O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borish muammolari


Download 55.86 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi55.86 Kb.
#1595680
  1   2
Bog'liq
global iqtisodiyot


O‘ZBEKISTONNING JAHON BOZORIGA KIRIB BORISH MUAMMOLARI
Reja:
1. O‘zbekistonning jahon bozorida tutgan o‘rni va ahamiyati.
2. Respublika iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor yo‘nalishlari.
3. Bozor iqtisodiyotiga o ‘tishning « O’zbek modeli»: mohiyati va bosqichlari
4. O‘zbekistonning jahon bozoriga kirib borishining ijtimoiy-iqtisodiy muammolari.
5.Foydalanilayotgan adabiyotlar
.1. O‘zbekistonning jahon bozorida tutgan o‘rni va ahamiyati.
O’zbekistonning jahon iqtisodiyotiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari Respublika davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan vujudga kela boshladi. Bunday vaziyatda tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, tashqi aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikaning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilish yo’llarini belgilash taqozo etiladi.
Respublika tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy tamoyillari teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik negizida qurilsa, uning qoidalari ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnoma munosabatlarida o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga asoslanadi.
O’zbekistonning xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo’jalik aloqalarida ishtirok etishning asosi ochiq turdagi iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Shu sababli respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin qisqa davr ichida 80 dan ortiq davlat bilan diplomatiya munosabatlarini o’rnatdi, dunyoning 20 dan ortiq davlatida diplomatiya elchixonalarini ochdi, ko’pgina xalqaro tashkilotlar – BMT iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro bank, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Iqtisodiy taraqqiyotga ko’maklashuvchi tashkilot kabi boshqa xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo’lib kirdi.
O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida to’xtalib, Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan edi: «Integratsiya haqida gapirar ekanmiz, manfaatlar birikuvining xilma-xil mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligiga asoslanamiz. Bunga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning boshlang’ich shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning o’zida turli darajalarda – dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida – integratsiya jarayonlarida qatnashsa-da, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslikka amal qiladi. Biz bir sub’ekt bilan sherikchilikning mustahkamlanishi boshqalar bilan sherikchilik munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli O’zbekistonning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir»i
Bugungi kunda O’zbekistonning jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi ko’p darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin: global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi integratsion aloqalarning o’ziga xos vazifalari mavjud.O’zbekistonning global darajada amalga oshiriluvchi strategik integratsion vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo’jalik sub’ektlarining tashqi bozor bilan o’zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo’shilishidir. O’zbekistonning BMT, yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), yevropa hamjamiyati, NATO, Jahon banki, Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar faoliyatidagi faol ishtiroki uning jahon xo’jaligiga yanada kengroq integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
O’zbekistonning transkontinental darajada amalga oshiriluvchi integratsion vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy xamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi o’zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo’lib, o’z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, Afg’oniston, O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo’jalikning transport, kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi resurslarini rivojlantirish kabi sohalarida mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yo’lga qo’yishdan iborat.
O’zbekiston mintaqalararo darajada yangi mustaqil davlatlar – MDH mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O’zbekiston birinchilar qatorida MDHni tashkil etish g’oyasini qo’llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro iqtisodiy qo’mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo’mitasi kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda.
O’z o’rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o’zining tashkil topishi chog’idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo’jalik aloqalari va imkoniyatlardan foydalanishda o’zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo’lga qo’yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi.
Bu tashkilot faoliyat yo’nalishida ko’proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi, ular manfaatlarining siqib qo’yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o’tkazish holatlari ustunlik kasb eta boshladi. Bunday holatlarga Prezidentimiz I.A.Karimov MDHga a’zo mamlakatlarning turli darajadagi yig’ilishlarida tanqidiy nuqtai nazardan qarab, uni tubdan isloh qilish borasida o’zlarining amaliy takliflarini berdilar.
O’zbekistonning mintaqaviy darajadagi integratsiyasi – bu umumiy tarixga, yagona madaniy an’analarga, o’xshash turmush tarzi va mentalitetga ega bo’lgan qardosh xalqlarni birlashtiruvchi Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirishdan iborat. Bunday integratsion aloqaning aniq shakli sifatida 1992 yilning yanvar oyida tashkil etilgan Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorligi (TSARS) tashkil etildi.
Yana bir istiqbolli, kuchli salohiyatga ega bo’lgan mintaqaviy birlashmalardan biri – Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHOS)dir. Bu tashkilot 2001 yilning 15 iyunida oltita – O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Rossiya va Xitoy mamlakatlari hamkorligida tashkil etildi.
Bugungi kunda SHanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro maydondagi nufuzi, obro’-e’tibori sezilarli darajada oshib bormoqda. Ushbu tashkilot safidan joy olish istagini bildirgan davlatlar soni ham ko’paymoqda. ShHTning salohiyati haqida gapirganda masalaning faqat iqtisodiy jihati hisobga olinsa ham, uni yirik iqtisodiy-integratsiyaviy tashkilot deb atash uchun barcha asoslar yetarlidir.
ShHTning salohiyat va imkoniyatlari to’g’risida so’z ketganda, eng avvalo unga a’zo mamlakatlar egallagan hudud ko’lamining ahamiyatli darajada kattaligini ta’kidlash o’rinlidir. ShHTga a’zo davlatlarning umumiy hududi 30178,7 ming km.kv ni tashkil etib, unda eng katta salmoqni Rossiya (56,6%) va Xitoy (31,8%) egallaydi (1-jadval). Mazkur tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 1,5 mlrd.dan ko’proq bo’lib, aholi umumiy sonidagi salmog’i jihatidan Xitoy eng katta ulushga ega – 87,0 %. So’nggi yillarda SHHTga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan YAIM hajmi 12,1 trln. doll.dan oshadi.O’zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsiyasining kuchayishi ko’p jihatdan mazkur mamlakatlarning milliy manfaatdorligi bilan belgilanadi
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilish talablaridan kelib chiqib, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanishi zarur bo’lgan barcha muassasalar (tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, bojxonalar xizmati va boshqalar) amalda yangidan tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasidan tortib, boshqaruvning mahalliy darajasi va korxonalargacha bo’lgan xo’jalik sub’ektlarida tegishli tashqi iqtisodiy bo’limlar tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi va savdo-sanoat palatalari barpo etildi.
Tashqi savdo bilan birga iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada rivojlandi. Jumladan, 2007 yilga kelib Respublika hududida ro’yxatdan o’tgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni 4089 birlikni, ularning eksporti hajmi mamlakat umumiy eksportining 18,5 foizini tashkil etdi. Bunday korxonalarning asosiy qismi sanoat tarmoqlari (50,1%), savdo va umumiy ovqatlanish (29,9%) sohalarida to’plangan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jahon xo’jaligi rivojining tarixiy jihatdan uzoq davr davom etgan natijasi hisoblansada, Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlab o’tganlaridek, hozirgi kunda ham mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida hal etilmagan ko’pdan-ko’p muammolar mavjudki, bizning Respublikamiz uchun bu tashqi iqtisodiy va valyuta siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat1.Dastlabki davrlarda respublikamizda tashqi savdo ikki yo’nalish bo’yicha: MDH mamlakatlari bilan hukumatlararo bitimlar va xorijiy mamlakatlar bilan erkin muomaladagi valyutada hisob-kitob qilish asosida amalga oshirildi.2008 yil respublikamiz tashqi savdo aylanmasi 19077,0 mln. AQSH dollarini tashkil etib, uning 37,8 foizi MDH mamlakatlari, 62,2 foizi uzoq xorijiy mamlakatlar hissasiga to’g’ri keladi. Xorijiy mamlakatlarga mahsulot eksporti hajmi to’xtovsiz ko’payib borib, 2008 yilda 11572,9 mln. dollarni tashkil qildi, uning asosiy qismi (65,3%) uzoq chet el davlatlari hissasiga to’g’ri keldi.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning xom ashyo resurslari narxi tez-tez o’zgarib turadigan jahon bozori ta’siriga bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatda Markaziy Osiyo davlatlarining ko’p tomonlama aloqalari va hamkorligini rivojlantirishga birinchi darajali ahamiyat berilmoqda. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasidagi yagona iqtisodiy makon to’g’risida tuzilgan shartnoma samara bera boshladi. Ularning sanoatini integratsiyalashtirishga qaratilgan dastur ishlab chiqildi.MDH mamlakatlari bilan bevosita va ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish tashqi siyosatning asosiy yo’nalishlaridan biridir. O’zbekiston Hamdo’stlik davlatlari muassasalari – Davlatlararo iqtisodiy qo’mita, Davlatlararo bank va boshqa muassasalarni tashkil etishda faol qatnashmoqda. MDHdagi mamlakatlar (Rossiya, Ukraina, Belorus, Moldova va boshqalar) bilan ikki tomonlama tashqi siyosiy, savdo-iqtisodiy va boshqa shartnoma hamda bitimlar imzolanib, ular kuchga kirdi.Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun qulay sharoit yaratishga, hamda zarur bo’lgan tashkilot va muassasalar tuzishga katta ahamiyat berilmoqda. Bular jumlasiga tavakkalchilik xatarlaridan keladigan zararni qoplaydigan «O’zbekinvest» milliy sug’urta kompaniyasini, turli qo’shma sug’urta kompaniyalarini, Vazirlar Mahkamasi huzurida BMT bilan birgalikda tashkil qilingan investitsiyalarga ko’maklashuvchi xizmatni, Davlat mulk qo’mitasi huzuridagi ko’chmas mulk va xorijiy investitsiyalar agentligi kabilarni kiritish mumkin. Bu muassasa va tashkilotlar hamda respublikada vujudga keltirilgan huquqiy me’yorlar xorijiy investitsiya faoliyati uchun qulay sharoitlarni yaratib, ularning huquqlarini himoya qiladi va sarflangan sarmoyasini kafolatlaydi.
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi BMTning respublikada amalga oshirayotgan iqtisodiy, ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, fan sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarida ham namoyon bo’ladi.
Mamlakatimizning yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va savdo sohasidagi hamkorligi, NATOning «Tinchlik yo’lidagi sheriklik» dasturidari ishtiroki uning jahon xo’jaligi qo’shilishning navbatdagi yo’nalishidir. Jumladan, yevropa Ittifoqi bilan Respublikamiz o’rtasida imzolangan SHeriklik va hamkorlik to’g’risidagi bitim (1996 yil iyun) tashqi iqtisodiy faoliyatining ustivor yo’nalishidir.
O ’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir.
Bu yo’nalishda XVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Xususan XRRB yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko’maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag’ ajratildi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O’zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) alohida rol o’ynaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada yeTTBning ulushi 253,1 mln. dollarni tashkil qiladi.
ETTBning O’zbekistonda amalga oshirish ko’zda tutilgan, umumiy summasi bir mlrd.dollardan ortiq bo’lgan yana 8 ta loyihani ko’rib chiqishi mo’ljallangan.
O’zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki (ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorligi istiqbolli yo’nalishlardan hisoblanadi.
Shunday qilib, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o’ringa ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
1.2 Respublika iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor yo‘nalishlari.
H ozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo’jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti uchun ijobiy bo’lgan jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi
Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos ravishda O’zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi.
O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi.
Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko’ra ushbu bobda jahon xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi.
Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi:
Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda vujudga kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida paydo bo’lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro savdoning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi.
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kelib, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko’proq foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori paydo bo’ldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon xo’jaligi tizimi shakllandi.
:
To’rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendentsiyalarini paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu tendentsiyalar quyidagilardan iborat:
iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik;
ishlab chiqarishning baynalminallashuvi;
jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi;
jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
«Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari farqlanadi. Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir.
Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar;
- transmilliy korporatsiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:
mutlaq va nisbiy YaIM;
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi;
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat);
- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta mamlakat);
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta mamlakat).
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar. Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar (CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal guruhlarga ajratiladi.Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy bog’liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali samarali amal qilishi mumkin emas.

Download 55.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling