1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Download 0.97 Mb.
bet9/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

3-bosqich
Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-mulohazalar to‘g‘risida ma’lumot tuzadi.
Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-mulhazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi.
Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o‘rtasida standart loyihasi bo‘yicha kelishmovchilik bor bo‘lsa, ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha asosiy manfzatdor tashkilotlar vakillarining, shu jumladan standartning ko‘rilayotgan loyihasi bo‘yicha qaror qabul qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste’molchilar)ning vakillari ishtirokida kelishuv majlisini o‘tkazadi.
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohia moddalari bo‘yicha kelishmovchiliklar bor bo‘lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu moddadar bo‘yicha aloxida fikrga ega, deb ko‘rsatiladi.
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi.
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab chiquvchi-tashkilot buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste’molchiga) kelishishlik uchun jo‘natadi.
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‘yicha ishlar tarkibida olib boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) komissiyasi va boshqalar, manfaatdor tashkilotlarning mas’ul vakillari ishtirokida kelishib oladi.
Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nus’haning qabul dalolatnomasi (BTK bayonnomasi) dan iborat bo‘ladi.
Standartga kiritiladigan o‘zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning manfaatlariga ta’sir etmasa, faqat buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishib olinadi.
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin tayanch tashkilot yoki o‘ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida standartlashtirish bo‘yicha TQ standartni ilmiy-texnikaviy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling