1-Amaliy mashg‘ulot. Ko‘chat uslubi, uni ahamiyati va ko‘chatlarni yetishtirish usullari (2-soat) Darsning maqsadi


Download 19.08 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi19.08 Kb.
#1638970
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1-Amaliy mashg‘ulot. Ko‘chat uslubi, uni ahamiyati va ko‘chatlarni yetishtirish usullari (2-soat)


Darsning maqsadi: Talabalarga olma, nok, behi, o‘rik, gilos, bodom, shaftoli kabi meva ko‘chatlari ishlab chiqarishning ahamiyati va meva ko‘chatzorida ko‘chatlarni yetishtirish usullari o‘rgatish.
Asosiy tushuncha:
Mashg‘ulot maqsadi: Olma, nok, behi, o‘rik, gilos, bodom, shaftoli kabi meva ko‘chatlari ishlab chiqarishda asosan kurtak payvand qilish yo‘li bilan ko‘paytirilsa, anor, anjir, qarag‘at (smorodina) esa bir yillik yaxshi novdalaridan ko‘paytiriladi. O‘zbekiston sharoytida keyinroq rivojlangan pakana bog‘larni kengaytirishda dusen, paradizka tipidagi payvandtaglardan ishlab chiqarishda tezroq madaniy ko‘chatlar yetishirish uchun bu payvandtaglarning yetuk novdalari parxish qilish yo‘li bilan ildizlaridan qalamcha tayyorlash, bir yoki ikki yillik novdalaridan (ishlab chiqarishda asosan pishib yetilgan bir yillik novdalaridan foydalainladi) qalamchalar tayyorlab, ularni maxsus yerlarga ekib, ildiz ottirish yo‘li bilan ko‘paytirilmoqda. Umuman pakana olma va shuningdek behidan o‘stiriladigan payvandtaglari tez ildz otishi, rivojlanishi va barvaqt hosilga kirishi bilan kuchli o‘suvchi payvandtaglardan farq qiladi. Kuchli o‘suvchi urug‘li va danakli payvandtaglar asosan urug‘idan ko‘paytirilib, ularga madaniy meva navlaridan kurtak payvapd qilinadi.
Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, payvandtaglarning ildizi tuproq qatlamlarida qancha chuqur joylashgan bo‘lsa, ularga ulangan meva daraxtlari shuncha ba­land bo‘yli bo‘lib o‘sib, hosilga kechroq kiradi va aksincha payvandtaglar ildizi pataksimon bo‘lib, yer betiga yaqin joylashgan bo‘lsa, ularga payvand qilingan meva daraxtlarining shox-shabbalari past bo‘yli bo‘lib, barvaqt hosilga kiradi, biroq ular odatda ko‘p umr ko‘rmaydi. Masalan, olma daraxti yovvoyi o‘rmon olmasiga yoki madaniy olma urug‘laridan yetishtirilgan nihollarga payvand qilingan Rozmarin olma ko‘chatlari boqqa ekilganidan keyin oltinchi-yettinchi yildan boshlab hosilga kiradi, o‘n-o‘n ikkinchi yili o‘rtacha, o‘n olti-yigirma yoshga kirganida har bir daraxt 500-1000 kg ga yetkazib hosil berishi mumkin. Xuddi shu olma navi dusenga payvandlanganda, boqqa ekilgan bir yashar ko‘chat ikki-uch yil, paradizkaga ulangani esa ikki-uch yildan boshlab hosilga kiradi va olti- yetti yoshida 50-60 kg dan hosil berishi mumkin. Kuch­li payvandtaglarda o‘stirilgan daraxt ildizlari kattaroq yerni egallaydi, dusen va paradizkaga ulan­gan olma daraxtlari esa kamroq yerni egallaydi. Daraxtlarning ildiz sistemasi qanday formada bo‘lsa, ularning yer ustki qismi ham xuddi shu shaklga kiradi. Umuman tik o‘sgan daraxtlar kechroq hosilga kiradi, yotiq o‘sgan daraxt shox-shabbalarida hosil tezroq paydo bo‘ladi. Daraxtlarning sovuqqa va surg‘oqchilikka chidamli bo‘lishi ham payvandtaglarga bog‘liq.
Payvandtaglar har xil tuproq, iqlim sharoiti o‘rganilishi bilan birga ularning payvandustlar bilan fiziologik tutashib ketish jarayonlari va hosilga kirishi har tomonlama o‘rganilmoqda.
Ko‘p yillik kuzatish natijalaridan har bir mevali, har qanday payvandtag bilan yaxshi tutashib ketavermasligi aniqlandi.
Masalan, adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, Qishki oltin olma (Parmen zimniy lotoy), Oq olma navlari ko‘pgina payvandtaglar yaxshi ko‘karavermaydi. Kandil sinap va Oq Rozmarin aksincha ko‘pgina olma nihollariga payvandlanganda tezda birikib daraxt shox-shabbalari yaxshi o‘sadi.
Payvandtag bilan payvandustning bir-biriga birlashib yaxshi tutib ketishi ko‘chatzorlardan olinadi ko‘chat soniga va ularning sifatiga katta ta’sir etadi. Ayniqsa, payvandtag payvandust bilan yaxshi birikmagan ko‘chatlar ekilganida ko‘pincha payvg qilgan qismida kelgusida shish, yoruqlar, qiyshayish va shunga o‘xshash payvandtag bilan payvandning bir-biriga mos tushmaslik hollari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ko‘proq olchaga gilos ulanganda ko‘pincha gilos ulangan joyidan tortib yo‘g‘onlashganligini ko‘rish mumkin. Olcha tanasinnng 60-100 sm qismiga gilos ko‘rtak yoki iskana payvand qilinganda, gilosning kuchli o‘sib yo‘g‘onlashgani, olchaning ingichka bo‘lib qolganligini ko‘rish mumkin.
Bu masalaga ilmiy nuqtai nazardan qaralganda meva navlarini asosan asalari changlantiradi, bunda bir-ikki va uch organizmning qo‘shilishidan paydo bo‘lgan yangi organizm kelgusida ota-ona xususiyatlarini to‘liq bermasligi allaqachon aniqlangan. Masalan, Lola yoki Zarg‘aldoq (Elberta) shaftoli danaklaridan ekilb yetishtirilgan shaftoli daraxtlari kelgusida sekin-asta yomonlashib borishi kerak. Yong‘oqda ham shu xususiyat bor. Yong‘oq payvand qilib yetishtirish boshqa mevalarga nisbat yncha qiyin.
Kurtak payvand qilib meva ko‘chatlari yetishtirish uchun birmuncha vaqt talab qilinadi, bunga ko‘pgina mehnat sarflanadi. Keyingi yillarda ilmiy tashkilotlar tomonidan hamma mevalarning ko‘k va pishib yetilgan qalamchalarini maxsus binolarda havo namini 95-98% ga yetkazib ildiz ottirish to‘g‘risida birmuncha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ayniqsa meva ko‘chatlarini yetishtirish boshqa o‘simlik ko‘chatlari yetishtirishdan tubdan farq qilib, anchagina vaqt va tajriba talab qilar ekan.
Meva ko‘chatlarini yetishtirishda mahalliy tuproq va iqlim sharoitiga moslashgan urug‘ hamda qalamcha olinadigan bog‘larni tashkil qilishning ahamiyati katta. Chunki, ayniqsa, tuproq sho‘riga chidamli urug‘ ko‘chatlar mahalliy sharoitda o‘stirilganida, ular payvand qilib o‘stirilgan meva ko‘chatlariga hamda daraxtlarga nisbatan qishki sovuqlarga va sho‘rga birmuncha chidamli bo‘ladi. Yosh ko‘chatlar sho‘rga uncha chidamaydi, hosilga kirganlari sho‘rga bir oz bardosh bera oladi, qarigan daraxtlar esa sho‘rga va sovuqqa chidamsiz bo‘ladi. Lekin urug‘dan yetishtirilgan meva daraxtlari sovuqqa ham, tuproq sho‘riga ham chidamli bo‘ladi.
Ussuriya nok urug‘ niholiga kurtak payvand qilib o‘stirilgan 28 yashar nok daraxtidan olingan hosil 380 kilogrammni, o‘rmon nok niholiga payvand qilish bir dona katta yoshdagi daraxtdan olingan hosil 260 kilogrammni tashkil qildi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida yuqorida nomlari qayd qilib o‘tilgan payvandtaglarda tavsiya etilgan nok navlarini ko‘plab ko‘paytirib, respublika xo‘jaliklarida katta maydonlarda sinab ko‘rish tavsiya etiladi.
Bir necha yillar mobaynida Qoraqalpog‘iston tuproq sharoitida olma payvandtaglar o‘stirib ko‘rildi. Xazorasp olma tipi ikki xil bo‘lib, ikkalasi ham o‘rtacha o‘suvchandir. Ularning bir-biridan farqi ikkinchisida bachki novdalar paydo bo‘lmasligidir. Bachki novda beradigan bu olma tipi tuzli tuproq sharoitiga chidamsiz bo‘lib, yer osti suvi sayoz yerlarda ham yaxshi o‘smaydi. Undan tashqari, bir va ikki yillik novdalari qishda sovuqdan qattiq zararlanishi ham aniqlangan. Meva berishida solkashlik ham mavjuddir. Bachki novdalarga payvand qilinganda payvand kurtaklarining ko‘karish prosenti 82 dan (kuz faslida aniqlanganida) oshmagan.
Buxoro tipidagi olma urug‘ nihollariga ulangan kurtaklar ancha yaxshi ko‘karadi. Bunday olma daraxtlari 80 yoshga kirishiga qaramasdan yaxshi o‘sadi. Daraxtlarning balandligi 10-12 m, shox-shabbasi doirasining kengligi 7-8 m ni tashkil qildi. Undan tashqari, bu tipdagi olma daraxtlarining yana boshqa afzalliklari ham aniqlangan. Birinchidan, bu tipdagi olma daraxtlari tuproq sho‘riga chidamli bo‘lib, yer osti suvi yaqin bo‘lganidan u yaxshi o‘sadi, har yili bir me’yorda hosil beradi. Ayrim daraxtlaridan 400 kg gacha hosil terib olingan. Olma nihollariga payvand qilinganida kurtak payvandning tutishi 97% ni tashkil qilgan va ularning payvandustlar bilan yaxshi tutashib ketganligi ham aniqlangan.
Respublikaning asosiy zonalaridagi deyarli hamma meva turlari uchun chidamli, tuproq sharoitiga moslashgan payvandtaglar aniqlanib ular ishlab chiqarishga tavsiya etildi.
Kerakli anjomlar: Mevalar kolleksiyasi, gerbariylar, qalam, chizg‘ich. Adabiyotlar:4,5,8.
Nazorat savollari:

  1. Madaniy mevali o‘simlik kelib chiqishning N.I.Vavilov fikriga ko‘ra asosiy botanik - geografik markazlari?

  2. Nima uchun bir xil navning o‘zini turli tuproq-iqlimiy sharoitli mintaqalarda yetishtirish mumkin emas?

  3. O‘simliklar hayotini ta’min qilishning qaysi omillari biologik va ekologik belgilarini belgilaydi?

  4. Hozirgi vaqtda rezavor meva o‘simliklarining botanik tasnifga ko‘ra xossalari soni?

Download 19.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling