1-amaliy mashg`ulot: lavlagini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirish ishning maqsadi
Download 388.86 Kb.
|
1-AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg`ulot topshirig`i
1-AMALIY MASHG`ULOT: LAVLAGINI QAYTA ISHLASH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISH Ishning maqsadi: Lavlagini qayta ishlash jarayoni avtomatlshtirish va jarayonda qatnashadigan asosiy texnologik parametrlarni aniqlash Qisqacha nazariy ma`lumotlar: Lavlagini qayta ishlash undan shakar ishlab chiqarish zavodlarida asosiy bo`lim hisoblanadi. Diffuzion qurilmada lavlagi tarkibidagi shakar ajratib olinadi. Olingan diffuzion sharbat keyingi bo`limlarda shakar kukuni olish maqsadida tozalash va qayta ishlashga yuboriladi. Olingan diffuzion sharbatning sifat ko`rsatkichlari, uning texnologik xusuiyatlari, shuningdek uni lavlagi yanchilmalarida yo`qotilishi, jarayonning keyingi bosqichlariga hamda zavod ko`rsatkichlariga ta`sir ko`rsatadi. Lavlagini qayta ishlash bo`limida asosiy jihoz hisoblanadigan turli konstruktsiyadagi diffuzion apparatlar bilan bir qatorda lavlagi keskich, lavlagi massasini tayorlash, uzatish va qizdirish apparatlari, Diffuzion sharbatni to`plagich, transportyorlar va boshqa jihozlar joylashgan. Zamonaviy lavlagi- shakar zavodlarida qiya va kolonna tipidagi diffuzion apparatlar keng qo`llanilmoqda. Qiya diffuziyalash apparati o`rnatilgan diffuziyalash bo`limini ko`rib chiqamiz. Qiya diffuziyalash apparati chuqur koreta ko`rinishida bulib, uning ichida maydalangan lavlagini tashuvchi shnek joylashtirilgan. SHuningdek qurilma sharbat to`plagich va isitish tizimi bilan ta`minlangan. Uning o`lchamlari ish unimdorligiga qarab hisoblanadi. Boshqarish ob`ekti quydagilardan iborat: Qiya diffuziyalash apparati (1), transportyor (2), lavlagi keskich (3), asinxron elektrodivigatel (4), qalamcha ko`rinishida maydalangan lavlagi transportyor (II) yordamida apparat (1) ning bosh qismiga yuboriladi. ekstraktsiyalangan suyuqlik (siqilgan sharbat va sul’fidlangan suv) apparatning ikkinchi tomonidan beriladi. Maydalangan mahsulot apparatning bosh qismidan yuqoriga qarab bir-biridan alohida harakatlanadigan ikki juft shnek yordamida aralashtiradi. Harakatlanish jarayonida lavlagi bo`laklari qandsizlantiriladi, lavlagi bo`lakchalariga qarama-qrshi harakatlanayotgan suv esa shakar bilan to`qnashib, diffuzion sharbatga aylanadi. SHarbati olingan massa lentali shnek yordamida apparatdan chiqariladi. SHarbati olingan massani siqish natijasida olingan suv tozalanadi va shakarni yo`qolishini kamaytirish uchun diffuziyalash apparatiga beriladi. Olingan diffuzion sharbat maxsus setkadan o`tkazilib, nasos (4) yordamida keyingi qayta ishlashga yuboriladi. SHakarni lavlagi bo`lakchalaridan ajralib chiqish jarayonini yaxshilash uchun diffuzion apparat sektsiyali isitish qurilmasi bilan ta`minlangan. Diffuziyalangan sharbat kontsentratsiyasini barqarorlashtirish diffuzion apparatga beriladigan suvni sarfini o`zgartirish orqali amalga oshiriladi. Diffuziyalangan sharbatdagi shakar kontsentratsiyasini aniqlash uchun refraktometrlar (6-1) va (6-2) o`rnatilgan bo`lib, ulardan chiqqan signal (ADAM-5017) rusumli ATSP (avtomatlashtirlgan markaziy pultlarga telemonitorlarga (6-1) va (6-2) va texnologning avtomatlashtirilgan ishchi o`rniga boradi. Qiya diffuziyalash apparatida sharbatli aralashma temperaturasini roslash, uni uzatilish holatiga qarab besh nuqtada amalga oshiriladi. Avtomatik rostlash sistemasi konturi bir xil boshqarish vositalaridan tashkil topgan. Temperatura datchigi sifatida TSM termoqarshiligi va (ADAM-5017)- analogli markaziy pul’t ATSP yoki (ADAM-5013)- modullar (8-1) (12-1) shnekdan so`ng datchiklardan chiqqan signallar TREI-53 rusmli kontrollyorning rostlash kanallariga tushadi va proportsional integral rostlash qonunini amalga oshiradi. (8-2) (12-2). Undan so`ng boshqarish signallari TSAP (ADAM-5024) yordamida o`zgartirilib, bug` yo`lida o`rnatilgan ijrochi mexanizmlarga (8-3) (12-3) uzatiladi. Diffuzion apparatning boshlang`ich qismida lavlagi yanchilmasini sharbat bilan kerakli davomiyligini ta`minlash sathni avtomatik rostlash oroqali amalga oshiriladi. Buning uchun p’ezometrik sath o`lchagichdan foydalanilgan. Sathni o`zgarishi to`g`risidagi signal difmanometr (7-6) dan ATSP (ADAM-5017) ga boradi. Undan so`ng monitor (7-8) orqali TREI-5B kontrollyorning (7-9) rostlash kanallariga yuboriladi. Boshqarish sistemasida sharbatli aralashmaning sathini nazorat qilish apparatning butun uzunligi bo`yicha va har bir seksiyasida ko`zda tutilgan. Apparatning uzunligi bo`yicha sathni o`lchash (7-1) va (7-2) datchiklar orqali amalga oshiriladi. Boshqarish sxemasida ekstraktsiyalanadigan suyuqliklar va diffuzion sharbat sarfini nazorat qilish uchun induktsion sarf o`lchagichdan foydalanilgan bo`lib, uning komplektiga datchiklar (3-1, 4-1, 14-1,) qayd qiluvchi qurilmaga signal chiqaruvchi ATSPU va monitor (3-2, 4-2. 14-2,) PTK va texnolog ARMi. Bundan tashqari sharbatli aralashmaning PH miqdorini o`lchash ham ko`zda tutilgan. 34-rasm. Lavlagini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasi Mashg`ulot topshirig`i Lavlagini qayta ishlash jarayonini tushuntiring Lavlagini qayta ishlash jarayonini boshqarish ob`yektini izohlang Lavlagini qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishning funksional sxemasini tushuntiring. Download 388.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling