1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Ilk qadam davlat o‘quv dasturining mazmun-mohiyati Reja


Download 17.31 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi17.31 Kb.
#1087874
Bog'liq
1-amaliy-2


1-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Ilk qadam davlat o‘quv dasturining mazmun-mohiyati
Reja:
1. Ilk qadam davlat dasturi maqsad va vazifasi
2. MTTlarda dastur asosida kun tartiblarini tashkil etish.
3. MTTlarda ta’lim faoliyatini tashkil etish tamoyillari.
4. Bolalar rivojlanish xaritasining yuritilishi
Asosiy adabiyotlar:
1.I.V. Grosheva, L.G.Yevstafeva, D.T.Maxmudova, Sh.B.Nabixanova, S.V.Pak, G.E.Djanpeisova “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi T: 2022.
2. F.Qodirova, SH.Toshpo‘latova, M.A’zamova. “Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019.
3. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 y.
4.N.M.Qayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi 16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.
2. Гогоберидзе А. Г., Солнцева О. В. Дошкольная педагогика с основами методик воспитания и обучения. Учебник. СПб.: Питер, 2019
3. D.Sh. Mirzayeva. Maktabgacha pedagogika. Durdona nashriyoti. Buxoro 2021
4. Козлова С.А. Дошкольная педагогика: учебник М.: Academia, 2017
Topshiriq. Amaliy mashg‘ulot rejalarini “Akvarium” metodi orqali asoslab bering.
Akvarium
Ta’rifi.

  1. 5-6 nafar ishtirokchilar rahbar bilan birga doira shakli bo‘ylab o‘tiradilar. Ular – «baliqlar». Ularning atrofiga guruhning qolgan ishtirokchilari o‘tiradilar (yoki turadilar). Ular – «baliq ovchilari».

  2. Ichki doira a’zolari («baliqlar») o‘qituvchi taklif qilgan savolni faol muhokama qiladilar. “Baliq ovchilari” esa kuzatib turadilar va savolni muhokama qilayotgan biron o‘quvchining fikri ularni qiziqtirib qolganda jarayonga kirishadilar: qo‘shimcha qiladilar, savol beradilar, aniqlashtiradilar. Shunda «baliq ovchisi» fikri uni qiziqtirib qolgan «baliq»ning yoniga turib olishi kerak.

  3. Bir muammoning (masalaning) muhokamasi tugaganidan so‘ng ishtirokchilar joylari bilan almashadilar (doiradan tashqarida turganlar endi doira bo‘ylab o‘tiradilar). Barcha ishtirokchilar doirada o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir.

Afzalliklari.
Ishtirokchilarga norasmiy sharoitda fikr almashishga, berilgan muammoni (masalani) hal qilish bo‘yicha o‘z nuqtai nazarlarini bayon etishga imkon yaratadi. Muhokama jarayoniga erkin qo‘shilish va undan chiqib ketishga imkon beradi. Tahliliy fikrlash, e’tibor jamlash va kuzatuvchanlikni rivojlantiradi. Nutqni va teskari aloqa texnikasini rivojlantiradi.
Qiyinchiliklari.
Muammoni muhokama qilishda barcha o‘quvchilar faol ishtirok etish jarayonida bahs-munozalar, nizolar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois o‘qituvchi yaxshi tayyorlanishi va kuchli qarama-qarshiliklar paydo bo‘lishiga yo‘l bermaydigan uslublarni bilishi lozim.
Aniq nazorat bo‘lishini talab qiladi. Jarayon davomida ayrim o‘quvchilar undan chiqib qolishlari (jarayonda ishtirok etmasliklari) mumkin. O‘qituvchi muammoni muhokama qilishga barcha o‘quvchilarni jalb qilish usullarini o‘ylab chiqishi kerak.

tarbiyaga berishga oid faoliyat ishlanma, 2-guruh esa Axloqiy tarbiya berishga oid faoliyat ishlanma tuzing.



Amaliy mashg‘ulot topshirig‘i: Talabalar 5 guruhga bo‘linib, 5ta rivojlantirish markazlari haqida taqdimot tayyorlashadi.
KICHIK GURUHLARDA ISHLASH QOIDASI

Auditoriya guruh vakillarining muntazam ravishda joy almashishlariga rotatsiya jarayonini
amalga oshirish uchun qulay bo‘lmog‘i lozim

O‘qituvchi talabalarni katta yoki kichik guruhlarga bo‘lishda, talabalarning son va
intellektual qobiliyatlarini teng me’yorda taqsimlashi zarur.

Talabalar topshiriqni bajarish uchun zarur bilim va malakalarga ega bo‘lmog‘i lozim.

Guruhlarga aniq topshiriqlar beriladi

Kichik guruh oldiga qo‘yilgan topshiriqni bajarish uchun etarli vaqt ajratiladi

Guruh ish natijalarini qanday taqdim etishini aniq bilishlari uchun o‘qituvchi tomonidan
talabalarga yo‘riqnoma beriladi.



  1. Har bir guruh markazlarda faoliyat ishlanma tayyorlab, mashg‘ulot o‘tib berishadi.

Download 17.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling