1-amaliy mashg`ulot mavzu: elektr tarmoqlarini hisoblsh umumiy ma`lumot Elektr tarmogʻi
Download 22.23 Kb.
|
1-2-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Xavo va kabel liniyalarni xisoblash
Yuqorida keltirilgan cheklanishlardan kelib chiqib, iqtisodiy maqsadga muvofiq kesim tanlashda keltirilgan yillik xarajatlar har xil kesimlar uchun quyidagi formula orqali aniqlanib, eng ma’qbuli tanlanishi to‘g`ri bo‘ladi: Z=K+0,15Se Bu yerda: K- liniya qurishga ketadigan boshlang‘ich mablag‘; Se - yillik ekspluatatsiya harajatlari; Z - keltirilgan yillik xarajatlar.2.Xavo va kabel liniyalarni xisoblashSim, kabel va shinalarning ko’ndalang kesim yuzalari quyidagi usullar bilan tanlanadi. - qizish sharoitlari asosida uzoq muddatli yuklanish toki bo’yicha - kuchlanish isrofi bo’yicha - tejamli tok zichligi bo’yicha Korxonaning elektr ta’minoti uchun xavo va kabel liniyalarni uzoq muddatli yuklanish toki bo’yicha tanlaymiz. Ma’lumki, elektr toki o’tkazgichdan o’tganda ma’lum darajada qiziydi. Simning qizish xarorati undan ajralib chiqqan elektr energiyasi miqdori hamda issiqlikni sim sirtidan atrof muxitga uzatilish sharoitlariga bog’liq. Simdan ajralib chiqqan issiqlik miqdori simdan atrof muxitga tarqalayotgan issiqlik miqdoriga teng bo’lsa, sim xarorati o’zgarmaydi. Simni shunday kesimda tanlash kerakki, bunda u qizimasin, buning uchun simning nominal toki (In) iste’molchilarning xisobiy toki (Ix) dan katta yoki unga teng bo’lish kerak, ya’ni In≥Ix TP L=1,2km Tsex 1T-sh 10kV 10kV 1G 2G 3G 0,4kV 0,4kV 0,4kV 0,4 kV 10 kV li xavo liniyasidan karxona podstantsiyasigacha bo’lgan masofa 1,2 km Xisobiy tokni quyidagi ifoda orqali aniqlaymiz Xisobiy tokning qiymatiga asosan ma’lumotnomadan tarmoqlar uchun sim turi va uning kesimini tanlaymiz. Ma’lumotnomadan AS tipli , ko’ndalang kesim yuzi S=70 mm2 bo’lgan sim tanlaymiz.Tanlangan 10 kV li xavo liniyasini simini asosiy parametrlari ko’ndalang kesim yuzi S=70 mm2 ruxsat etilgan tok Ire=265 A aktiv qarshilik R0=0,85 Om/km induktiv qarshiligi X0=0,347 Om/km kuchlanish isrofi ΔU=3,7 % Download 22.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling