Biologya va labaratorya xonalarini
Download 341.25 Kb. Pdf ko'rish
|
BIOLOGYA VA LABARATORYA XONALARINI KO\'RGAZMALI QUROLLAR BILAN JIHOZLANISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologiya o’quv xonasi
BIOLOGYA VA LABARATORYA XONALARINI KO'RGAZMALI QUROLLAR BILAN JIHOZLANISHI Reja: 1. Biologiya o’quv xonasi 2. Bakterial va virusli vositalardan foydalanish usullari 3. Zamonaviy tarixda biologik qurollardan foydalanish. Biologiya o’quv xonasini jihozlash va uni yil davomida boyitib borishni hisobga olish, undan foydalanish uchun har doim tayyor holda turishini ta‘minlash asosiy vazifalaridan biridir. Biologiya o‘quv fani asosan tirik organizmlar to‘g‘risida bilim beruvchi fan. Biologiya o‘quv fanini DTS talablari asosida o‘qitish, tirik organizmlar ustida ko‘rgazmali va amaliy usullarni qo‘llash asosida mashg‘ulotlar o‘tkazishga imkon beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi. Biologiya xonasi 2ta: dars olib boriladigan xona, laboratoriya ishlari olib boriladigan, zarur jihozlar, asboblar, jismlar, jadvallar saqlanadigan, ―tirik tabiat burchagi‖ xonasidan iborat bo‘ladi. O‘quv va laboratoriya xonalari kerakli asboblar bilan jihozlangan maxsus xonalarda tashkil qilinadi. O‘quv xonasi jihozlanganda fanining mazmunini to‘liq qamrab olgan bo‘lishi kerak. Kabinet old tomonida doska, o‘ng tomonida televizor, chap tomoniga kompyuter qo‘yiladi. Doskaning chap tomoniga o‘simlik va hayvon hujayrasi stend yoki modeli o‘ng tomonida organik olam rivojlanish evolyutsiyasi, oyna tomoniga xona gullari, orqa tomoniga biologiyaning bo‘limlari bo‘yicha shkaflar va bu shkaflarga har bir bo‘limga tegishli bo‘lgan jihozlar qo‘yish kerak. Shkafning tepa tomoniga biologiya faniga katta xissa qo‘shgan olimlar jumladan, Ye.P.Karovin, I.A.Raykova, T.Z.Zohidov, A.A.Muzaffarov, Yo.X.To‘raqulov, B.O.Toshmuhammedov, J.A.Musaev, A.Abdullaev kabilarning portretlari qo‘yiladi. Fan xonasi jihozlari alohida har bir biologiya fani talablariga javob beradigan muayan tizimda joylashtirilishi lozim. Tajriba o‘tkazish uchun mo‘ljallangan asboblar so‘ngi fan texnika yutuqlari darajasida bo‘lishi, texnik estetikasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigienasi talablariga javob berishi lozim. SHu sababli o‘quv va laboratoriya xonalari o‘quv asbob uskunalaridan foydalanishda zarur bo‘lgan umumiy talablar mavjud. 1.Pedagogik talablar: O‘quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda vositalar darsda o‘rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, o‘quvchilarning ob‘ektlarning tuzilishini to‘liq tasavvur etishlariga yo‘naltirilishi bilimlarni yodda saqlash va amaliyotda qo‘llashga yordam berishi, biologik ta‘lim jarayonida ko‘rgazmaviylik printsipini amalga oshirish, shuningdek ilg‘or pedagogik va axborot texnikalarini qo‘llash orqali o‘quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta o‘zalshtirishlari uchun, o‘kuv va amaliy ko‘nikmalarini tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim. 2.Biologiya xonasiga qo‘yiladigan xavfsizlik va gigiena talablari: Xonadagi o‘quv jihozlarining barchasi ta‘limning texnikaviy vositalari va mehnat gigienasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. O‘quv xonasida texnik vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib turuvchi (eslatmalar) bo‘lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiena talablariga to‘liq rioya qilish baxtsiz xodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini olishning ishonchli garovidir. 3.Estetik talablar: Xonaga qo‘yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy ko‘rinishi go‘zalllik qonuniyatlariga javob berishi, o‘quvchilarning badiiy didini tarbiyalashi o‘quvchida ham, o‘qituvchida ham qoniqish xissini hosil qilishi kerak. Xonadagi ko‘rgazmali manbalar: Optik asboblar – biologiya darslarida ko‘proq optik asboblar, ya‘ni mikroskop va lupadan foydalaniladi. Ular ko‘zimizga ko‘rinmaydigan xayvonot va o‘simliklar organizmning anatomo– morfologik, shuningdek, mikroorganizmlarning tuzilishini o‘rganish uchun foydalaniladi. Biologiya darslarida foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar tabiiy va tasviriy qurollarga bo‘linadi. Tabiiy preparatlashtirilgan qurollarga: botanikadan – gerbariylar, gerbariy tablitsalari va amaliy ishlar uchun quritilgan o‘simlik uning organlaridan tayyorlangan tarqatma materillar kiradi; zoologiyadan – xasharotlar kollektsiyalari va umurtqasiz xayvonlar tiplarining fiksatsiya qilingan vakillari, xayvonlarning rivojlanishini ko‘rsatuvchi xo‘l preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa vakillarining tulup (chuchela) va skeletlari, tarqatma material – xayvonlarning ayrim qismlari, baliqlarning suyaklari, tangachalari, qushlarning patlari va boshqalar; odam anatomiyasi, fiziologiyasi va gigienasidan – odam skeleti, ayrim suyaklari mikropreparatlar va boshqalar kiradi. Tasviriy ko‘rgazmali qurollar: har bir kurs bo‘yicha tablitsalar va rasmlar; odam anatomiyasi, fiziologiya va gigienasi kursi uchun qismlarga ajratiladigan odam gavdasi va mulyaji va ayrim organlar sistemalari; umumiy biologiya kursi uchun maymun kalla suyaklari va miyasining mulyajlari diapozitivlar va mikropreparatlar kiradi. Jadvallar – o‘quv jadvallarni saqlashga alohida ahamiyat berilishi lozim. Jadvallarni shkafdagi sim ilgaklarga osilgan holda saqlash qulay. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish kuzatishlar o‘tkazishda, jadvallar, video filьmlar, diapozitlarni o‘z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig‘ib olishga moslashgan bo‘lishi kerak. O‘quv qurollarni muayan tizimda saqlash ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Biologiya xonasida barcha buyumlarni to‘g‘ri va chiroyli joylashganligi o‘quvchilarda estetik tuyg‘ularni tarbiyalashga yordam beradi. Biologik qurollar — patogen mikroorganizmlar yoki ularning sporalari, viruslar, bakterial toksinlar, odamlar va hayvonlarga yuquvchi, dushmanning shaxsiy tarkibi va aholisini, qishloq xoʻjaligi hayvonlarini, ekinlarini ommaviy yoʻq qilish, oziq-ovqat va suv manbalarini ifloslantirish, shuningdek, harbiy uskunalar va harbiy materiallarning ayrim turlariga zarar yetkazish uchun moʻljallanganommaviy qirgʻin qurollari hisoblanadi. Biologik qurollarga shuningdek, patogen mikroorganizmlarni yetkazib berish vositalari va tashuvchi-hayvonlar ham kiradi. Biologik qurol ommaviy qirgʻin quroli boʻlib, 1925 yildagi Jeneva protokoli[1] va 1972 yilda imzolangan bakteriologik (biologik) qurollar va toksin qurollarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va saqlashni taqiqlash toʻgʻrisidagi konventsiyaga muvofiq taqiqlangan. Biologik qurollarning zararli taʼsiri birinchi navbatda, patogen mikroorganizmlarning patogen xususiyatlaridan va ularning hayotiy faoliyatining toksik mahsulotlaridan foydalanishga asoslangan[2]. 1972 yilda imzolangan biologik qurollarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiyadan farqli oʻlaroq, 1973 yilda SSSRda " Biopreparat " ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Uyushma va uning institutlarining vazifasi tibbiy dori-darmonlar va vaksinalar ishlab chiqarishdan tashqari, biologik qurollarni yashirin ishlab chiqish edi. Shunday qilib, 1970-yillarning oxiri va 1980-yillarning boshlarida Biopreparat boʻlinmalari 50 ga yaqin kasallik qoʻzgʻatuvchi moddalarni faol tadqiq qilish va ishlab chiqish ishlarini olib bordi[3] . 1991 yildan beri Nunn-Lugar dasturi MDH mamlakatlariga nisbatan ommaviy qirgʻin qurollarini qoʻllash havfini birgalikda kamaytirish boʻyicha ishlamoqda (Eng. Cooperative Threat Reduction Program). Rossiyada bu dastur ham ishlagan, ammo 2012 yilda Rossiya dasturda ishtirok etishdan bosh tortgan[4]. Dastur DTRA (AQSh Departamenti Mudofaa tahdidlarini kamaytirish agentligi) ishtirokida amalga oshirilgan tashabbusni ifodalaydi. Dasturning belgilangan maqsadi SSSRda toʻplangan ommaviy qirgʻin qurollarini, shu jumladan biologik qurollarni demontaj qilish va yoʻq qilishda Rossiya va boshqa sobiq Sovet respublikalariga yordam berishdir. Biologik qurollarning turlari dushmanga hujum qilish uchun hasharotlardan foydalanadigan entomologik qurollar va irqiy, etnik, jins yoki boshqa genetik jihatdan aniqlangan xususiyatlar asosida aholini tanlab magʻlub etish uchun moʻljallangan gipotetik genetik qurollardir . Download 341.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling