1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ishning maqsadi


a) b) 2-rasm. Ichki yonuv dvigatelini umumiy (a) va sxematik (b)ko‘rinishi


Download 0.78 Mb.
bet2/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1035821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg‘ulot

a) b)
2-rasm. Ichki yonuv dvigatelini umumiy (a) va sxematik (b)ko‘rinishi:
1-blok; 2-silindr; 3-porshen; 4-shatun; 5-tirsakli val; 6-karter; 7-silindr kallagi; 8-kirish yo‘lagi; 9-chiqish yo‘lagi; 10-klapanlar; 11-forsunka;
12-halqalar; 13-moxovik
Silindr 2 ichiga porshen 3 kiritilgan bo‘lib, u silindr ichida ilgarilanma-qaytma xarakat (porshen yo‘li S)qiladi. Ularning orasidagi tirqishlardan siqilgan havoning o‘tib ketmasligini ta’minlash maqsadida porshenga ketma-ket bir necha halqalar 12 o‘rnatilgan. Porshen ostki tomonidan shatunga 4, u esa o‘z navbatida tirsakli valga 5 biriktirilgan. Tirsakli valning bir tekis aylanishini ta’minlash uchun unga maxovik 13 o‘rnatilgan. Blok karterning ostki qismi moylash suyuqliklari quyiladigan ostki qopqoq 6 bilan germetik berkitilgan.
Dvigatelni ishlashi mobaynida quyidagi jarayonlar (3-rasm), ya’ni, oldindan tayyorlangan yoqilg‘i aralashmasini (benzin va gaz bilan ishlaydigan dvigatellarda) yoki alohida toza havo va dizel yoqilg‘isini (dizel dvigatelida) silindr ichiga kiritish, uni siqish, yondirish va chiqarish jarayonlari ketma-ket amalga amalga oshiriladi.
I. Kiritish jarayoni – tirsakli val aylanganda porshen pastga xarakatlanadi, shu bilan bir paytda kiritish klapani ochilib, silindr ichiga yoqilg‘i aralashmasi yoki toza havo suriladi.
II. Siqish jarayoni – porshen yuqoriga xarakat qilganda kiritish va chiqarish klapanlari berkitiladi va yoqilg‘i aralashmasi (benzinli dvigatelda 6-8, dizel dvigatelida 14-18 martagacha) siqiladi.
III. Yonish jarayoni – porshen yuqori chekka nuqtaga etganda benzinli dvegatelda siqilgan yoqilg‘i aralashmasi elektr uchquni yordamida yondiriladi, dizel dvigatelida siqilgan va qizigan havoga yoqilg‘i purkaladi va u o‘z-o‘zidan yonadi.Yoqilg‘ini yonishi natijasida hosil bo‘lgan yuqori bosimli gaz porshenni pastga harakatlantiradi, bu yonish jarayoni pastki chekka nuqtagacha davom etadi.

3-rasm: To‘rt taktli dizel dvigatelining ishlash jarayoni:
1-tirsakli val; 2-shatun; 3-porshen; 4-silindr; 5-havo kiritish yo‘lagi; 6-kiritish klapani; 7- forsunka; 8- chiqarish klapani; 9- yongan gazni chiqarish yo‘lagi

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling