1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ishning maqsadi


Download 0.78 Mb.
bet8/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1035821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg‘ulot

Yonilg‘i haydovchi pompalar - avtomobillarda yonilg‘i baki karburatordan past joylashtirilgan. Yonilg‘ini bakdan karburatorga majburan yuborish uchun maxsus haydash nasosi o‘rnatilgan. Dizellarda bakdan keladigan yonilg‘ini mayin filtrdan bosim bilan o‘tkazib asosiy nasosga yuborish uchun haydovchi pompa deb ataladigan yordamchi nasos o‘rnatiladi.
Yonilg‘i nasoslari - motor silindrlarining forsunkasiga yuqori bosim bilan yonilg‘i yuboradi. Yonilg‘i ma’lum fursatdan keyin, ma’lum paytda va dizelning yuklanishiga munosib miqdorda va bir me’yorda yuborilib, forsunkadan yonish kamerasiga purkaladi.
Traktor dizellarda, asosan, ko‘p plunjerli nasoslar qo‘llanilib, motorning nechta silindri bo‘lsa, nasosning shuncha elementi bo‘ladi. Ba’zi traktorlarga bir plunjerli nasos o‘rnatilgan. Bunday nasos bitta nasos elementi va motorning ishlash tartibiga qarab barcha forsunkalarga galma-gal yonilg‘i yuboradigan taqsimlovchi qismdan iborat.
6. Ish bo‘yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, dvigatelning vazifasi, tuzilishi (2-4-rasmlar) va ishlash jarayoni hamda turlari ko‘rsatiladi. Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi, tuzilishi (5-rasmlar) va ishlash jarayoni hamda turlari ko‘rsatiladi. Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, ta’minlash tizimining vazifasi, tuzilishi (6-7-rasmlar) va ishlash jarayoni hamda turlari ko‘rsatiladi.


Nazorat savollari

  1. Ichki yonuv dvigateli deb nimaga aytiladi va qanday turlarini bilasiz?

  2. To‘rt taktli dvigatel deb nimaga aytiladi va sanab bering?

  3. Gaz taqsimlash mexanizmining vazifasi va asosiy detallarini tuzilishini tushintiring?

  4. Nima uchun kiritish klapani tarelkasining diametri chiqarish klapaninikidan katta?

  5. Klapanlar orasidagi zazor nima uchun kerak va u qanday sozlanadi?

  6. Dekompressiyon mexanizm nima uchun xizmat qiladi va u qanday ishlaydi?

  7. Krivoship-shatun mexanizmning vazifasi nima va u qanday asosiy qismlardan tuzilgan?

  8. Porshen xalqalarining turlari, ularning vazifasi va porshenga o‘rnatilishini tushuntiring?

  9. Benzinli motorlar ta’minlash tizimining vazifasi, uning asboblari?

  10. Dizelning ta’minlash tizimiga qanday asboblar kiradi? Ularning traktorga o‘rnatilishini va ishlash prinsipini tushintirib bering?

  11. Dizellarda aralashma hosil qilish usullarini aytib bering?

  12. Dag‘al va ayin filtrlarning tzilishi va ishlashini tushintirib bering?

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling