1-amaliy mashg’ulot mavzu: holat parametrlari va ideal gaz qonunlariga doir masalalar


Download 27.75 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi27.75 Kb.
#1208907
Bog'liq
1 - AMALIY MASHG\'ULOT HOLAT PARAMETRLARIGA DOIR MASALALAR


1-amaliy mashg’ulot

MAVZU: HOLAT PARAMETRLARI VA IDEAL GAZ QONUNLARIGA DOIR MASALALAR


Sistemaning termodinamikaviy holatini harakterlovchi kattaliklar holat parametrlari deyiladi. Eng muhim parametrlar solishtirma hajm , bosim P va temperatura T dir.


Moddaning massa birligi egallagan hajm solishtirma hajm deyiladi. Bir jinsli modda uchun:
[m3/kg] (1.1)

Hajm birligi V dagi moda massasi m moddaning zichligi deyiladi.


[kg/m3] (1.2)
Gazning devorga ta’siri bosim P, ya’ni yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch bilan harakterlanadi:
(1.3)
Xalqaro birliklar sistemasidagi bosim birligi Paskal (Pa)1Pa=1 N/m2

Bosim birliklari orasidagi munosabat 1-jadvalda keltirilgan.


Atmosfera bosimidan yuqori bo’lgan bosimni manometr yordamida o’lchanadi.

Pabs=Pman + B (1.4)


B – atmosfera (yoki barometrik) bosimi

Atmosfera bosimidan past bo’lgan bosimni vakuummetr yordamida o’lchanadi


Pabs=B - Pvak (1.5)


Simobli barometr ko’rsatishini 0 ga keltirish:


B0 = B(1 - 0,000172  t) (1.6)

Bu yerda: B0 – 0 0C ga keltirilgan barometr ko’rsatishi


B - t0C temperaturadagi simobli barometr ko’rsatishi.
Bosim birliklari orasidagi munosabat.
1.1 - jadval

Birliklar

Paskalь N/m2

bar,
(105 N/m2)

Texnik atmosfera, at.

Fizik atmosfera, atm.

1 N/m2

1

10-5

1,0210-3

0,98710-3

1 Bar

105

1

1,02

0,987

1 kg/sm2
(1 at)

98065,5

0,981

1

0,968

1 atm

101325

1,01325

1,03323

1

104 mm suv ust.

98066,5

0,981

1

0,968

103 mm sim ust.

133,322

1,33322

1,35951

1,31579

10 lvf/in2

68948

0.88948

0.70307

0.68046




Birliklar

mm suv.ust

mm sim.ust

lvf/in2 (Angliya)

1 N/m2

0,102

7,30103

14510-6

1 Bar

10,2103

750,05

14,503

1 kg/sm2 (1at)

104

785,58

14,223

1 atm (fiz)

10332

760

14,698

104 mm suv ust.

104

735,736

14,223

103 mm sim ust.

1,35951104

103

19,336

10 lvf/in2

7030

517,149

10,000

Jismning isiganlik darajasini harakterlovchi kattalik temperatura deyiladi.


Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz fizik olimi Kelvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to’xtaydigan temperatura qabul qilingan. Bu temperatura absolyut nol deyiladi.
Amalda Selsiy shkalasidan keng foydalaniladi. Bu shkala bo’yicha olingan temperatura 0C bilan belgilanadi.

TK = 273,15 + t 0C


AQSH va Angliyada temperaturani Farangeyt shkalasi bo’yicha aniqlanadi.


Selsiy shkalasi va Farengeyt shkalasi orasidagi bog’lanish quyidagicha:
t0C = 5/9 (t 0F– 320)

t0F = 9/5 (t 0C + 320)




Mustaqil yechish uchun masalalar.



  1. 1m3 metanning ma’lum sharoitdagi massasi 0,7 kg ga teng. Metanning zichligini va solishtirma hajmini aniqlang.

J:  = 0,7 [kg/m3]; =1,429 [m3/kg].

2. Xavoning ma’lum sharoitdagi zichligi 1,293 [kg/m3] ga teng. Shu sharoit uchun xavoning solishtirma hajmini aniqlang.


J:  = 0,773 [m3/kg].

3. Xavoning simobli barometr bo’yicha 0C dagi bosimi 770 mm ga teng. Shu bosimni bar da va [N/m2] da ifodalang.


Yechish: 1 bar = 750 [mm.sim.ust].
Demak,
770 mm.sm.ust=770/750bar=1,027 bar=102700 [N/m2]

4. Havoning simobli barometr bo’yicha 20 0C dagi bosimi 765 mm ga teng. Shu bosimni bar da ifodalang.


J: B= 1,02 bar

5. Qozondagi bug’ning bosimi manometer bo’yicha P=1,3 bar ga teng. Atmosfera bosimi simobli barometr bo’yicha t=25 0C da B=680 mm ga teng. Bug’ning absolyut bosimini aniqlang.


J: PABS=2,2 bar

6. Agar manometer ko’rsatishi 2,45 bar, atmosfera bosimi t=20 0C da B=700 mm sim.ust.ga teng bo’lsa, bug’ qozonidagi absolyut bosimni aniqlang.


J: P=3,38 bar

7. Barometrik bosim B1=725 mm.sim.ust.ga teng bo’lganda bug’ qozonidagi bosim P=0,4 bar ga teng. Barometr ko’rsatishi B2=785 mm. sim. Ust.ga ko’tarilsa, bug’ qozonidagi ortiqcha bosimni aniqlang. Barometrik bosim 0 0C da keltirilgan.


J: P=0,032 bar

8. 1 mm.sim.ust.ga qanday suv ustuni balandligi mos keladi?


J: h=13,6 mm.suv.ust.

9. 1 kg/m2, bosim qanday suv ustuni balandligiga mos keladi?


J: h=1 mm.suv.ust.

10. Bug’ trubinasi kondensatoriga ulangan simobli vakuumetrning ko’rsatishi 705 mm.sim.ust. ga teng. Simobli barometrning ko’rsatishi (t=00C) B0=747 mm ga teng.


Havoning temperaturasi t=200C ga teng. Bug’ turbinasi kondensatoridagi absolyut bosimni aniqlang.
J: P=0,059 bar.
Nazorat savollari.
1. Zichlik tushunchasiga izox bering.
2. Solishtirma hajm tushunchasiga izox bering.
3. Bosim o’lchov birliklari qanday.
4.Atmosfera bosimidan past bosimlar qanday qurilmalarda o’lchanadi.
Download 27.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling