Professor-o‘qituvchilarning 2022-2023 o‘quv yili yakuni (mehnat ta’tili)ga qadar quyidagilarni bajarishi lozim
Download 32 Kb.
|
Ҳужжатлари тайёрлаш (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Professor-o‘qituvchilarning 2022-2023 o‘quv yili yakuni (mehnat ta’tili)ga qadar quyidagilarni bajarishi lozim I. O‘quv uslubiy ishlar 1. O‘quv yuklamasini (taqsimotda ko‘rsatilgan hissa asosida) kuzgi hamda bahorgi o‘quv jarayonida soatni to‘liq bajarishi; 2. Shaxsiy ish rejani bajarilishi; 3. Yaratgan o‘quv adabiyotiga nashr ruxsatnomasini olgan mualliflar kitobni nashr qilishi; 4. Hemis tizimida fan kontentlarini to‘liq va belgilangan tartibda kiritgan bo‘lishi; 5. Taqsimotda berilgan fan asosida fan dastur, ishchi fan dastur (sillabus), majmua; amaliyot hujjatlarni to‘liq va talab darajasida tayyorlash hamda hemis hamda uniwork tizimida joylashtirishni ta’minlash; 6. O‘tgan fanidan, kurs ishi, oraliq va yakuniy nazorat ballarini hemis hamda uniwork tizimi qaydnomalariga to‘liq kiritish, shuningdek dekanatni qog‘oz qaydnomalariga qayd etishi va imzolashi lozim (reyting daftarchasi mavjud bo‘lsa baholarni qo‘yish va imzolash); 7. Yillik hisobot (o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ustoz-shogird va ma’naviy-ma’rifiy)ni tayyorlash (asoslari bilan); 8. Yangi 2023/2024 o‘quv yili o‘quv yuklamasi asosida tayyorgarlik (meyyoriy hujjatlarini) ko‘rishi lozim. II. Ilmiy-tadqiqot ishlari 1. Professor-o‘qituvchilarning 2022-2023 o‘quv yilida shaxsiy ish rejasining ILMIY-TADQIQOT ISHLARI 3-bandiga keltirilgan rejaning to‘liq bajarilishi; 2.Ilmiy sohada tegishli ma’lumotlarni uniwork.buxdu.uz tizimiga joylashtirish; 3. Buxoro davlat universitetining reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2023-yilda kafedralar tomonidan amalga oshiriladigan quyidagi ishlar rejasining kamida 50 foizining bajarilishi: Xalqaro ko‘rsatkichlarga ko‘ra OTM professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalariga («Web of Science», «Scopus» , Google Scolar yoki boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarda mavjud bo‘lgan jurnallar bo‘yicha) iqtiboslar (+2023); Scopus bazasiga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar; Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xalqaro OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda chop etilgan ilmiy maqolalar; Respublika OAK jurnallarida chop etiladigan maqolalar; Sohalar buyurtmalari asosida o‘tkazilgan (ilmiy, ilmiy-ijodiy) tadqiqotlardan olingan moliyaviy mablag‘lar, mln. so‘m; Monografiya; Ixtiro, foydali model, sanoat namunalari va seleksiya yutuqlari uchun olingan patentlar; AKTga oid dasturlar va elektron ma’lumotlar bazalari uchun olingan guvohnomalar, mualliflik huquqi bilan himoya qilinadigan turli materiallar. III. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar 1. Yoshlar bilan ishlash dekan o’rinbosarlari yillik reja asosida amalga oshirilgan ishlar hisobotini asoslar bilan tayyorlab topshirish; 2. Kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul yillik reja asosida amalga oshirilgan ishlar hisobotini asoslar bilan tayyorlab topshirish. Download 32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling