Shuni qayd qilamizki, siqish darajasi uning katta qiymatlarigacha (a>20) orttii-ilganda issiqlikdan foydalanish juda kam yaxshilanadi. Ikkita nazariy - izotermik va adiabatik siqish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz - Porshen q.ch.h. dan yu.ch.h. ga siljishining boshidan oxirigacha silindr devorlari sovutilgan holdagina siqish jarayoni izotermik bo‘lishi mumkin, chunki faqat shundagina siqilayotgan gazlar haroratini o‘zgannas holda saqlash mumkin. Adiabatik siqish (asO issiqlikni absolyut o‘tkazmaydigan devorlar mavjud boMgandagina sodir bo‘lishi mumkin. Real dvigatel silindrida devorlar sovitilishi tufayli adiabatik siqilish mumkin emas. Shu tufayli haqiqiy siqilish jarayonida gazlar bosimi, adiabatik siqishga qaraganda, sekinroq ortadi va real dvigatelda siqilish chizig‘i adiabata chizig‘idan pastda joylashadi. Siqilayotgan gazlardan silindr devoriga nisbatan ko‘p bo‘lmagan miqdorda issiqlik olib ketilishi tufayli ulaming harorati ko'tarilib boradi, bosimi esa izotermik siqishdagiga nisbatan tezroq ortadi. Shuning uchun real dvigatelning siqish chizig‘i izotcimik siqish chizig‘iga nisbatan yuqorída joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |