1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash usullari Ishdan maqsad


Download 61.47 Kb.
bet1/4
Sana15.02.2023
Hajmi61.47 Kb.
#1199629
  1   2   3   4
Bog'liq
1-amaliy mashg‘ulot mavzu Identifikatsiyalash va autentifikatsi


912-19 guruh talabasi
Beymamatov Xudayor
1-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash usullari
Ishdan maqsad: Mazkur amaliy ishni bajarish jarayonida talabalar identifikatsiyalash usullari va autentifikatsiyalash usullarini axborot xavfsizligini ta'minlashda qo‘llanilishining ahamiyati haqida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Nazariy qism.
Kompyuter tizimida ro‘yxatga olingan har bir sub'yekt (foydalanuvchi yoki foydalanuvchi nomidan harakatlanuvchi jarayon) bilan uni bir ma'noda indentifikatsiyalovchi axborot bog‘liq.
Bu ushbu sub'yektga nom beruvchi son yoki simvollar satri bo‘lishi mumkin. Bu axborot sub'yekt indentifikatori deb yuritiladi. Agar foydalanuvchi tarmoqda ro‘yxatga olingan indentifikatorga ega bo‘lsa, u legal (qonuniy), aks holda legal bo‘lmagan (noqonuniy) foydalanuvchi hisoblanadi. Kompyuter resurslaridan foydalanishdan avval foydalanuvchi kompyuter tizimining identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim.
Identifikatsiya (Identification) - foydalanuvchini uning identifikatori (nomi) bo‘yicha aniqlash jarayoni. Bu foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida birinchi galda bajariladigan funksiyadir. Foydalanuvchi tizimga uning so‘rovi bo‘yicha o‘zining identifikatorini bildiradi, tizim esa o‘zining ma'lumotlar bazasida uning borligini tekshiradi.
Autentifikatsiya (Authentication) - ma'lum qilingan foydalanuvchi, jarayon yoki qurilmaning haqiqiy ekanligini tekshirish muolajasi. Bu tekshirish foydalanuvchi (jarayon yoki qurilma) haqiqatan aynan o‘zi ekanligiga ishonch hosil qilishiga imkon beradi. Autentifikatsiya o‘tqazishda tekshiruvchi taraf tekshiriluvchi tarafning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilishi bilan bir qatorda tekshiriluvchi taraf ham axborot almashinuv jarayonida faol qatnashadi. Odatda foydalanuvchi tizimga o‘z hususidagi noyob, boshqalarga ma'lum bo‘lmagan axborotni (masalan, parol yoki sertifikat) kiritishi orqali identifikatsiyani tasdiqlaydi.
Identifikatsiya va autentifikatsiya sub'yektlarning (foydalanuvchilarning) haqiqiy ekanligini aniqlash va tekshirishning o‘zaro bog‘langan jarayonidir. Muayyan foydalanuvchi yoki jarayonning tizim resurslaridan foydalanishiga tizimning ruxsati aynan shularga bog‘liq. Sub'yektni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalashdan so‘ng uni avtorizatsiyalash boshlanadi.


Download 61.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling