Cobalt avtomobili dvigatelining moylash tizimi konstruksiyasini takomillashtirish va karter poddoni detalini tayyorlash texnalogiyasini ishlab chiqish
Download 128.2 Kb.
|
Qadirov J final
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI Bo‘lim
- MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI 1.Dolzarbligi
- 2.Ishning maqsadi
- 4. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti
- 5. Ish tuzilishi va tarkibi;
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI UDK 502.35 Qo‘l yozma huquqida QADIROV JAVOHIR RAVSHANBEK O‘G‘LI “COBALT AVTOMOBILI DVIGATELINING MOYLASH TIZIMI KONSTRUKSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH VA KARTER PODDONI DETALINI TAYYORLASH TEXNALOGIYASINI ISHLAB CHIQISH” 5A310501 – “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” Magistr darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahbar: t.f.n.,dots. A. Yuldashev
Andijon – 2023 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI Bo‘lim: Magistratura Magistratura talabasi: R. J. Qadirov Kafedra: Avtomobilsozlik Ilmiy rahbar: t.f.n., dots Yuldashev O‘quv yili: 2021-2023 y Mutaxassislik: Avtomobilsozlik va traktorsozlik MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI 1.Dolzarbligi Hozirgi zamon muhitining asosiy qsmini transport tashkil qiladi. Transport insoniyatni uzoqini yaqin qilish, dehqonchilik, bog’dorchilik va ishlab chiqarish ishlarini yengillashtirishda bu texnikalarning ro’li juda katta. Yurtimizda avtomobil ishlab chiqarishning barcha tеxnologik jarayonlari komplеks ravishda rivojlantirilishi mashinasozlik, mеtallurgiya, radioelеktronika, nеftni qayta ishlash, kimyo va to`qimachilik sanoatini, kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik sohasini taraqqiy ettirishga yordam bеrmoqda. Hozirgi kunda «O`zavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi 30 ga yaqin korxonalar Avtomobil zavodi uchun butlovchi matеriallar yеtkazib bеradi. Keyingi vaqtlarda fan va texnikaning hamma sohalarida ilmiy – texnika taraqqiyotining shiddat bilan borishi natijasida talabalar qisqa muddat ichida o`zlashtirib oladigan ma`lumotlar hajmi juda ortib ketdi. Bularning hammasi o`rganiladigan bilim mazmunini kengaytirishga olib keladi va o`quv fanlaridan dars berishning an`anaviy va noan`anaviy usullarini tubdan takomillashtirishni talab qiladi. Hozirgi zamon, taraqqiyot asri ishlab chiqarilayotgan avtomobil modеllarini muttasil o`zgartirib, sifatini yaxshilab borishni taqozo etadi. Chunki kuchli raqobat sharoitida muayyan mamlakat bozoriga kirib borish, joy egallash va uni saqlab turish oson emas. Shu ma`noda, O`zbеkistonda ishlab chiqarilayotgan mashinalarning xorijda xaridorini topayotgani e`tirofga loyiq. Bunga O`zbеk avtomobillarining puxta, ishonchli va tеjamkorligi, «Еvro-4» Xalqaro ekologik standartlarga to`la javob bеrishi sababdir. 2013 yildan boshlab esa zavod konvеyеrlaridan «Еvro-5» Xalqaro ekologik standartlarga to`la javob bеradigan avtomobillar chiqarila boshlandi. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning lokomotiviga aylangan mashinasozlik va avtomobilsozlik keng rivojlanish yo’lida borishni davom etmoqda. Mana shu ijodiy faollikni yanada rivojlantirish uchun talabalarni o`z ustida ko`proq ishlatish zarur deb o`ylayman. Chunki talaba qanchalik o`zi o`rganayotgan sohasiga nisbatan faolroq harakat qilib, o`zini ustida mustaqil ishlab, kelajak sari o`zining bilimlari bilan olg`a qadam tashlab intilsagina talabaga berilayotgan ma`lumotlar miqdori o`qituvchi talabadan olayotgan ma`lumotlar miqdoridan bir necha barobar ortadi. Shularni e`tiborga olib men ushbu ilmiy tadqiqod ishimni “«COBALT» avtomobili dvigatelining moylash sistemasi konstruksiyasini takomillashtirish va karter poddoni detalini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish.” va takomillashtirish va amalga oshirish bosqichlarining eng optimal yo`llari yuzasidan amaliy taklif – tavsiyalarni yaratishdan iborat. Moylash tizimi dvigatelning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib men ilmiy tadqiqod ishimda moy filtrini takomillashtirib foydali ish koeffitsientini oshirishni taklif qilmoqchiman. Ya’ni bunda men moy filtriga mayda metal qirindilarini yanada yaxshi ushlab qolishi uchun magnit o’rnatishni taklif qilaman. 2.Ishning maqsadi: Moylash tizimini mukammal o‘rganib chiqib, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 3. Tadqiqotning vazifalari: Yengil avtomobil moylash sistemasi vazifalari va tuzilishi. Moylash tizimiga ta'sir qiluvchi omillarni o’rganish. Karter poddoni detalini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish va konstruksiyasini takomillashtirish. 4. Tadqiqotning ob’ekti va predmeti Tadqiqotning obekti: Ushbu mavzu uchun tadqiqotning obekti Cobalt avtomobilining dvigateli. Tadqiqotning predmeti: Shu avtomobilning moylash tizimi. 5.Tadqiqotning usullari. Tadqiqotning uslublari: “UZAUTO MOTORS” AJ da ishlab chiqarilayotgan Cobalt avtomobili moylash tizimi konstruksiyasini takomillashtirishda quyidagi usullardan foydalaniladi : -empirik tadqiqot usullari; -nazariy tadqiqot usullari; -tahlil va sintez, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlash usullari. 5. Ish tuzilishi va tarkibi; KIRISH I Bob. Moylash tizimining avtomobil dvigatelini ishlashiga ta`siri va ularni tahlili II Bob. “UZAUTO MOTORS” AJ da ishlab chiqarilyotgan avtomobil dvigatelining moylash tizimni takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish loyihalash va o‘lchamlarini asoslash. III Bob. Cobalt avtomobilining moy filtrini modernizatsiya qilish va karter detalini detalini chizmasini chizish va xisob-kitoblarni qilish. IV. XULOSA Download 128.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling