1-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari. Funksiyalarni amalga oshirish.
Ishdan maqsad: Ma’lumotlarning standart turlari, statik ma’lumotlar tuzilmasini va tuzilmalar bilan ishlovchi funksiyalarni amalga oshirishni o‘rganish va ularni tadqiq qilish.
Qo‘yilgan masala: Ma’lumotlarning oddiy sozlangan toifalar, statik ma’lumotlar tuzilmasini e’lon qilish va ularga doir misollarning dasturini ishlab chiqish.
Ishni vazifasi:
Dasturlash tillarida ma’lumotlarning standart turlari
Funksiyalarni amalga oshirish mavzularini o’rganish;
Ish tartibi:
Amaliy mashg’ulot nazariy ma’lumotlarini o‘rganish;
Berilgan topshiriqning algoritmini ishlab chiqish;
C++ dasturlash muhitida dasturni yaratish;
Natijalarni tekshirish;
Hisobotni tayyorlash va topshirish.
Nazariy qism.
Ma’lumot toifalarini shartli ravishda ikki xil turga ajratish mumkin:
1.Sozlangan toifalar: butun, haqiqiy, belgili, mantiqiy, ko’rsatkichli. Ushbu oddiy sozlangan toifalardan tuzilmaviy, nostandart toifalar yaratilishi mumkin.
2. Xosil qilinadigan toifalar. Bu turdagi toifalarni foydalanuvchilar sozlangan toifalarda foydalanib o’zlari yaratishlari mumkin. Ularga yozuvlar,massivlar, vektorlar,to’plam, jadvallar, ro’yxatlar, navbat, stek, dek, daraxtlar, binar daraxtlar, graflar misol bo’la oladi. Bu turdagi toifalarni yaratish va ustida amal bajarish uchun standart funksiyalar kutubxonasida tayyor funksiyalar mavjud, ammo bu toifalarni foydalanuvchilar 0 dan boshlab o’zlari xam istalgan tuzilishda yarata oladilar.
C++ da standart toifalar bo’lgan butun toifa(int, long, short), haqiqiy toifa (float, double, long double), belgili toifa (char), mantiqiy toifa (bool), ko’rsatkichli toifalar va tashqari C++ da yana bitta satr (string) toifasi mavjud.
Ma’lumotlar tuzilmasi (MT)ni quyidagicha tasniflash mumkin.
Statik tuzilma deb dastur bajarilishi mobaynida elementlari soni yoki ular orasidagi bog’liqliklari o’zgaruvchan bo’lgan tuzilmaga aytiladi.Statik tuzilmalarni ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |