1-amaliy mashg’ulot: Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari Organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari: Ishning maqsadi
Download 19.04 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar
- Sulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB)
1-amaliy mashg’ulot: Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari Organotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari: Ishning maqsadi: Litotrof va Organotrof bakteriyalar tuzilshi hamda biozararlanish qo’zg’atuvchilari sifatida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish. Kerakli jihozlar: Biozararlanishga doir o’quv qo’llanmalar, multimedia vositalari Nazariy material: Litotrof bakteriyalar – biozararlanish qo‘zg‘atuvchilari Litotroflardan biozararlanishning eng faol namoyandalari sulfattiklovchi, tion, nitrifikator va temir bakteriyalaridir. Ular qo‘zg‘atadigan metallar korroziyasi, beton, tosh, g‘isht va boshqa materiallar yemirilishining o‘lchami g‘oyat katta. Sulfattiklovchi (sulfatreduksiya qiluvchi, desulfatlovchi) bakteriyalar (STB, DSB) – po‘lat, temir va aluminiyda asosiy anaerob korroziya qo‘zg‘atuvchilaridir. Taxmin qilinishicha, ular qo‘zg‘atadigan korroziyaning mexanizmi ushbu bakteriyalar hayot kechirishi davrida hosil bo‘ladigan qattiq temir sulfidi katod depolyarizatsiyasini jadallashtirishi yoki bakteriyalar polyarizatsiyalangan vodorodni iste’mol qilishidir. Sulfattiklovchi bakteriyalar sanoatning ko‘p tarmoqlariga, ayniqsa neft va gaz qazib olishga katta zarar yetkazadi. Ular neft saqlash uchun qo‘llaniladigan po‘lat omborxonalar, turboreaktiv samolyotlarning yonilg‘i asbob-uskunalari, yonilg‘i o‘tkazuvchi trubalar va suv ta’minlovchi teskari gradirnyalarda faol korroziya qo‘zg‘atadi. Yapon tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, yer osti tunnellarining temirbeton devorlari yemirilishining asosiy sabablaridan biri bu bakteriyalar vodorod sulfid chiqarishi va keyinchalik temir sulfid hosil bo‘lishidir. Neftning bakterial bioparchalanishi aerob va anaerob muhitda 80oS gacha bo‘lgan haroratda kuzatiladi. Neft sathidan pastki qismida neft asosan anaerob parchalanadi. Neftda erigan sulfat mavjud bo‘lsa, bioparchalanishni sulfattiklovchi, agar erigan sulfat oz bo‘lsa, unda metan bakteriyalar qo‘zg‘atadi. Bakteriyalar hayoti uchun lozim bo‘lgan azot, fosfor va kaliyni suvdan oladi. Neft bioparchalanishi quyidagi o‘ta salbiy natijalarga olib keladi: - neftning yopishqoqligi kamayadi (bu esa neft chiqishini kamaytiradi); - neftning solishtirma og‘irligi kamayadi (bu esa olingan neft mahsulotining sifatini pasaytiradi); - neft tarkibidagi to‘yingan va aromatik karbonvodorodlarga nisbatan asfalt qismi ko‘payadi; - ba’zi metallar miqdori ko‘payadi; - oltingugurt miqdori ko‘payadi; - neft nordonligi oshadi; - neftda karboksil guruhli kislotalar va fenollar hosil bo‘ladi. AQShning Oklaxoma shtatida qazib olingan va parchalanishi bo‘yicha uch guruhga ajratilgan neftning tahlili bunga misol bo‘la oladi (2-jadval). Download 19.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling