Nazariy savollar


Download 20.63 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi20.63 Kb.
#1732793

Kazus
Niyazova oʼzi bilan mehnat shartnomasi gʼayriqonuniy bekor qilingan deb hisoblab ishga tiklanish maqsadida sudga oʼzi oldin ishlagan tashkilotga nisbatan daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Uning arizasi mazmuniga koʼra, u 5-sentyabrda mehnat shartnomasini oʼz tashabbusi bilan bekor qilish maqsadida tashkilot maʼmuriyatiga ariza yozgan. Аmmo keyinchalik bu fikridan qaytib, 10 sentyabrda arizasini qaytarib olish maqsadida tashkilot maʼmuriyatiga qayta murojaat qilgan. Bunda maʼmuriyat uning arizasini qaytarishni rad qilgan va u arizani qaytarib olish uchun faqat yozma murojaat qilishi lozim ekanligini, uning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi qanoatlantirilib, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 9-sentyabrda bekor qilinganligi toʼgʼrisida buyruq chiqarilganligini maʼlum qilishgan. Ish beruvchining bu harakatlaridan norozi boʼlgan Niyazova tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Uning daʼvo arizasi mehnat nizosini hal qilishni soʼrab murojaat etish muddatlri oʼtkazib yuborilganligini vaj qilib, qabul qilinmadi.
Vaziyatga amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho bering.
Nazariy savollar.
1. Karantinga oid choralar amal qilishi davrida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishning oʼziga xos jihatlarini yoriting.
2. Mehnat nizosini mehnat nizolari komissiya ish yuritishidan fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudiga oʼtkazish asoslarini amaldagi qonunchilik asosida tahlil qiling.

Kazusga javob.
Yuqoridagi vaziyatni tahlil qilishdan boshlasak va muammoli vaziyatni bir-biridan ayirib olsak. Bu vaziyatda birinchi savol Niyozova arizasini qaytarib olishga haqlimi yo yo`qmi shunga to`xtalsak. Mehnat Kodeksining 99-moddasida “Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib, bekor qilishga haqlidir. Ogohlantirish muddati tugagandan so‘ng xodim ishni to‘xtatishga haqli, ish beruvchi esa, xodimga mehnat daftarchasini berishi va u bilan hisob-kitob qilishi shart.
Xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan oldin ham bekor qilinishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan yoki taraflar kelishuvi bo‘yicha belgilangan ogohlantirish muddati davomida xodim bergan arizani qaytarib olishga haqlidir.
Agar ogohlantirish muddati tugagandan keyin xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa, xodimning tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi ariza o‘z kuchini yo‘qotadi, bunday holda mehnat shartnomasini shu arizaga muvofiq bekor qilishga esa yo‘l qo‘yilmaydi.
Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusi bilan bekor qilish haqidagi ariza u o‘z ishini davom ettirishining imkoni yo‘qligi (o‘quv yurtiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qo‘yiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollar) bilan bog‘liq bo‘lsa, ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilgan muddatda bekor qilishi kerak.” Bundan ko`rinib turibdiki, Niyozova o`z arizasini qaytarib olishga haqli. Bu vaziyatda ikkila tomon kelishsa muddatdan oldin mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Lekin kazusda kelishuv haqida gap yo`q. Ish beruvchi Niyozovani muddat tugamasdan mehnat shartnomasini bekor qilgan va arizasini qaytarib bermagan. Agar Niyozovani mehnat shartnomasi muddatli bo`lsa ish beruvchi neustoyka to`lab berishi shart(MK 104-modda). Lekin kazusda muddatli shartnoma deyilmaganligi uchun ish beruvchini Mehnat Kodeksining 112-moddasi bo`yicha javogar qilamiz yani  mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilganligi uchun.
Keyingi savolimiz tumanlararo fuqarolik sudining harakatlarini tahlil qilsak. Niyozova sudga a’riza bilan murojaat qiladi. Uning daʼvo arizasi mehnat nizosini hal qilishni soʼrab murojaat etish muddatlari o`tkazib yuborilganligini vaj qilib, qabul qilinmadi. Mehnat Kodeksining 270-moddasida mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojaat etish muddatlari berilgan.
“Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgilanadi:
ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma’lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.
Ushbu moddada belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkin.
Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.” Yuqoridagi vaziyatda Niyozova qancha muddatda ariza topshirganligi aniq emas. Ammo vaziyatni e’tiborga olasak ko`p vaqt o`tmagan. Bundan ko`rinib turibdiki, tumanlararo fuqarolik sudi Niyozovani arizasini qaytarib yuborishga haqli emas.
Xulosa qilib aytganimizda Niyozovani huquqlari buzilgan bo`lib, fuqarolik sudi ko`rib chiqishi kerak va Niyozovani huquqlarini tiklab berishi zarur.
Nazariy savollarga javoblar.
1.
Download 20.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling