1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ishning maqsadi


Download 0.78 Mb.
bet4/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1035821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg‘ulot

A


B

4-rasm. Porshenli ichki yonuv dvigatelining krivoship-shatun mexanizmini tuzilishi
(A) va xarakatlanadigan detallari (V): 1-silindrlar kallagi; 2-porshen xalqalari; 3-porshen barmogi; 4-porshen; 5-silindr; 6-maxovik; 7-kater: 8-tirsakli val; 9-shatun.
Porshen barmog‘i - porshenni shatunga sharnirli qilib biriktiradi. Porshen barmog‘i engil, ichi bo‘sh qilib maxsus po‘latdan puxta qilib tayyorlanadi. Porshen barmog‘i o‘z o‘qi bo‘ylab siljishining oldini olish uchun chegaralovchi xalqa bilan ta’minlangan.
SHatun - porshen bilan tirsakli valni bir - biri bilan biriktiruvchi, kuchni porshendan tirsakli valga uzatuvchi detaldir. Shatun - sterjen yuqorigi va pastki kallaklardan iborat. Yuqori kallakga bronza vtulka presslab o‘rnatiladi, Pastki kallakka esa shatun podshipnigi o‘rnatiladi. SHatunning Pastki kallagi ajraladigan qilingan. Shatun podshipniklari yupqa devorli, ichki tomoni qalinligi 0,25-1 mm li antifriksion qatlam bilan qoplangan metal vkladishlardan iborat.
Tirsakli val - porshen orqali shatundan uzatilayotgan kuchni qabul qiladi va uni aylanma harakatga o‘zgartirib beradi. Tirsakli valda xosil bo‘lgan aylanma harakatning oz qismi dvigatel mexanizm va qurilmalarini yurgizish uchun sarf bo‘ladi. Qolgan asosiy qismi esa kuch uzatmalari vositasida g‘ildiraklarga uzatiladi Tirsakli val o‘zak va shatun bo‘yinlari, jag‘lar, posongilar, old va orqa qismlaridan iborat tirsakli val shtampovkalash yoki quyish yo’li bilan yuqori uglerodli zirxlangan po‘latdan yasaladi.
Maxovik - tirsakli valning bir me’yorda tekis aylanishini ta’minlaydi. Dvigatelning ish yo’li taktida maxovik kinetik energiyasini o‘zida to‘playdi va bu energiyani yordamchi taktlarni bajarishda sarflaydi. Maxovik dvigatelni yurgizib yuborishda foydalaniladigan tishli charqish o‘rnatilgan.
Dvigatelning kiritish va chiqarish klapanlarini har bir silindrda ish siklini sodir bo‘lishiga mos ravishda ochilishi va yopilishini amalga oshiruvchi mexanizm gaz taqsimlash mexanizmi (GTM) deyiladi.
Gaz taqsimlash mexanizmi silindrlarga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo (dizellarda) kiritish va ishlatilgan gazlarni chiqarish uchun xizmat qiladi.
Zamonaviy to‘rt taktli dvigatellarda klapan turidagi gaz taqsimlash mexanizmi qo‘llaniladi. Klapanlarining joylashuviga ko‘ra – klapanlari pastda va yuqorida joylashgan GTM mavjud. Birinchi holatda klapanlar silindrlar blokiga,ikkinchi holatda klapanlar silindrlar kallagiga (golovkasiga) joylashtiriladi. Tirsakli valning, gaz taqsimlash valinining va klapanlarining o‘zaro joylashuvi hamda dvigatel turiga ko‘ra har xil GTM qo‘llanilishi mumkin.





Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling