1-amaliy mashg`ulot mavzu: elektr tarmoqlarini hisoblsh umumiy ma`lumot Elektr tarmogʻi


Elektr tarmoqlarining iqtisodiy hisoblash


Download 22.23 Kb.
bet2/4
Sana10.02.2023
Hajmi22.23 Kb.
#1184594
1   2   3   4
Bog'liq
1-2-Amaliy

2.Elektr tarmoqlarining iqtisodiy hisoblash. Elektr energiyasini iste’molchilarga uzatishdagi xarajatlar ko‘p jihatdan ishlatilayotgan o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimiga bog`liqdir. Ma’lumki, liniyaning kesimi qanchalik katta bo‘lsa, shunchalik elektr energiyasining isrofi kamayadi. Lekin bu holda rangli metalarning sarfi va liniyani qurishga ketadigan xarajatlar oshadi. Iqtisodiy ma’qul liniyani tanlash uchun liniyaning har xil kesimlari uchun ketadigan kapital mablag`lar va yillik ekspluatatsiya harajatlarini solishtirish zarur bo‘ladi. Uzatish liniyasining iqtisodiy maqsadga muvofiq kesimi deganda, kesimning shunday standart qiymati tushuniladiki, unda keltirilgan yillik sarf-xarajatlarning miqdori minimum bo‘ladi. Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalarida iqtisodiy maqsadga muvofiq kesimni, iqtisodiy tok zichligi jik (A/mm2) qiymatidan foydalanib, quyidagi munosabat orqali topishni tavsiya etiladi:
Bu yerda:IX - liniyaning hisobiy toki. Iqtisodiy tok zichligining qiymati simning materiali, konstruktsiyasi va yuklama maksimumining vaqt davomiyligi asosida quyidagi jadvaldan aniqlanadi. Bunda elektr energiyasining kuchlanishi, narxi hisobga olinmaydi.

Yil davomida


yuklamalar maksimumi-
ning ishlatilish vaqti, soat

Iqtisodiy tok zichligi, A/mm2


Izolyatsiyalan-magan sim va shinalar uchun


Qog`oz izolyatsiyasi kabellar va rezinali va polivinilxlorid izolyatsiyali simlar uchun


Rezina va plast-massa izolyatsiyali kabellar uchun


misli

alyu-minli

misli

alyu-
minli

misli

alyu-minli

1000-3000


2,5

1,3

3,0

1,6

3,5

1,9

3000-5000


2,1

1,1

2,5

1,4

3,1

1,7

5000-8760


1,8

1,0

2,0

1,2

2,7

1,6

Kuchlanish 1000 Vol'tgacha bo‘lgan tarmoqlarda iqtisodiy tok zichligi bo‘yicha qabul qilingan kesim texnik ko‘rsatkichlar (qizish, kuchlanishni yo‘qotuv, mexanik mustahkamlik) asosida olingan kesimga nisbatan 2-3 marotaba katta bo‘ladi. Bunday nomutanosiblikni yo‘qotish maqsadida 16 mm2 va undan kam bo‘lgan kesimlarga iqtisodiy tok zichligi miqdorini 40% ga oshirish tavsiya etiladi. Yuklamalar maksimumining ishlatish vaqti 4000-5000 soatdan kam bo‘lgan elektr tarmoqlari, yoritish tarmoqlari, yakka iste’molchiga energiya uzatuvchi shoxobcha, vaqtinchalik qurilmalarning tarmoqlari, podstantsiya va tarqatish qurilmalarining shinalari iqtisodiy tok zichligi bo‘yicha tekshirilmaydi.



Download 22.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling