1-Amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Geografiya o‘qitish metodikasi fanining vazifalari Reja


Download 30.33 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2024
Hajmi30.33 Kb.
#1839945
  1   2
Bog'liq
1 Amaliy mashgulot (1)


1-Amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Geografiya o‘qitish metodikasi fanining vazifalari
Reja:
1. Geografiya o‘qitish metodikasining vujudga kelishi.
2. Geografiya o‘qitish metodikasi fanining rivojlanishi.
3. Mustaqillik davrigacha.
4. Mustaqillik davrlarida.
5. Maqsadi va vazifalari.


DARSNING MAQSADI: Geografiya o‘qitish metodikasi fanining vazifalari boʻyicha koʻnikma va malaka hosil qilish
DARS JIHOZLARI: Maktab darsliklari va geografiya o‘qitish metodikasi bo‘yicha adabiyotlar, kompyuter, multimedia vositalari.


Amaliy mashg‘ulot uchun manbalar:
“Metodika” - yunoncha so’z boʻlib, bilim berish yoʻllarining maʼlum sistemasini anglatadi. Geografiya o‘qitish metodikasi alohida oʻquv predmetidir.
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya ta’limi jarayonini tadqiq qiladigan, uning qonuniyatlarini aniqlaydigan fandir. Geografiya ta’limi metodikasi geografiya oqitishning maqsad vazifalarini ko‘rsatib beradi, maktab geografiya kurslarining mazmuni va uning ta’lim - tarbiyaviy ahamiyatini aniqlaydi, bilimlarning ongli va mustahkam oʻzlashtirilishini taʼminlaydigan metod, usul va prinsiplarni asoslab beradi, boshqacha aytganda, ta’lim tarbiya masalalarini hal etish yollarini ko‘rsatib beradi.
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya fanlari umumiy yer bilimi, kartografiya, geologiya, iqlimshunoslik, tuproq geografiyasi, oʻsimliklar geografiyasi, hayvonlar geografiyasi, materiklar tabiiy geografiyasi, O’zbekiston tabiiy geografiyasi, Oʻzbekiston iqtisodiy geografiyasi va jahonning ijtimoiy iqtisodiy geografiyasi) metodologiyasi va mazmuni bilan bevosita bog’liq u pedagogika va psixologiya fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi.
Geografiya ta’limi metodikasi pedagogika fanlari qatoriga kiradi. Bizda geografiya ta’limi metodikasi metodologiyaning asosiy qoidalariga suyanib. aniqlangan geografik faktlar, tushuncha va qonuniyatlarga, shuningdek didaktika prinsiplariga tayangan holda oʻz vazifalarini belgilaydi, oʻz metod va usullarini yaratadi hamda shular yordamida hayot taqozo qilgan turli muammolarni hal etadi.
Oʻquvchilarga ta’lim tarbiya berish qonuniyatlarini tadqiq qilar ekan, metodika fani geografiya oʻqitish tajribasini boyitadi va ta’lim tarbiya ishlarining sifatini yaxshilashda geografiya oqituvchilariga bevosita amaliy yordam beradi.
Geografiya ta’limi metodikasining asosiy vazifalari quyidagilgrdan iborat har bir maktab geografiya kursining maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish oquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografiya fanidagi asosiy gʼoya, fakt, tushuncha va qonuniyatlarini ajratib olish, oquvchilarning bilimlarni ongli o’zlashtirishlariga imkon beradigan ta’lim yollarini anqlash; geografik ma’lumotlar asosida oquvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yollarini ko’rsatib berish; oʻqituvchilarga amaliy ko‘nikma va malakalarni singdirish imkoniyatlarini aniqlash ta’lim jarayonida oquvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini ta’minlaydigan samarali metod va usullarni aniqlash; geografiya fanining umumiy va politexnika ta’limi tizimidagi, o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish va ularga axloq tarbiyasi hamda, estetik tarbiya berishdagi, oʻquvchilar dunyoqarashini shakllantirishdagi mohiyatini va vazifalarini ochib berish; geografiya kurslariga mos keladigan va oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar va amalda tekshirib ko’rilgan ta’lim tarbiya metodlari bilan o‘qituvchilarni qurollantirish; ta’limini tashkil etish turlarini ishlab chiqishi; darslik va boshqa oquv qo‘llanmalarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish; kurslar boʻyicha oʻquvchilarning yoshiga mos keladigan oʻquv qurollarini va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish; oʻquvchilarni oʻlkashunoslik va sinfdan tashqi ishlarning mazmuni, turlari va metodikasi bilan tanishtirish.



Download 30.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling