dars ishlanma


Sinf: 3-sinf Fan:Matematika.

Mavzu:To’g’ri va notog’ri kasrlar.

Darsning maqsadi.

a)ta’limiy:To’gri va noto’g’ri kasrlar bilan tanishishtirish, mavzu yuzasidan bilim va ko’nikmalarni hosil qilish.

b)tarbiyaviy: Tarbiyaviy: O’quvchilarni o’zaro hurmat,vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

s)rivojlantiruvchi : To’gri va noto’g’ri kasrlarni puxta o’rganib olingan bilimlarni hayot bilan bog’lash.

Fanga oid kompetensiyalar: O’rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algaritimlarni o’quv jarayonlarida qo’llay olish va yangi bilimlar hosil qilish.

Metodi: savol- javob, tushuntirish

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, darslik. Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. Salomlashish, davomotni aniqlash, o`quvchilarni o`quv

qurollarini nazoratdan o`tkazish, aylanma daftarlarni almashtirish.

II. Otgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O`tilgan darsda:maxraji 3,6,12 bo’lgan kasrlar mavzusi yuzasidan savol-javob o`tkazish, uy vazifasini bajarilishini tahlili o`tkazilib no`to`g`ri bajarilgan misollar yuzasidan ko`rsatma beraman.



III. Yangi mavzu bayoni: Surati maxrajidan kichik kasr to’g’ri kasr deyiladi. a < b bo‘lsa, – kasr to‘g‘ri kasrdir. Masalan: , Surati maxrajiga teng yoki maxrajidan katta bo‘lgan kasr noto‘g‘ri kasr deyiladi: a ≥ b bo‘lsa, – kasr noto‘g‘ri kasrdir. Masalan:

1. a) Maxraji 5 bo‘lgan barcha to‘g‘ri kasrlarni yozing. b) Surati 5 bo‘lgan barcha noto‘g‘ri kasrlarni yozing. 2.a) Ikkita doiraning har biri teng 6 ga bo‘linib, hosil bo‘lgan bo‘laklarning 8 tasi olingan bo‘lsa, bu noto‘g‘ri kasr — ko‘rinishida yoziladi. Yani b) Uchburchaklardagi bo‘linishlar sonini noto‘g‘ri kasr ko‘rinishida ifodalang:doskada tushuntiriladi. Javob:

IV Mustahkamlash. O’quvchilar misollarni mustaqil tarzda ishlaydilar. 3. To‘g‘ri va noto‘g‘ri kasrlarni ajratib, alohida yozing: To’g’ri kasrlar Noto’g’ri kasrlar

V Uyga vazifa. Uyga vazifa qisqacha tushuntiriladi . 4. Uzunligi 8 cm bo‘lgan kesma nechta bo‘lakka bo‘lingan?



Ushbu kesmaning kasrlarga mos bo‘lak uzunligini ko‘rsating.

VI : Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan,doskada misol, masala bajargan va birinchi bo`lib bajargan o`quvchilarni baholayman.
Download 17.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling