1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ishning maqsadi


Download 0.78 Mb.
bet5/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1035821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg‘ulot

A


B

5-rasm. Gaz taqsimlash mexanizmining tuzilishi
(A) va xarakatlanadigan detallari (V): 1-taqsimlash vali; 2-turtgich; 3- shtanga; 4- koromislo; 5-prujina; 6- klapan; 7-xarakat uzatmasi


Klapanlar – silindrlar bloki (kallagi) dagi kiritish yoki chiqarish kanallarini yopish va ochish xizmat qiladi. Demak, vazifasidan kelib chiqqan holda tegishli ravishda kiritish va chiqarish klapanlari mavjud. Klapan kallak va sterjendan iborat.
Yo‘naltiruvchi vtulka – klapanni o‘rindiqqa aniq o‘tirishini ta’minlaydi. Vtulkalar silindrlar kallagiga yoki silindrlar blokiga presslab o‘rnatiladi.
Klapan prujinalari – klapanni o‘rindiqqa zich o‘tirishini ta’minlaydi va uni yopiq holatda ushlab turish uchun xizmat qiladi. Klapanni ochilish va yopilishida turtkichni taqsimlash vali mushtchasiga doim tirab turadi.
Turtkich – taqsimlash vali mushtchasidan klapan sterjeniga yoki shtanga (koromislo) ga o‘q bo‘ylab kuch uzatish uchun xizmat qiladi. Turtkichlarni tarelkasimon, silindrik, gidravlik, rolikli va richagli turlari mavjud.
Shtanga – turtkichdan koromisloga kuch uzatish uchun xizmat qiladi va ma’lum bo‘ylama bikrlikka ega. SHtangalar naysimon yoki yalpi qilinib, po‘latdan va dyuralyuminiydan tayyorlanadi.
Koromislo - elkalarining uzunligi turlicha bo‘lgan ikki elkali po‘lat richak. Qisqa elkasida rezbali teshik bo‘ladi. Bu teshikka vint burab kirgiziladi, bu vint yordamida koromislo uzun elkasining yo‘g‘on joyi bilan klapan sterjen orasidagi zazor rostlanadi. Koromislo po‘latdan yasaladi. Koromislo stoykalarga mahkamlangan o‘qlarda tebranadi. Koromislo o‘qlarining ichi kovak bo‘ladi.
Taqsimlash vali - klapanlarini silindrlar ishlash tartibiga mos ravishda misbati bo‘yicha ochishga xizmat qiladi. Valda joylashgan kulachoklar yordamida klapanlarni harakatlantiradi. Taqsimlash valida tayanch bo‘yinlar silinderlari sonidan ikki barabar ko‘p kulachoklar va shetsterniya o‘rnatiladigan bo‘yin bo‘ladi. Kulachok profili qabul qilingan gaz taqsimlash fazalariga mos kelishi klapanning maksimal balandlikka ko‘tarilishi va klapaning etarlicha tez ochilib yopilishida uning tekis siljishini ta’minlash kerak.
Taqsimlash shetsterniyalari - tirsakli valdan aylanma harakatni taqsimlash vallariga uzatadi. Bunda tashqari yonilg‘i nasosini valiga, moy nasosiga va boshqa mehanizmlarga harakatni uzatish uchun xizmat qiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling