«UltraISO» dasturida disk obrazidan yuklanuvchi fleshkani yaratish
Boshlanishiga «Windows» va boshqa operatsion tizimlarni o‘rnatish yoki kompyuterning reanimatsiyasi uchun yuklanuvchi USB saqlash qurilmasini yaratishning eng keng tarqalgan variantini ko‘rib chiqamiz. Ushbu misolda biz, «Windows 7» yuklanuvchi fleshkasini yaratishdagi har bir bosqichni ko‘rib o‘tamiz, keyinchalik esa ushbu operatsion tizimni har qanday kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘ladi. Kontekstdan shunisi ma’lumki, bizga ISO fayl ko‘rinishidagi «Windows 7», 8 yoki 10 (yoki boshqa OT)ning yuklanuvchi ISO obrazi, «UltraISO» dasturi va muhim ma’lumotlarni o‘zida saqlamagan (chunki ularning barchasi o‘chiriladi) fleshka kerak bo‘ladi. Ishga kirishamiz.«UltraISO» dasturini ishga tushiring, dastur menyusida «Fayl» → «Otkrit»ni tanlang, operatsion tizim obrazi fayli joylashgan manzilni ko‘rsating va «Otkrit» tugmasini bosing.
Ochilganidan so‘ng siz «UltraISO»ning asosiy oynasida obrazga kiruvchi barcha fayllarni ko‘rishingiz mumkin. Umuman olganda ularni shunchaki ko‘rib chiqishdan ma’no yo‘q, shuning uchun davom etamiz.
2-rasm
Dasturning bosh menyusida «Samozagruzka» → «Zapisat obraz jestkogo diska» («UltraISO»ni rus riliga tarjimasining turli versiyalarida, har xil variantlar bo‘lishi mumkin, biroq mazmuni tushunarlidir) larga bosing.
4-rasm
Disk Drive (Disk) maydonida yozish jarayonida qatnashadigan fleshka ko‘rsatiladi. Bu oynada shuningdek uni oldindan formatlab olish mumkin. Obraz fayli allaqachon tanlangan va oynada ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yozish usulini yaxshisi qoida bo‘yicha o‘rnatilganida qoldirgan ma’qul – ya’ni, USB-HDD+. «Zapisat» tugmasini bosing.
5-rasm
Shundan so‘ng fleshkadagi barcha ma’lumotlar o‘chirilishi haqida ogohlantiruvchi oyna paydo bo‘ladi, so‘ngra ISO obrazidan yuklanuvchi fleshkaning yozilishi boshlanadi, ushbu jarayon esa foydalanuvchidan bir necha daqiqa kutishni talab etadi.
Ushbu harakatlar natijasida siz «Windows 10», 8 yoki 7ni noutbuk yoki kompyuterga o‘rnatish mumkin bo‘lgan tayyor yuklanuvchi USB saqlash qurilmasiga erishasiz. «UltraISO»ni rus tilida rasmiy saytidan bepul yuklab olish mumkin: https://ezbsystems.com/»UltraISO»/download.htm
Yuqorida keltirilgan variantdan tashqari, siz yuklanuvchi fleshkani ISO obrazidan emas, balki mavjud DVD yoki CD diskidan, shuningdek «Windows» fayllari joylashgan papkadan yaratishingiz mumkin, shular haqida maqolamizda so‘z yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |