Reja : Korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish: maqsad va vazifalar


Download 0.78 Mb.
Sana14.03.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1267983
Bog'liq
Презентация1


Mavzu : Korxona (firma) ning ishlab chiqarish sohasidagi faoliyati
Reja :
1. Korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish: maqsad va vazifalar.
2. Korxona maqsadini amalga oshirishning tashkiliy asoslari.
3. Korxona faoliyatida strategik qarorlar qabul qilish mexanizmi.
Korxonaning maqsadi ?
Faoliyati asosida avvaldan fikran o‘ylagan, pirovard natijaga erishishdir. Ishlab chiqarish jamoasi hisoblangan korxonaning niyati uning rivojini obyektiv qonuniyatlarini va istiqbolini belgilash asosida amalga oshadi.
Korxona o‘z oldiga ongli ravishda maqsad qo‘yib fikriy model yarata oladi va unda obyektiv sharoitlarni inobatga oladi. Korxonalar o‘z maqsadlariga erishish uchun ma’lum vazifalarni bajaradilar.
Sanoat korxonalarining faoliyati hozirgi zamon shart-sharoitlari asosida quyidagi vazifalarni bajarishdan iborat:
-iste’molchilarning o‘sib kelayotgan talablariga muvofiq yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib, yetkazib berish;
-har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish korxonaning rejada belgilangan topshiriklarini o‘z vaqtida so‘zsiz bajarish;
-uzluksiz tarzda mehnat unumdorligini o‘stirib borish;
-asosiy ishlab chiqarish fondlaridan unumliroq foydalanish;
-xom-ashyo material resurslaridan tejamkorlik asosida foydalanish;
-kadrlar madaniy - texnikaviy masalasi darajasini oshirish
Korxona faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi
- korxonadagi bo‘limlar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirishda birbiriga bog‘liq tizimlar shaklida tuzilmani shakllantirish
- mahsulot sifatini oshirishga ta’sir etuvchi xalqaro sifat menejmentini joriy etish
- korxonalarda muntazam turli tahlil usullaridan foydalangan holda xavflar va risklarni tadqiq etish
- axborotlar oqimini samarali tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish
- investorlar bilan samarali bitimlar tuzish, investitsiya kiritish hamda innovatsion faoliyatni rivojlantirish
- oziq-ovqat mahsulotlarini assortimentlari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish orqali diversifikatsiyalashuv jarayoniga erishish
- korxonalar doimiy ravishda boshqaruv samaradorligini aniqlash
- kamchilik va muammolar bo‘yicha operativ qarorlar qabul qilish tizimini takomillashtirish

Korxona faoliyatida strategik qarorlar qabul qilish mexanizmi.
Boshqaruv qarorlari ta’sir ko‘rsatish davri bilan - strategik va taktik turlarga bo’linadi. Strategik qarorlar dolzarb oliy muammolari hal etishda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda ishlatiladi. Ular uzoq vaqtga, odatda bir necha yilga hisoblanadi va strategik masalalarni hal etishga qo’llaniladi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida bu qarorlar korxonaning faoliyatidagi yangicha yondashuvlar, keskin burilishlarni silliq o’tishini ta’minlaydi.
Strategik qarorlar korxona, hudud, soha darajasida qarorlar jamiyatdagi yangi manbaalar hisobiga butun iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni yechishga yordam beradi.
Korxona strategik maqsadlari shuning uchun muhimki, ular korxona raqobat mavqeini mustahkamlaydi va biznesning rivojlanish yo’nalishini ko’rsatadi. Strategiya – bu faoliyat turlarining ma’lum dastasini nazarda tutuvchi noyob va qulay mavqeni yaratishdir.
Strategiyani yaratish asosiy boshqaruv muammosini ko’taradi ya’ni, korxonaning hozirgi va kelajak imkoniyatlarini hisobga olib, kerakli natijalarga qanday erishish mumkinligini ko’rsatadi. «Strategik boshqaruv» termini yuqori darajadagi boshqaruvni ishlab chiqarish darajasidagi joriy boshqaruvdan farqini aks ettirish uchun 60-70 yillarda muomalaga kiritilgan.
Operativ boshqaruvdan strategik boshqaruvga o’tishning mohiyatini aks ettiruvchi asosiy g’oya sifatida yuqori raxbariyat diqqat markazini atrof muhitdagi o’zgarishlarga muvofiq tarzda va o’z vaqtida ta’sir ko’rsatish uchun tashqi muhitga o’tkazish zaruriyati sifatidagi g’oya bo’ldi
E’tiboringiz uchun rahmat
Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling