Dizel yonilg‘i apparatlarini sinash stendlari
Download 38.66 Kb.
|
DIZEL YONILG‘I APPARATLARINI SINASH STENDLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Dizel dvigatellarida ishlatiladigan yonilg`ilarga qo`yiladigan talablar
- 2. Dizel dvigatellarida yonilgini berilishi va yonish jarayoni
DIZEL YONILG‘I APPARATLARINI SINASH STENDLARI. Reja: Dizel dvigatellarida ishlatiladigan yonilg`ilarga qo`yiladigan talablar. Dizel dvigatellarida yonilgini berilishi va yonish jarayoni. Yonilg`ining o`z-o`zidan alangalanishini baholash. Yonuvchi aralashma hosil qilish va unga ta’sir qiluvchi faktorlar. Dizel yonilg`ilarining xususiyatlari, korroziyalash, qurum xosil qilish. Dizel yonilg`ilarining turlari va markalari. Motor yonilg`ilari turlari va markalari. 1. Dizel dvigatellarida ishlatiladigan yonilg`ilarga qo`yiladigan talablar Dizel dvigatellari arzon narxdagi yonilg`ida ishlatilishi, yongin xavfi kamligi, uzok vakt ishonchli va remontsiz ishlatilishi, ish rejimlarida kizimasdan bir tekis ishlashi bilan korbyuratorli dvigatellarga karaganda afzalliklari ega. Shuningdek ularni 15...20 ga cha sikilish darajasida ishlatish mumkin, solishtirma yonilgi sarfi karbyuratorli dvigatelda 83...94g/MDJ bulsa, dizellarda esa 6..74 g/MDj-ni tashkil etadi. Dizel yonilg`ilariga kuyidagi texnik va iktisodiy talablar kuyiladi 1. Yaxshi ishchi aralashma tayerlanishi va bir tekis alangalanishi. 2. Ma’lum mikdorda yepishkoklikka ega bulishi. Xar-xil xaroratlarda bir tekis okuvchanlik xususiyatiga ega bulishi. Tarkibida oltingugurt aralashmalari, suvda eriydigan kislota va ishkorlar, suv va mexanik zarrachalar bulmasligi kerak. 2. Dizel dvigatellarida yonilgini berilishi va yonish jarayoni Dizel dvigatellarining ta’minlash sistemasida yonilg`ining berilishi kuyidagicha amalga oshiriladi. 1-rasm. Dizelda yonilgining xarakati 1-mayin tozalagich (filtr); 2-xavo tozalagich; 3-trubka; 4-forsunka; 5-yonish kamerasi; 6-glushitel; 7-kuyish ogizi; 8-bak; 9-dagal tozalagich; 10-pompa; 11-nasos Yonilg`i tindirilgach, yonilg`i baki 8 ga urnatilgan mayda setka 7 dan kuyiladi. Bakdan surish pompasi yordamida yonilg`i dastavval dagal tozalagich filtr 9 ga keyin mayin tozalash Filtri 1 ga utib, kaytadan mayda mexanik zarrachalar va asfalt-smola moddalaridan tozalanadi. Filtrlangan yonilg`i yonilgi nasosi 2 ga tushadi va katta bosim ostida trubalar 3 orkali forsunkalar 4 ga suriladi. Forsunkalar ma’lum yonish burchagi va bosim ostida yonilg`ini mayda 0,003…0,150 mm li tomchilar kurinishida silindrlarning sikilgan xavo yigilgan yonish kamerasi 5 ga purkaydi. Xavo, silindrlarga xavo tozalagich 2 orkali mexanik zarrachalardan tozalangan xolda beriladi. Turt taktli dizel dvigatellarida ishchi jarayon shunday utadiki, birinchi taktda (surish taktida) silindrga yaxshi tozalangan xavo kirib ikkinchi taktda (sikish taktida) sikiladi. U vaktda ishchi kameradagi bosim 3,4…4,4 MPa ga, xarorat esa 6000…9000 S gacha kutariladi. Porshen yukori chetki nuktaga yetib kelishidan oldin tirsakli valni 140…2800 burilishida sikilgan xavoli yonilg`i kamerasiga yonilg`i purkay boshlanadi. Kameradagi sikilgan xavoning bosimi 2…5 MPa, xarorat 6000…7000 S buladi. Yonilg`ini purkash porshen yukori chetki nuktadan kaytganidan keyin, tirsakli valni 60…120 burilishida tugaydi. Bu davrda yonilg`i xavo bilan tezda aralashadi, buglanadi va uzidan yonib ketadi. Bu jarayon 0,002…0,003 sekund davom etadi. Bu karbyuratorli dvigatellardagiga karaganda 10 marta tezrok utadi. Bundan keyin uchinchi takt (kengayish) ish jarayoni bajariladi, bu taktda yonilg`ini yonish jarayoni buladi. Silindrda bosim 7…9 MPa gacha, xarorat esa 17000…20000 S gacha kutariladi. Turtinchi taktda (chikarish taktida) silindrning ishchi xajmidan yonilg`ining yongan maxsulotlarini chikarish jarayoni amalga oshiriladi. Yonish jarayonini turt fazaga ajratish mumkin.1-uz-uzidan alangalanish-ning kechikishi (tutilishi); 2-tez yonish yoki bosimning uzluksiz oshish davri; 3-asta-sekin yonish; 4-yonishning tugashi. Dizel yonilg`isini yonishiga dvigatelni konstruktiv parametrlari va sikilish darajasi kuprok ta’sir etadi, ya’ni dvigatel silindrida xarorat va bosimni oshishini, yonilg`ini yonish jarayonini yaxshilaydi. Yonilg`ini purkash burchagi oshishi bilan uni uz-uzidan yonish jarayoni kechikadi, chunki yonilg`i kam sikilgan muxitga tushadi, agarda yonilg`i juda erta purkalsa, yonilg`ining ertarok yonishi natijasida bosim porshenning yukori chetki nuktaga yetmasidan oldin oshib, kuvvat ancha kamayadi va dvigatelning f.i.k. pasayadi. Yonish kamerasining konstruksiyasi xavoni sikishda jadal uyurmali xarakat xosil bulishiga imkon berishi kerak, bu esa yonilg`ini isishi va buglanish vaktini kiskartirishga imkon beradi. Download 38.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling