1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Ma`lumotlar bazasini loyihalash. Mohiyat – aloqa diagrammasini qurish (er modeli). Ishdan maqsad


Download 292.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana15.12.2022
Hajmi292.59 Kb.
#1007968
1   2   3   4
Bog'liq
1-Amaliy

Ma’lumotlarning fizik modeli. Relatsion ma‟lumotlar bazasining fizik bosqichi (fizik 
model) axborotlarni saqlash va qayta ishlash usullarini xaraktyerlaydi. Ma‟lumotlar bazasi va 
ma‟lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyotida 
ma‟lumotlarning fizik modelini qurishga ikki xil yondashish mavjud. Birinchi yondashish aniq 
MBBTga bog„liq bo„lmay har bir jadval ma‟lumotlarining fizik xossalarini tavsiflashga 
asoslanadi. Ya‟ni, ma‟lumot bazalari jadvallarining fizik modeli.  
Fizik modellarni ishlab chiqishga ikkinchi yondashish aniq MBBTda ma‟lumotlarni 
saqlash, tashkil qilish, arxityekturasini ishlab chiqish bilan bog„liq va ko„pincha ma‟lumotlarni 
saqlashning fizik modeli deyiladi. Ma‟lumotlar bazasini loyihalovchi o„zi yaratayotgan axborot 
tizimi uchun amaliy dastur tuzilishining arxityekturasini bilmasligi mumkin, lekin har bir jadval 
uchun fizik modelni ishlab chiqishi kerak. 
Ma’lumotlar bazasi jadvallarining fizik modeli. Ma‟lumotlar bazasi jadvallarining fizik 
modeli jadvalning har bir maydoni xossalarini tavsiflashni nazarda tutadi. Maydon xossalarini 
tavsiflash uchun quyida ko„rsatilgan shaklga qarab loyiha jadvali tuzilishi zarur. 
Shunday qilib, ma‟lumotlar bazasi jadvali loyihasining fizik modelini ishlab chiqish har bir 
maydonning xaraktyeristikalarini tavsiflashda keltiriladi. Ma‟lumotlar bazasi jadvallari 
maydonlarining majburiy bo„lgan xaraktyeristikalarini kyeltiramiz. Maydon nomi birorta 
minimal sondagi simvollardan tashkil topadi. Jadvalda har bir alohida MBBT maydon nomlarini 
tuzishning o„ziga xos qoidalari mavjud. Umuman olganda maydon nomini probyel bilan 
boshlamaslik, simvollar sifatida tinish byelgilar ishlatishga yo„l qo„ymaslik kerak. 
Maydon imzosi – qiymati maydon yacheykasida saqlanayotgan obyekt nomi bilan 
identifikatsiyalanadi. Maydon imzosi jadval sarlavhasida joylashadi. Zamonaviy MBBTda 
maydon imzosini tuzishga biron-bir cheklanishlar mavjud emas.
Ma‟lumot toifasi (tipi) – MBBTda ishlatiladigan ma‟lumot turi. 
Simvollar (belgilar) soni – maydon yachyeykalarida saqlanishga mo„ljallangan belgilar 
soni. 
Aniqlik – sonli maydonlarda verguldan keyin raqamlar soni.
Kalit – ushbu maydonning kalit maydonini aniqlaydi.
Keltirilgan xossalar tarkibi jadvallarda saqlanishi zarur bo„lgan ma‟lumotlar tavsifini 
minimal zaruriy kattaliklaridir. 
Ma‟lumotlar saqlashning fizik modeli. fizik model ma‟lumotlarni kompyutyer xotirasida 
yoki boshqa axborot saqlovchilarda joylashish usull arini, shuningdyek, bu ma‟lumotlarga 
saqlash va murojaat qilish usull arini aniqlaydi. Tarixan saqlash va murojaat qilishni birinchi 
tizimlari faylli strukturalar va fayllarni boshqarish tizimlari bo„lgan. MBBTning boshqarish 
tizimida axborotlarni saqlash uchun faylli tizimlar samarasiz hisoblanadi. Shuning uchun 
zamonaviy MBBTda faylli strukturalardan byevosita ma‟lumotlarni tashqi tashuvchilar tashqi 
xotira qurilmalarida joylashtiriladi. 


Ma‟lumotlarning fizik modelini ishlab chiqish. 
Ish boshlashdan oldin, odatda MB obyektlari kerakli xarakteristikalarini tuzib olish kerak, 
ya‟ni ma‟lumotlar fizik modelini yaratib olish kerak. Buning uchun: 
• obyektlarni tasvirlash belgilarining (tarkibi va maydonlari soni) nomenklaturasini 
o„rganish; 
• jadvallar har bir maydonining xarakteristikasini o„rganish; 
• natijalarni jadval ko„rinishida rasmiylashirish 
(1-jadval). 
Jadval nomi. Jadvalga nom berishda quyidagi tavsiyalarni hisobga olish kerak: 
• jadval nomi unda joylashgan ma‟lumotlarning mazmuniga mos bo„lishi kerak; jadval 
nomida tinish belgilari, qavs, undov belgisini ishlatish mumkin emas; 
• jadval nomi oraliq (probel) bilan boshlanishi mumkin emas; 
• bitta ma‟lumot faylida bir xil ismli jadvallar bo„lishi mumkin emas. 

Download 292.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling