4. BODY teg atributlaridan foydalanish
Hujjatning kontent qismi hujjatning asosiy qismni tashkil etadi. BODY konteyner tegi hujjatning asosiy qismi sifatida aniqlanadi.
Atributlar:
alink=color – faol (foydalanuvchi tanlagan) havolaning rangini aniqlaydi;
link=color – hali ko‘rilmagan havola rangini belgilaydi;
vlink=color – allaqachon ko‘rilgan havola rangini o‘rnatadi;
bgcolor=color – hujjat foni qanday rangda bo‘lishi kerakligini belgilaydi;
background=URL – fon sifatida foydalaniladigan tasvirning manzilini (URL) belgilaydi;
bgproperties – agar FIXED qiymati o‘rnatilmagan bo‘lsa, fon tasviri aylantirilmaydi.
text=color – hujjat matnining rangini belgilaydi;
leftmargin, rightmargin, topmargin=pixels – hujjatning mos ravishda chap, o‘ng va yuqori chetlari hajmini o‘rnatish. Piksellarda ko‘rsatilgan;
scroll – mantiqiy atributdir: brauzer darchalari harakatlantirish yo‘laklarini o‘rnatadi.
Misol.
Do'stlaringiz bilan baham: |