1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


- Amaliy mashg’ulot. ME’YORIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISH, KELISHISH, TASDIQLASH VA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TARTIBI


Download 0.97 Mb.
bet6/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

3- Amaliy mashg’ulot. ME’YORIY HUJJATLARNI ISHLAB CHIQISH, KELISHISH, TASDIQLASH VA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH TARTIBI


Standartlar O’z DSt 1.1 “O‘z SDT. O‘zbekiston standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” ga muvofiq ishlab chiqiladi. Standartlar standartlashtirish bo‘yicha texnik qo‘mitalar (TQ), standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar (STT), tadbirkorlikning boshqa sub’ektlari tomonidan ishlab chiqilishi mumkin.


Standartning mazmuniga va texnik-iqtisodiy asoslanganligiga va ko‘rsatkichlar, me’yorlar va talablarning fan va texnikaning zamonaviy darajasiga muvofiqligi uchun ishlab chiquvchi-tashkilot va standartni tasdiqlagan idora mas’ul bo‘ladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy-metodik birlilikka erishish maqsadida, shuningdek ish bosqichlarining bajarilishini tekshirish uchun standart ishlab chiqishning to‘rt bosqichi o‘rnatilgan:
1-bosqich – standartni ishlab chiqishga texnik topshiriqni ishlab chiqish va tasdiqlash (zarur bo‘lganda amalga oshiriladi);
2-bosqich – standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahrir) va fikrlarni olish uchun tarqatish;
3-bosqich – fikr-mulohazalarni o‘rganib chiqish, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich – standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Izoh: standartni ishlab chiqish bosqichlarini birga qo‘shib bajarish ruxsat etiladi.


Tashkilot standartlari
Tashkilotning standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash, nashr etish va bekor qilish tartibini korxona O’z DSt 1.28:2013 O‘z SDT. “Korxonaning standartlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi” davlat standartining talablarini hisobga olgan holda o‘rnatadi.
Tashkilot standartlari quyidagilarga bo‘linadi:
tashkiliy-metodik;
– ushbu korxonada chiqariladigan mahsulot, jarayon va xizmatlarga, shu jumladan:
I) mahsulotning tarkibiy qismlari, texnologik moslama va asbob;
2) texnologik jarayonlar, shuningdek ularga umumiy texnologik me’yorlar va talablar (atrof muhit, odamlar hayoti va sog‘ligi uchun xavfsizlikni ta’minlashni hisobga olgan holda o‘rnatiladi);
3) korxona ichida ko‘rsatiladigan xizmatlar;
4) ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish jarayonlari, mahsulot, (jarayonlar, xizmatlar)ning sifatini ta’minlash, ishlab chiqarishni shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha ishlarni bajarishda tashkillashtirishning umumiy vazifalari.
Tashkilot standartlarini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda korxonaning buyurtmasi bo‘yicha korxona standartlarining loyihasini TQ yoki STT ishlab chiqadi.
Chet iste’molchilarga еtkazib berish (xaridga chnqarish) uchun mo‘ljallangan mahsulot (jarayonlar, xizmatlar)ga yangitdan ishlab chiqiladigan, qayta ko‘rib chiqiladigan korxona standartlari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar kelishishligi lozim.
Tashkilot standarti asosiy iste’molchilar bilan kelishiladi va, zarur bo‘lganda, kasaba uyushma idoralari, davlat nazorati idoralari, Davarxitekturaqurilish, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, yong‘indan saqlash, transport tashkilotlari va b. bilan ham kelishiladi.
Tashkilot standartini korxona rahbari (rahbar muovini) buyruq va (yoki) standartning birinchi betida imzo chekib, “Tasdiqlayman” grifi bilan tasdiqlaydi. Korxona standartini buyruq bilan tasdiqlashda buyruqda standartni amalga joriy etish sanasi belgilanadi va zarur bo‘lganda standartni joriy etish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar tasdiqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qarori bo‘yicha korxona standartining amal muddati cheklanishi mumkin.
Chet iste’molchilarga xaridga chiqariladigan mahsulotga tashkilot standarti O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (O‘zstandart Agentligi) idoralarida davlat ro‘yxatidan o‘tishi lozim.
Tashkilot standarlarining belgisi kuyidagilardan iborat:
– hujjat indeksi – Ts;
– Korxonalarni va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (OKPO) bo‘yicha ho‘jalik yurituvchi sub’ektning sakkiz darajali kodi;
– defis bilan ajratilgan, korxona tomonidan berilgan ro‘yxatning uchta raqamli tartib nomeri;
– ikki nuqta bilan ajratilgan tasdiqlash yilining to‘rtta raqami;
Misol: Ts 14825224-006:2022.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling