1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Klassik shifrlar. Sezar va Vijener algoritmi
Download 22.32 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Amaliy mashg’ulot Mavzu Klassik shifrlar. Sezar va Vijener al-fayllar.org
Vernam ishlab chiqqan bu tizimni aylanali lenta yordamida tekshirgan, uzatgich va qabul qilgichlarni ko’rinishda bir xil yoki shunga o’xshagan kalit ketma- ketligidan foydalangan. Vernam shifrlash tizimining kamchiligi uzatuvchi orqali qabul qilish tomoniga kalit ketma-ketligini qanday uzatish edi. CHunki dushman kalitni olsa, u yuborgan shifrlangan matnni bemalol ochib o’qiy oladi. SHuning uchun xam Vernamning shifrlash tizimi etarli emasligi sababli buni hal kilish uchun shifrlashni gammalashtirish usuliga o’tilgan. Gammalash usuli bilan shifrlash. Gammalashtirish ham kriptografik akslantirishda keng qo’llaniladi. Aslida gammalashtirish, Vijener shifri hamda cheksiz kalitdan foydalanish bir-biriga juda o’xshash. Gammalashtirishda tasodifiy sonlar generatori yordamida gamma generatsiya qilinadi va u ochiq matnga qayta tiklanadigan usulda (masalan, 2 ga modulь bo’yicha qo’shish) qo’shiladi. Ma’lumotlarni deshifrlash jarayoni shifr gammasini ma’lum kalit yordamida qaytadan generatsiya qilish va bu gammani shifrlangan ma’lumotdan olib tashlash bilan amalga oshiriladi. Agar shifr gammasida takrorlanuvchi bitli ketma-ketlik mavjud bo’lmasa shifrlangan matnni ochish juda qiyin. Umuman olganda, shifr gammasi har bir shifrlanadigan so’z uchun tasodifiy ravishda o’zgarishi kerak. Agar gamma uzunligi butun shifrlanadigan matn uzunligidan oshib ketsa va ochiq matnning hech qanday qismi ma’lum bo’lmasa, u holda shifrni faqat mumkin bo’lgan kalitlarni to’la ko’rib chiqish bilan ochish mumkin. Bu holda kriptobardoshlilik kalit uzunligi bilan o’lchanadi. Agar raqibga ochiq matnning bo’lagi va unga mos keluvchi shifrogrammasi ma’lum bo’lsa gammalashtirish usuli kuchsiz bo’lib qoladi. Modulь bo’yicha oddiy ayirish orqali tasodifiy sonlar kema-ketligi qismi olinadi va bu qism bo’yicha butun ketma-ketlik tiklanadi. Raqiblar buni ochiq matnning tashkil etuvchilari asosida taxmin bilan topishlari ham mumkin. Quyida amaliyotda qo’llash mumkin bo’lgan gamma generatsiyasining keng tarqalgan usullari qaraladi. Gamma shifri quyidagi ko’rinishdagi ketma-ketlikda olinadi. G
sh
Bu yerda: T (i) sh i-shifrlangan matn; G (i) sh i-gamma shifri bo’ladi; T (i) 0 i-ochiq matn bo’ladi; M-(ochiq) matnni sifat darajasi. SHifrni ochishda qayta gamma shifridan foydalaniladi: Bu usul bilan shifrlangan matnni ochishda yetarli qiyinchiliklar tug’diradi, endi k-kalit bir-necha marotaba o’zgaradi. Gamma shifri ixtiyoriy ko’rinishda xar bir shifrlanayotgan bo’lakni o’zgartiradi. Bunda dushman xar bir matn bo’lagini qanday qilib ochishni bilmaydi. Chunki dushman har bir turdagi kalitni topishi uchun ancha vaqt ketadi. Bu holatda shifrlangan matn bardoshliligi ko’pligiga bog’liq bo’ladi. T (i)
ш
T
0
T 0
=Г ш T
http://fayllar.org Download 22.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling