1-amaliy mashg‘ulot. Kinematika mavzusiga doir masalalar yechish. Dinamika mavzusiga doir masalalar yechish. Qattiq jismlarning aylanma harakati mavzusiga doir masalalar yechish
Download 17.17 Kb.
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa 1.1.
1-amaliy mashg‘ulot. Kinematika mavzusiga doir masalalar yechish. Dinamika mavzusiga doir masalalar yechish. Qattiq jismlarning aylanma harakati mavzusiga doir masalalar yechish. 1-masala. Avtomobil o'z harakati vaqtining birinchi yarmida 80 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtida esa 40 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Avtomobil harakatining o'rtacha tezligi topilsin. 2-masala. Vertikal yuqoriga otilgan jism 3 sek dan keyin yerga qaytib tushdi. 1)Jismning boshlang‘ich tezligi qanday bo‘lgan? 2) Jism qanday balandlikka ko'tarilgan? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. 3-masala. Jismni gorizontga α=30° burchak ostida =14,7 m/sek tezlik bilan otilgandan t=1,25 sek o'tgach uning normal va tangensial tezlanishi topilsin. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. 4-masala. Og‘irligi 4,9. N bo‘lgan poyezd teplovozning tortishi to'xtalgach, 9,8. N ishqalanish kuchi ta'siri ostida 1 min dan keyin to'xtaydi. Poyezd qanday tezlik bilan harakat qilgan? 5-masala. 0,5 kg massali jism shunday to‘g‘ri chiziqli harakatlanadiki, u o'tgan s yo'lning t vaqtga bog‘lanishi S A Bt C D tenglama bilan berilgan, bunda S=5 m/ va D=1 m/ . Harakatning birinchi sekundining oxirida jismga ta'sir qilgan kuchning kattaligi topilsin. 6-masala. 150 kN tormozlovchi kuch ta’siri ostida massasi1500 t bo’lgan poezd tormozlash boshlangandan to to’xtaguncha 500 m yo’lni o’tgan bo’lsa, u qanday tezlik bilan harakatlanayotgan edi? 7-masala. 1m uzunlikdagi va 0,5 kG og‘irlikdagi bir jinsli sterjen vertikal tekislikda o‘z o‘rtasidan o‘tgan gorizontal o‘q atrofida aylanmoqda. Agar aylantiruvchi moment 9,81 Nm ga teng bo‘lsa, sterjen qanday burchak tezlanish bilan aylanadi? 8-masala. R=0,2 m radiusli va m=10 kg massali maxovik aylantiruvchi qayish bilan motorga ulangan. Sirg‘alishsiz harakatlanayotgan qayishning taranglik kuchi o‘zgarmas bo‘lib, T=14,7 N ga teng. Harakat boshlanishidan Δt=10 sek o‘tgandan keyin maxovik sekundiga necha marta aylanadi? Maxovik bir jinsli disk deb hisoblansin. Ishqalanish nazarga olinmasin. 9-masala. Inersiya momenti 245 kg ga teng bo‘lgan maxovik g‘idirak 20 ayl/sek bilan aylanadi. Aylantiruvchi mometni ta‘siri to‘xtatilgandan bir minut o‘tgach g‘ildirak to‘xtaydi. 1) Ishqalanish kuchining momenti, 2) aylantiruvchi moment ta‘siri to‘xtatilgandan boshlab to g‘ildirak to‘xtaguncha uning aylanishlar soni topilsin . Uyga vazifa 1.1. Avtomobil yo'lning birinchi yarmini 80 km/soat tezlik bilan, qolgan yo'lni esa 40 km/soat tezlik bilan bosib o'tgan. Avtomobil harakatining o'rtacha tezligi topilsin. 1.2. Tosh 10 m balandlikka otilgan. 1) Tosh qancha vaqtdan keyin yerga qaytib tushadi? 2) Agar toshning boshlang‘ich tezligi ikki marta oshirilsa, u qancha balandlikka ko'tariladi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. 1.3. Jism h 19,6 m balandlikdan boshlang‘ich tezliksiz tushmoqda. 1)Jism o'z harakatining birinchi 0,1 sekundida qancha yo'l o'tadi? 2) Oxirgi 0,1 sekundda-chi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. 1.4. Tekis tezlanish bilan aylanayotgan g‘ildirak harakat boshidan N 10 marta aylangandan keyin 20 rad/sek burchak tezlikka erishsa, uning burchak tezlanishi topilsin. 1.5. Gorizontal otilgan jism 0,5 sek dan keyin tashlanish joyidan gorizontal bo'ylab 5 m uzoqqa borib tushgan. 1) Jism qanday h balandlikdan tashlangan? 2) U qanday boshlang‘ich tezlik bilan tashlangan? 3) U yerga qanday tezlik bilan tushgan? 4) Uni yerga tushish nuqtasidagi traketoriyasi gorizont bilan qanday tezlikni tashkil qiladi. Havoning qarshiligi hisobga olinmasin. 1.6. Ipga og‘irligi P=1 kG bo‘lgan yuk osilgan. Agar yuk osilgan ip a=5 m/ tezlanish bilan pastga tushayotgan hollarda ipning taranglik kuchi topilsin. 1.7. Ipga tosh osilgan. Bu toshni =2 m/ tezlanish bilan yuqoriga ko'tarilganda, ipning uzilib ketishi mumkin bo‘lgan taranglik kuchidan ikki marta kichik T taranglik kuchi hosil bo‘lgan. Ip uzilib ketishi uchun bu toshni qanday tezlanish bilan yuqoriga ko'tarish kerak? 1.8. Og‘irligi N bo‘lgan avtomobil 5 sek tormozlangandan keyin tekis sekinlanuvchan harakat qilib, 25 m masofani o'tib to'xtaydi. 1) Avtomobilning boshlang‘ich tezligi, 2) tormozlanish kuchi topilsin. 1.9. F=1 kG o'zgarmas kuch ta'sirida jism shunday to‘g‘ri chiziqli harakatlanadiki, u o'tgan s yo'lnipg t vaqtga bog‘lanishi S A Bt C tenglama bilan berilgan. Doimiylik S=1 m/ bo‘lsa, jismning massasi topilsin. 1.10. Jism gorizont bilan a= 45° burchak tashkil qilgan qiya tekislikdan sirg‘anib tushmoqda. Jism S = 36,4 sm masofani o'tganda υ= 2 m/sek tezlikka erishadi. Jismning tekislikka ishqalanish koeffitsienti topilsin. 1.11. 1 kg massali, 9,8 m/sek boshlang‘ich tezlik bilan yuqoriga otilgan toshning kinetik, potensial va to'la energiyasining vaqtga bog‘lanish grafigi 0 t 2 sek intervalda 0,2 sek dan oralatib chizilsin. 1.12. R = 0,5 m radiusli barabanga ip o‘ralgan, uning uchiga P = 10 kG yuk osilgan. Agar yukning pastga a =2,04 m/ tezlanish bilan tushayotgani ma’lum bo‘lsa, barabanning inersiya momenti topilsin. Download 17.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling