1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ishning maqsadi


Download 0.78 Mb.
bet1/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1035821
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg‘ulot


1-Amaliy mashg‘ulot


Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi.
1. Ishning maqsadi: Ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi va ishlash jarayoni bilan tanishish.
Krivoship va gaz taqsimlash mexanizmlarning vazifasi, tarkibiy qismlari, ishlashi va sozlamalarini o‘rganish.
Ta’minlash sistemaning vazifasi, tarkibiy qismlari, ishlashi va sozlamalarini o‘rganish.
2. Kerakli jihozlar: Amaliyot xonasidagi karbyurator va dizel dvigatellari kesimlari. Krivoship va gaz taqsimlash mexanizmining alohida detallari.
Amaliyot xonasidagi dizel va karbyuratorli dvigatellar ta’minlash tizimi qismlarini aslini sinchiklab ko‘rib chiqib ularni alohida detallari o‘rganish, o‘quv filmlari, adabiyotlar.
3. Ishni bajarish tartibi:
Dvigatelyoqilg‘i yonganda hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida asosan zamonaviy traktor va avtomobillardan foydalaniladi, ularda issiqlik energiyasini mexanik ishga aylantirib beradigan ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.
Traktor va avtomobillarda silindrlari bir va ikki qatorli dvigatellar qo‘llaniladi.

1-rasm. Dvigatel silindrlarining joylashish turlari:
a-bir qatorli tik; b-bir qatorli tik o‘qqa burchak ostida; d- “V”-simon;e-silindrlar qarama-qarshi joylashgan: 1-silindr; 2-blok kallagi; 3- silindr bloki; 4-karter tagi
Bir qatorli dvigatel silindrlari (1-rasm) vertikal (a) yoki vertikalga 20… 450 burchak ostida (b) joylashgan bo‘lishi mumkin. Ikki qatorli dvigatellar silindrlar o‘qi orasidagi burchak 900 bo‘lganda “V”-simon (d), agarda bu burchak 1800ni tashkil etsa silindrlari karama-karshi yotuvchi (e) dvigatellar deyiladi.
Ichki yonuv dvigateli asosiy blokdan 1 (2-rasm) tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga silindr gilzasi 2 o‘rnatiladi. Silindrning yuqori qismi maxsus murakkab holatda tuzilgan silindr kallagi 7 bilan mustahkam berkitilgan. Unda yoqilg‘i aralashmasini kiritish 8 va yongan gazni tashqariga chiqarish 9 yo‘laklari yasalgan bo‘lib, bu yo‘laklarning teshiklari germetik usulda ochib yopadigan berkitgichlar (klapan) 10 hamda benzin yoki gaz aralashmasini yoqadigan uchqun chiqargich yoki dizel yoqilg‘ini purkaydigan purkagich (forsunka) 11 bilan jihozlangan.


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling