1-amaliy mashg‘ulot mavzu: kirish. Akademik yozuvning roli va ahamiyati mashg„ulotning maqsadi: talabalarning “Akademik yozuv”


Download 217.75 Kb.
Pdf ko'rish
Sana15.06.2023
Hajmi217.75 Kb.
#1483625
Bog'liq
1-amaliy. Akademik yozuvning roli va ahamiyati



1-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: KIRISH. AKADEMIK YOZUVNING ROLI VA AHAMIYATI 
Mashg„ulotning maqsadi: talabalarning “Akademik yozuv” fani mazmuni, 
maqsadi va vazifasi, uning o„ziga xos xususiyatlari to„g„risidagi bilimlarini 
mustahkamlash, ularda ilmiy faoliyatni yo„lga qo„yish, ilmiy matn va uning turlari, har 
bir matnda aks etishi lozim bo„lgan ma‟lumotlar, turli axborotlar, ijtimoiy-siyosiy 
hayotga doir hamda o„z mutaxassisligiga oid terminlar, ularni tanlash va qo„llashdagi 
o„ziga xos xususiyatlar haqida kengroq ma‟lumot berishdan iborat. 
Ta‟lim vositalari: fanga oid qo'llanmalar, tarqatma materiallar 
Qo„llaniladigan ta‟lim texnologiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang” texnologiyasi 
Mashg„ulotning borishi:
1-bosqich. Talabalarning akademik yozuv, ilmiy faoliyat, ilmiy matn va uning 
turlari, ilmiy tadqiqot haqida tushunchalarini aniqlab olish maqsadida savollar beriladi.
2-bosqich. 
Talabalar kichik guruhlarga ajratiladi.
Talabalarga mustaqil o„rganish uchun 
mavzu bo„yicha matnlar tarqatiladi. 
Talabalar kichik guruhlarga ajratiladi.
Talabalarga mustaqil o„rganish uchun mavzu bo„yicha matnlar tarqatiladi.
1-guruh. 
“Akademik yozuv” fani talaba o„zlashtirishi kerak bo„lgan har bir fan tarmog„i 
bilan uzviy bog„liq bo„lib, ilmiy faoliyatni to„g„ri yo„lga qo„yishga yordam beradi va 
shunga muvofiq o„z maqsad hamda vazifalariga ega. Akademik yozuv fani ham boshqa 
fanlar kabi o„z tarixiga ega. Zamonaviy akademik yozuv fani tarixi 1930-yilllarga borib 
taqaladi. Akademik yozuv yoki ilmiy yozuv bu badiiy adabiyot o„quv ishining bir qismi 
sifatida ishlab chiqarilgan yozuv. 


Mazkur fanning maqsadi talabalarga ilmiy faoliyatni yo„lga qo„yish, ilmiy matn va 
uning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo„lgan ma‟lumotlar, turli axborotlar, 
ijtimoiy-siyosiy hayotga doir hamda o„z mutahassisligiga oid terminlar, ularni tanalash 
va qo„llashdagi o„ziga xos xususiyatlar haqida ma‟lumot berishdan iborat. 
2-guruh. 
Fanning vazifasi talabalarga o„z sohasi doirasidagi so„z va terminlarning 
shakllanishi, tilimizga qanday shakllarda kirib kelishi va qo„llanishi, matnlarning 
tuzilishi va turlari, uni tahrir qilish, dastlabki ilmiy ishlarni yozishga o„rgatishdan iborat. 
Mazkur o„quv kursining o„qitilishi muayyan amaliy yo„nalishga ega bo„lib, bakalavr 
bo„yicha ta‟lim olayotgan talabalarda ilmiy faoliyatni yo„la qo„yish va rasmiy hujjatllar 
matni bilan ishlashda nazariy bilim va amaliy ko„nikmalarni, o„z sohasiga oid so„zlarni 
to„g„ri yozish malakasini hosil qilishni ko„zda tutadi.
Har bir fan bo„yicha talabalar, professor va tadqiqotchilar fikrlarni yetkazish, bahs-
munozara qilish va ilmiy muloqot qilish uchun akademik yozuvlardan foydalanadilar. 
Akademik yozuvlar faktlarga asoslanadigan misollar, aniq so„z tanlash, mantiqiy tartib 
va shaxssiz tusga ega. Ba‟zida kuchli ilmiy maqola deb qaralishiga qaramay, u o„z 
nomiga qarama-qarshidir. Ya‟ni u ma‟lumot beradi, tahlil qiladi va soddallik bilan 
ishontiradi va o‟quvchini ilmiy muloqotda tanqidiy ravishda shug„ullanishga imkon 
beradi. 
3-guruh. 
Akademik yozuv deganda aynan yozuvning o„zinigina tushinish xatodir. Bunda 
o„z ilmiy auditoriyasiga ega, ilmiy dalillar bilan boyitilgan, sohaviy terminlar, ilmiy 
hamda rasmiy jumlalarga ega matn namunalari tushuniladi. Bunday matnlar shakli
mazmuni va qo„llash maqsadi doirasida turlarga bo„linadi. Xususan, rasmiylik uslubida, 
kanselyarizmdan foydalangan holda ma‟lum ijtimoiy yoki kasbiy faoliyat doirasida 
qo„llanuvchi matnlar, ilmiy izlanishlar va ularning tahlili asosida ilmiy atamalar bilan 
kengaytirilgan matnlar va boshqalar. Akademik yozuv ilmiy faoliyatni yo„lga qo„yishda 
yordam beribgina qolmay, mavjud matnni imloviy savodxonlik bilan shakllantirishga, 
axborotlarni animatsion shaklda yetkazishga, o„rganilayotgan ilmiy matnlar doirasida 
yozma shaklda munosabat bildira olishga, mavjudlarini tahrirlay olishga o„rgatadi. 
4-guruh. 
Akademik yozuv mantiqiy dalilni obyektiv nuqtai nazardan yetkazishda asosiy 
qurol vazifasini vajaradi. Akademik yozuvlar his-tuyg„ularga, yovuzlikka yoki boshqa 
tilga tarjima qilingan tilga to„sqinlik qiladi. Fikringiz bilan shaxsan rozilik berasizmi 
yoki rozi bo„lmasangiz ham, uni qog„ozda aniq va xolisona taqdim etishingiz kerak. 


Akademik yozish – bu axborot jarayonlari, xalqaro almashinuvlar, akademik 
aloqalarning jadal rivojlanishi sharoitida yani dolzarb bo„lgan va jahon ta‟lim hamda 
ilmiy hamjamiyatlarida ken tarqalgan kompotensiyasi bo„lib, u o„z ilmiy matnlaringizni 
o„qish, tushunish, tuzish va formatlash imkonini beradi. Akademik yozuv nasr uslubidir. 
Odatda shaxssiz va g„ayratli ohangda taqdim etiladi. U sinchkovlik bilan tasdiqlangan 
bilimlara asoslangan tanqidiy va xabardor auditoriyaga qaratilgan va tushunchalar yoki 
dalillarni mustahkamlash yoki e‟tiroz bildirish uchun mo„ljallangan. Ushbu uslub 
akademik(ilmiy) kundalik hayotda qo„llaniladi. 
berilgan matnlar talabalar tomonidan yakka tartibda mustaqil o„rganiladi; 
har bir guruh a‟zolaridan yangi guruh tashkil etiladi; 
yangi guruh a‟zolari navbati bilan mustaqil o„rgangan matnlari bo„yicha axborot 
almashadilar, ya‟ni bir-birlariga so„zlab beradilar, matnni o„zlashtirib olishlariga 
erishadilar; 
berilgan ma‟lumotlarning o„zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh ichida 
ichki nazorat o„tkaziladi, ya‟ni guruh a‟zolari bir-birlari bilan savol-javob qiladilar; 
yangi a‟zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar; 
darsning qolgan jarayonida talabalar bilimlarini baholash yoki to„plagan ballarini 
hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi. 
Talabalar tomonidan barcha matnlar qay darajada o„zlashtirilganligini aniqlash 
maqsadida o„qituvchi (yoki opponent guruh) talabalariga savollar bilan murojaat 
etadilar, og„zaki so„rov o„tkazadilar; 
savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to„plagan umumiy ballari aniqlanadi: 
har bir guruh a‟zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog„lagan 
holda bittadan savol tuziladi; 
guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi («guruh 
hisobchilari» berilgan javoblar bo„yicha ballarni hisoblab boradilar); 
guruh a‟zolari tomonidan to„plangan umumiy ballar yig„indisi aniqlanadi; 
guruhlar to„plagan umumiy ballar guruh a‟zolari o„rtasida teng taqsimlanadi. 
3-bosqich. 
Darsni yakunlash, uyga vazifa berish.

Download 217.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling