1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ichki yonuv dvigatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi. Ishning maqsadi


Download 0.78 Mb.
bet3/8
Sana20.12.2022
Hajmi0.78 Mb.
#1035821
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Amaliy mashg‘ulot

IV. Chiqarish jarayoni – porshen yuqoriga xarakatlanganda chiqarish klapani ochiladi va yonishdan hosil bo‘lgan gazlar tashqariga chiqariladi.
Dvigatelni to‘xtovsiz bir maromda ishlashini ta’minlash uchun u o‘zaro nihoyatda yuqori aniqlikda ishlaydigan 2 ta mexanizm va 5 ta tizim bilan ta’minlangan.
4. Ishni tashkil etish tartibi:
Dvigatelni to‘xtovsiz bir maromda ishlashini ta’minlash uchun u o‘zaro nihoyatda yuqori aniqlikda ishlaydigan 2 ta mexanizm va 5 ta tizim bilan ta’minlangan.
Krivoship shatun mexanizmi
Dvigatelning ish jarayonini amalga oshiruvchi mexanizm krivoship-shatunli mexanizm deyiladi.
Vazifasi: Krivoship-shatunli mexanizm (KSHM) porshenning ilgarilama-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga aylantirib beradi.
Tuzilishi: Krivoship-shatunli mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va harakatlanmaydigan guruhlarga bo‘linadi.
Silindrlar bloki karteri - bilan dvigatelning asosi hisoblanadi. Silindrlarni birlashtiruvchi qismi-silindrlar bloki, tirsakli val aylanadigan va moy joylashgan, tutashgan bo‘shliq esa karter deyiladi. Suyuqlik bilan sovutiluvchi dvigatellarda bu ikki qism umumiy quymada tayyorlangan va u blok karter deb ataladi. Blok karter ustidan silindrlar kallagi, ostidan karter poddoni, oldidan taqsimlash vali yuritmasining qopqog‘i va orqasidan maxovik karteri bilan yopilgan.
Silindrlar blokining kallagi - yaxlit quyma detal bo‘lib unda yonish kamerasining bir qismi, forsunka yoki svecha o‘rnatiladigan joy, kiritish va chiqarish klapanlari, sovutish g‘iloflari joylashgan.
Porshen- Dvigatelda sodir bo‘ldigan ish siklining barcha prosesslari porshen vositasida bajariladi. YUqori temperatura va o‘zgaruvchan kuchlar ta’sirida ishlaydigan bo‘lganligi uchun engil, mustahkam va issiqni yaxshi o‘tqazadigan Alyuminiy qotishmasidan tayyorlanadi.
Erkin qisilib - kengayishini ta’minlash uchun porshen bilan silindr orasida ma’lum miqdorda tirqish qoldiriladi. Porshenning o‘yilgan o‘yiqlariga zichlovchi va moy sidiruvchi xalqalar kiydiriladi. Porshenning o‘rta qismida joylashgan bobishkalari teshiklariga porshen barmog‘i o‘rnatiladi.





Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling