1-amaliy mashg’ulot. Fanning maqsad va vazifalari. Me’yoriy xujjatlar turlari va toifalari. Faning maqsadi va vazifalari


Ozuqaviy qiymati uglevodlar, yog‘lar, oqsillar miqdori xaqida va qiymati xaqida to‘liq ma’lumot beradi


Download 0.97 Mb.
bet5/50
Sana25.01.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1122385
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Texnik xujjatlarni taqdim qilish Amaliyot

Ozuqaviy qiymati uglevodlar, yog‘lar, oqsillar miqdori xaqida va qiymati xaqida to‘liq ma’lumot beradi. Vitaminlar 100 g yoki 100 ml maxsulotning iste’mol qismi bo‘yicha xisoblanadi. Energetik qiymati maxsulotning 100 g yoki 100 ml dagi kkal energiyasini aniqlaydi. Bunday ma’lumotlar alkogol maxsulotlari, kofe, choy, qo‘shimchalar va oziqaviy qo‘shimchalar tegishli emas.
Saqlash sharoiti – amal qilish muddati chegaralangan maxsulotlar uchun saqlashda atrof muxitning ko‘rsatkichlarini ta’minlashdir. Bunday ko‘rsatkichlarga temperatura, namlik va xavoning atrof muxitda aylanish tezligi, vakuum kattaligi, yorug‘lik rejimi va b.
Yaroqlilik muddati - bu ma’lum bir davr bo‘lib uning tugaganidan so‘ng, oziq ovqat maxsulotini maqsadi bo‘yicha ishlatishga noloyiq xisoblanadi. Bunday maxsulotlar sotuvga chiqarilmaydi, lekin nooziq ovqat sanoatida ishlatilishi yoki yo‘q qilinishi mumkin. Bunday maxsulotlarga go‘sht; kolbasa maxsulotlari; go‘shtli konservalar, baliq, sut; sut maxsulotlari; tuxum va tuxum maxsulotlari; baliq va baliq maxsulotlari; konditer maxsulotlari; yog‘ moy maxsulotlari, yog‘, mayonez, margarin; bezalkogol ichimliklar; konsentratlar, ichimliklar; pivo; mineral suvlar; kraxmal va kraxmal maxsulotlari. Saqlash muddati ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilanib va shu bilan birga saqlash sharoiti xam maxmulot qadoqlashda keltirilishi kerak. Bu bilan u maxsulotni xavfsizligi va sifatli ekanligini kafolatlaydi.
Saqlash muddati – bu davr bo‘lib, maxsulot ushbu davr ichida saqlash sharoitiga rioya qilgan xolda o‘z sifatini me’yoriy xujjat yoki texnik xujjatda ko‘rsatilgandek saqlab tura olishidir. Saqlash muddati tugaganidan so‘ng oziq ovqat maxsuloti iste’molga loyiq bo‘lishi mumkin, ammo uning iste’mol xususiyatlari, shu bilan birga narxi xam tushishi mumkin.
Sotish muddati – bu muddat maxsulotni o‘z maqsadi yo‘lida ishlatilishida iste’mol xususiyatlarini yo‘qotmagan xolda iste’molchilarga еtkazib beradigan davrdir.
Sifat ko‘rsatkichlari quyidagi asosiy talablarga javob berishlari lozim:
Turg‘unligi;
Rejali asosda ishlab chiqarish samaradorligini oshishiga yordam berishi;
Fan va texnika yutuqlarini inobatga olinishi;
Muayyan vazifasiga ko‘ra ma’lum ehtiyojlarni qondirishga layoqatliligi.



Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling