1-amaliy mashg’ulot mavzu: holat parametrlari va ideal gaz qonunlariga doir masalalar
Download 27.75 Kb.
|
1 - AMALIY MASHG\'ULOT HOLAT PARAMETRLARIGA DOIR MASALALAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bosim birliklari orasidagi munosabat. 1.1 - jadval
- Mustaqil yechish uchun masalalar.
- Nazorat savollari.
1-amaliy mashg’ulot MAVZU: HOLAT PARAMETRLARI VA IDEAL GAZ QONUNLARIGA DOIR MASALALAR Sistemaning termodinamikaviy holatini harakterlovchi kattaliklar holat parametrlari deyiladi. Eng muhim parametrlar solishtirma hajm , bosim P va temperatura T dir. Moddaning massa birligi egallagan hajm solishtirma hajm deyiladi. Bir jinsli modda uchun: [m3/kg] (1.1) Hajm birligi V dagi moda massasi m moddaning zichligi deyiladi. [kg/m3] (1.2) Gazning devorga ta’siri bosim P, ya’ni yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch bilan harakterlanadi: (1.3) Xalqaro birliklar sistemasidagi bosim birligi Paskal (Pa)1Pa=1 N/m2 Bosim birliklari orasidagi munosabat 1-jadvalda keltirilgan. Atmosfera bosimidan yuqori bo’lgan bosimni manometr yordamida o’lchanadi. Pabs=Pman + B (1.4) B – atmosfera (yoki barometrik) bosimi Atmosfera bosimidan past bo’lgan bosimni vakuummetr yordamida o’lchanadi Pabs=B - Pvak (1.5) Simobli barometr ko’rsatishini 0 ga keltirish: B0 = B(1 - 0,000172 t) (1.6) Bu yerda: B0 – 0 0C ga keltirilgan barometr ko’rsatishi B - t0C temperaturadagi simobli barometr ko’rsatishi. Bosim birliklari orasidagi munosabat. 1.1 - jadval
Jismning isiganlik darajasini harakterlovchi kattalik temperatura deyiladi. Termodinamikaviy tadqiqotlarda 1848 yilda buyuk ingliz fizik olimi Kelvin taklif etgan shkaladan foydalaniladi. Kelvin shkalasining noli sifatida ideal gaz molekulalarining tartibsiz harakati to’xtaydigan temperatura qabul qilingan. Bu temperatura absolyut nol deyiladi. Amalda Selsiy shkalasidan keng foydalaniladi. Bu shkala bo’yicha olingan temperatura 0C bilan belgilanadi. TK = 273,15 + t 0C AQSH va Angliyada temperaturani Farangeyt shkalasi bo’yicha aniqlanadi. Selsiy shkalasi va Farengeyt shkalasi orasidagi bog’lanish quyidagicha: t0C = 5/9 (t 0F– 320) t0F = 9/5 (t 0C + 320) Mustaqil yechish uchun masalalar. 1m3 metanning ma’lum sharoitdagi massasi 0,7 kg ga teng. Metanning zichligini va solishtirma hajmini aniqlang. J: = 0,7 [kg/m3]; =1,429 [m3/kg]. 2. Xavoning ma’lum sharoitdagi zichligi 1,293 [kg/m3] ga teng. Shu sharoit uchun xavoning solishtirma hajmini aniqlang. J: = 0,773 [m3/kg]. 3. Xavoning simobli barometr bo’yicha 0C dagi bosimi 770 mm ga teng. Shu bosimni bar da va [N/m2] da ifodalang. Yechish: 1 bar = 750 [mm.sim.ust]. Demak, 770 mm.sm.ust=770/750bar=1,027 bar=102700 [N/m2] 4. Havoning simobli barometr bo’yicha 20 0C dagi bosimi 765 mm ga teng. Shu bosimni bar da ifodalang. J: B= 1,02 bar 5. Qozondagi bug’ning bosimi manometer bo’yicha P=1,3 bar ga teng. Atmosfera bosimi simobli barometr bo’yicha t=25 0C da B=680 mm ga teng. Bug’ning absolyut bosimini aniqlang. J: PABS=2,2 bar 6. Agar manometer ko’rsatishi 2,45 bar, atmosfera bosimi t=20 0C da B=700 mm sim.ust.ga teng bo’lsa, bug’ qozonidagi absolyut bosimni aniqlang. J: P=3,38 bar 7. Barometrik bosim B1=725 mm.sim.ust.ga teng bo’lganda bug’ qozonidagi bosim P=0,4 bar ga teng. Barometr ko’rsatishi B2=785 mm. sim. Ust.ga ko’tarilsa, bug’ qozonidagi ortiqcha bosimni aniqlang. Barometrik bosim 0 0C da keltirilgan. J: P=0,032 bar 8. 1 mm.sim.ust.ga qanday suv ustuni balandligi mos keladi? J: h=13,6 mm.suv.ust. 9. 1 kg/m2, bosim qanday suv ustuni balandligiga mos keladi? J: h=1 mm.suv.ust. 10. Bug’ trubinasi kondensatoriga ulangan simobli vakuumetrning ko’rsatishi 705 mm.sim.ust. ga teng. Simobli barometrning ko’rsatishi (t=00C) B0=747 mm ga teng. Havoning temperaturasi t=200C ga teng. Bug’ turbinasi kondensatoridagi absolyut bosimni aniqlang. J: P=0,059 bar. Nazorat savollari. 1. Zichlik tushunchasiga izox bering. 2. Solishtirma hajm tushunchasiga izox bering. 3. Bosim o’lchov birliklari qanday. 4.Atmosfera bosimidan past bosimlar qanday qurilmalarda o’lchanadi. Download 27.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling