Fanidan 1 topshiriq bilim sohalari


Download 0.54 Mb.
bet1/3
Sana09.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1472773
  1   2   3
Bog'liq
1 топширик




RUS TILI
FANIDAN 1 - TOPSHIRIQ





Bilim sohalari:

100000



Ta’lim

Ta’lim sohalari:

110000



Ta’lim

Ta’lim yoʻnalishlari:














60110200
60110500
60310100

60410400










Maktabgacha ta’lim
Boshlang‘ich ta’lim
Iqtisodiyod (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)
Moliya va moliyaviy texnologiyalar

T oshkent – 2023
R US TILI FANIDAN 1 - MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIG‘I


MAVZULAR BO'YICHA MATN USTIDA OG'ZAKI VA YOZMA ISH.

Ushbu topshiriq talabaga Rus tili fanidan olingan nazariy bilimlarni soʻz boyligini tekshirish, xat yozish, dialog tuzish, jumlalarni toʻg‘ri shakllantira olish va soʻzlarni xatosiz talaffuz qila olish kabi kichik vazifalar orqali egallangan bilimlarni kengaytirish hamda ularni amalda qoʻllay olish koʻnikmasini hosil qilish maqsadida tayyorlangan boʻlib, talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi.


Ushbu topshiriqni baholashda talabalarning Zoom darslarga kirganligi, darslarda faol ishtirok etganligi inobatga olinishi koʻzda tutilgan.
Belgilangan muddatdan kech yuklangan topshiriq (universitet ECTS kredit modul tizimi hamda “Talabalarning bilimini baholash tartibi toʻg‘risida”gi Nizomga muvofiq) baholanmaydi. Shuningdek, talaba tomonidan LMS platformasiga yuklangan ma’lumotga shaxsan oʻzi mas’ul hisoblanadi va notoʻg‘ri yuklangan ma’lumot noll ball bilan baholashga asos boʻladi.
Topshiriqda aks etishi lozim boʻlgan jihatlar:
diksiyaning ravonligi;
bilimning mukammalligi;
grammatik qoidalarni qoʻllay bilishi;
jumlalarni toʻg‘ri shakllantira olishi;
Talaba berilgan mavzu boʻyicha keng qamrovli bilimlarga ega boʻlishi, nazariy bilimlarni amaliy vazifalar bilan bog‘lay olishi lozim.

TALABAGA ESLATMA:




Mustaqil ish bu talabaning ma’lum fanni xususiyatlarini oʻrganganligini koʻrsatuvchi ijodiy ish boʻlib, shu fanning ma’lum mavzularini qamrab olishi kerak.
Talabaning mustaqil ishi uning shaxsiy fikri hamda ijodiy yondashuvini koʻrsatadi va koʻchirmachilik (plagiat) holatlari aniqlanganda baholanmaydi.
Mustaqil ishni tayyorlash jarayonida talaba ma’lum adabiyotlardan tegishli mavzularini oʻqigan holda bajarishi talab etiladi.
1-MUSTAQIL TOPSHIRIQNI BAHOLASH MEZONLARI

Talabalar bilimini baholash 15 ballik reyting tizimida nazarda tutilgan quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:







Talabalarning bilimini baholash mezonlari

Qoʻyiladigan ball




Berilgan topshiriqni toʻliq bajarishi, mavzularni oʻzlashtirganlik darajasi, grammatik xatolarga yoʻl qoʻymasligi, diksiyaning ravonligi, suhbat davomida oʻzini tuta bilishi, tuzilgan gaplarning leksik va stilistik jihatdan toʻg‘ri shakllantirilganligi va nutqining ravonligi, topshiriqqa ijodiy yondoshganligi;

15-13 balgacha




Berilgan topshiriqni qisman bajarishi, mavzularni oʻzlashtirganlik darajasi, 3-4 tagacha grammatik xatolarga yoʻl qoʻyganligi, nutqda yoʻl qoʻyilgan xatolarni mavjudligi (3-4gacha), savollarni shakllantirishda leksik va stilistik xatoga yoʻl qoʻyishi (3-4 gacha);

12-8 balgacha




Berilgan topshiriqni qisman bajarishi va sayoz yondoshuv boʻlsa, 4 va undan ortiq grammatik xatolarga yoʻl qoʻyganligi, nutqda xatolarni mavjudligi (4-6 gacha) (xatolar soni, gaplaming sifatiga qarab ballar pasayishi mumkin);

7-5 balgacha




Talaba fan materiallami yaxshi oʻzlashtirmagan, ularni amalda qoʻllash koʻnikmasi pastligi, topshiriqqa ijodiy yondoshmaganligi nutqida koʻplab xatolarning mavjudligi va topshiriqni bajarishga jiddiy yondoshilmaganligi;

4-1 balgacha




Talaba topshiriq boʻyicha koʻchirmakashlikka (plagiat) yoʻl qoʻysa, boshqa talaba tomonidan bajarilgan topshiriqni oʻzlashtirsa, berilgan topshiriqga (mavzuga) oid material yuklamasa, topshiqiriq belgilangan muddatlariga qat’iy amal qilmasa, hamda fan (mavzu) boʻyicha aniq tasavvurga ega emasligi;

0
ball




  1. Download 0.54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling