Porshenli iyoD larning siqish jarayoni


Download 7.77 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi7.77 Kb.
#1829288
  1   2
Bog'liq
Porshenli IYoD larning siqish jarayoni

Porshenli IYoD larning siqish jarayoni

  • Siqish jarayonida porshen q.ch.h. dan yu.ch.h. gacha siljiydi, bunda kiritishda silindrga kirgan gazlar hajmi kamayib boradi. Gazlami siqib borayotgan porshenni siljitish uchun qanchadir miqdorda ish sarflanishi zarur, bu ish bajarilishi uchun quwat shatun va tirsakli val orqali maxovik va boshqa silindrlardan keltiriladi. Porshen siljigani va siqilayotgan gazlar hajmi kamaygani sari, bu gazlaming bosimi va kamroq darajada harorati ko‘- tarilib boradi. Ichki yonuv dvigatelining haqiqiy siklda siqish jarayoni: - ishchi sikl harorat chegaralarini orttirish; - yonuvchi aralashma alangalanishi va yonishi uchun zarur
  • bo‘lgan sharoitlami yaratish uchun xizmat qiladi; bu sharoitlar issiqlikning foydali ishga effektiv aylantirilishini ta’minlaydi. Dvigatelda aralashma hosil bo‘lishi va yonilg‘i alangalanishining qaysi usuli qo‘llanilishiga qarab, siqish jarayoniga qo‘yiladigan talablar har xil bo‘ladi. Aralashma tashqarida hosil bo‘ladigan va tashqi manba (o‘t oldirish svechasi)dan o‘t oladigan dvigatellarda, silindrda yonilg‘i-havo aralashmasi siqilayotganda, siqish jarayonida aralashmaning qo‘shimcha aralashishi sodir bo‘ladi, natijada butun hajm bo‘yicha aralashma tarkibining bir xilligi ortadi. Bu yonish kamerasi bo‘ylab alanga tarqalishini osonlashtiradi va tezlashtiradi. Dvigatel ishi ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun siqish darajasini orttirishga intilish lozim. Lekin siqish darajasi shunday bo‘lishi kerakki, siqish oxiridagi harorat va bosim vaqtidan oldin alanga paydo bo‘lishi yoki detanatsion yonishga sabab bo‘lmasin. Shuning uchun siqish darajasining yuqori chegarasi yonilg‘i xossalari, yonuvchi aralashma tarkibi, issiqlik uzatish sharoitlari, yonish kamerasining konstruktsiyasiga va h.k.larga bog‘liq.
  • Havoga purkalgan, siqish tufayli yuqori haroratgacha qizigan yonilg‘i o‘z-o‘zidan alangalanadigan dvigatellarda siqish oxirida yoniIg‘i silindrga purkaladigan onda yonish kamerasida siqilgan havo oqimining turbulent harakati mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu purkalayotgan yonilg‘ining havo zaryadida taqsimlanishini osonlashtiradi, demak, mavjud havodan yonish uchun foydalanishni yaxshilaydi. Lekin havoning yonish kamerasidagi harakati yonish kamerasining shakli va purkalayotgan yonilg‘i fakeli yo‘nalishiga mos tashkil qilinishi kerak. Dizellar ishlashi uchun siqish oxiridagi harorat purkalgan yonilg‘i o‘z-o‘zidan alangalanishi uchun yetarli bo‘lishi zarur. Dvigatel ishlay oladigan minimal siqish darajasi shu talab bo‘yiohn aniqlanadi.
  • Lekin amalda siqish darajasi quyidagi sabablarga ko‘ra ancha yuqori bo'lishi kerak: • haroratning ortishi yonilg‘i purkalishi boshlangan on va uning alangalanishi orasidagi davr - alanga tutilib qolishi davrini qisqartiradi, bu dvigatelning yumshoqroq ishlashini ta’minlaydi, 93 unda yonishda bosim keskin ortib ketmaydi; • siqish oxiridagi yuqoriroq harorat oddiy sharoitlarda dvigatelning harorati past bo‘lgan havo so‘rilayotganda ham ishlashini hamda sovuq dvigatelning ishonchli o‘t olishini ta’minlaydi. Shunday qilib, muayyan dvigatelning siqish darajasi ekspluatatsiya sharoitlariga va uning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq. Atrof-muhitning past haroratlarida ishlaydigan dvigatellar, ajratilgan yonish kamerali dvigatellar va silindrlaming oichamlari kichik bo‘lgan dvigatellaming siqish darajasi kattaroq boiishi kerak.
  • Har xil turdagi dvigatellar uchun siqish darajasi s ning chegaialari: Benzinli dvigatellar...................................................... 7,5-11,0; Nadduvsiz dizellar.............................................................14-24; Nadduvli dizellar...............................................................12-17. Ruxsat yetiladigan siqish darajasi benzinli dvigatellarda benzinning oktan soni (O.S.) bilan aniqlanadi: Oktan soni 73-76 77-80 81-90 91-100 lOOdankatta s 6,5-7,0 7,1-7,5 7,6-8,5 8,6-9,5 12,5 gacha
  • Dizellarda siqish darajasi katta qiymatlarining cheklanishining sababi shundaki, u ortganda siqish oxiridagi bosim va mos ravishda yonishning maksimal bosimi katta bo‘lib ketadi. Natijada krivoship-shatunli mexanizmga tushadigan yuk kattalashadi, uning detallari va umuman dvigatel og'irlashib ketadi. Bundan tashqari, porshenga ta’sir qilayotgan maksimal bosim ortganda, dvigatelda ishqalanishni yengishga sarflanadigan quvvat ortadi. Bu - ayniqsa nadduvli dvigatellarga taalluqlidir, ularda siqish darajasi yonilg‘ini ishonchli o‘t oldirish ta’minlaydigan darajada minimal olinadi.

Download 7.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling