1-Amaliy mashg`ulot Mavzu: Berilgan ish sharoitlari uchun traktorning tortish xossalari ko`rsatkichlarini hisoblash Ishning maqsadi


Download 0.5 Mb.
bet7/13
Sana06.10.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1693540
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
amaliy mashg`ulotlar eksoluatsiya 1-amaliy.docx111111111111111

Ish bo`yicha hisobotda:
Ishning maqsadi, berilgan jarayonining sharoitlari (topshiriq);ishning bajarish tartibi bo`yicha hisob-kitoblar va aniqlangan ma’lumotlar 5.2-jadval ko`rinishida yoziladi hamda olingan natijalarga ko`ra xulosa beriladi.
6- Amaliy mashg`ulot
Berilgan fermer xo`jaligidagi (uyushmasi) mexanizatsiyalashgan ishlarni tashkil etish uchun birlamchi ma’lumotlarni to`plash va tahlil qilish
Ishning maqsadi:har bir talaba o`zi yashab turgan tuman yoki hududning tuproq- iqlim sharoitiga mos kelgan paxta yetishtirish bo`yicha mintaqaviy texnologik kartani tanlaydi va unga asosan ishlab chiqiladigan amaliy texnologik karta(6.1-jadval)ko`rinishida ko`rsatadi.
Amaliy texnologik kartani tuzishishlari berilgan topshiriqqa asosan boshlang`ich ma’lumotlarni (ekin turi, yer maydoni, qaysi mintaqaga taalluqligi, dalaning uzunligi, relyefi va qiyaligi, kutilayotgan hosildorlik va hakozolar) to`plagandan so`ng quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Texnologik jarayonlar (ish turlari) ro`yxatini tuzish. Belgilangan texnologik jarayonni (6.1-jadval) amalga oshirish uchun zarur bo`lgan barcha ishlarning tartib raqami (1-ustun) va nomlari (2-ustun), shu jumladan, mexanizatsiyalashgan va qo`lda bajariladigan ishlar, namunaviy texnologik kartalarga (6.1-jadval) va hududning sharoitini hisobga olgan holda yozib chiqaladi.
Ishlarning sifat ko`rsatkichlarini belgilash. Har bir ishning sifat ko`rsatkichi (3-ustun) ish sifatini baholash hamda agrotexnika talab va qoidalariga amal qilinishini nazorat qilish uchun zarur. Sifat ko`rsatkichlariga haydov chuqurligi, urug`lik va o`g`it sarfi me’yori, ishlov berish chuqurligi va boshqa ko`rsatkichlar har bir ish uchun alohida ko`rsatiladi.
Ishni bajarish kalendar muddati (4-ustun) agrotexnik talablar asosida belgilanadi. Agrotexnik tadbirlarning boshlanishi va tugallanishi kalendar kunlar shaklida yoziladi va davomiyligi doimo ishni bajarish uchun zarur bo`lgan muddatdan uzunroq bo`lishi kerak, chunki agrotexnik tadbir shu ko`rsatgan muddat ichida bajarib bo`linishi lozim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling