Milliy til nima va uning tarkibiga nimalar kiradi? Har bittasi haqida
Download 106.54 Kb. Pdf ko'rish
|
o`zbek tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 – topshiriq. Matn asosida quyidagi savolga javob bering. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi
1-topshiriq. Milliy til nima va uning tarkibiga nimalar kiradi? Har bittasi haqida alohida ma’lumot bering.
tashkil etuvchi ijtimoiytarixiy kategoriya. Millatning oʻzaro aloqa vositasi hisoblangan Milliy til 2 shaklga ega: ogzaki va yozma. Milliy til kabila, elat tillaridan farqlanadi.U, odatda, millatni birlashtirib turuvchi yagona til vazifasini bajaradi. "Milliy til" tushunchasi tilning yashash shakllariga aloqadordir, u til mavjudligining alohida turi boʻlib, mavjudlikning boshqa tur(lar)iga (urugʻ, kabila yoki elat tiliga), shuningdek, boshqa Milliy tillarga qarama-qarshi qoʻyilishi (mas, oʻzbek tilining qozoq tilidan farqlanishi) mumkin. Har bir millat oʻz tiliga ega. Baʼzan bir millat bir necha tilga ega boʻlishi mumkin: belgiyaliklar — bir millat, lekin fransuz va vallon tillarida soʻzlashadi. Shveysariyaliklar — yagona millat, lekin ular nemis, fransuz, italyan va retoroman Milliy tillarida soʻzla-shadi. Aksincha, bir necha millatlar bir Milliy tildan foydalanadilar, xususan, AQSH, Angliya, Avstraliya va boshqa inglizcha soʻzlashuvchi mamlakatlarda ingliz Milliy tilining variantlari, yaʼni britaniya ingliz, amerika ingliz, avstraliya ingliz variantlari qoʻllanadi. Milliy tilning hosil boʻlishi uzoq va murakkab jarayondir. Milliy tilning shakllanishidagi eng oliy bosqich milliy adabiy til hisoblanadi. Biroq Milliy til adabiy tildan farqdanib, ogʻzaki nuqt va xalq shevalarini ham oʻz ichiga oladi
2 – topshiriq. Matn asosida quyidagi savolga javob bering. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi? Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib etishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib va o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay , har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy, ma’naviy taraqqiѐtga erishmagan bo‘lardi.Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug’iladi. Shuningdek, uni davom ettiradi. Til ilm olishda zamon va makon qovini o‘rtadan ko‘taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz, hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz. Tilning o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z ѐrdamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug’diradi. (A.Rustamov. «So‘z xususida so‘z» kitobidan) 2. Til ijtimoiy hodisa sifatida odamlar hayotida katta o`ringa ega. Chunki insonlar bir-birlari bilan muloqotda bo`ladi. Bu esa ma’lumotlarga ega bo`lishda muhim rol o`ynaydi.
millatning muhofazati ham har afrod insonga vojibdur. Oni (millatni) muhofazati ona tilining muhofazati bilan bo‘lur. Qachonki bir millat tilini yo‘qotsa, u muqaddas dinini va millatini ham yo‘qotur (Ashurali Zohiriy). 2. Har bir millatning dunѐda borlig‘in ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiѐtidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur (Abdulla Avloniy). 3. Bobolardan bizga meros ezgu til, Avlodlarga xazinai bebaho (Mirtemir). 4.Til millatning birinchi haqidir. Shu haq o‘ksitilgan bo‘lsa, demak, millat o‘zini o‘zi o‘ksitib kelgandir (I.G’ofurov). 5. O’z vataningga bo‘lgan chinakam 1. Millatlar o`rtasidagi muloqotni ta’minlovchi ijtimoiy hodisa bu tildir. 2. Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi, orzu-umidlarning namunasidir. 3. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. Download 106.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling