O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR) YO‘NALISHI
III-BOSQICH 8-T-2OT-S-2021-GURUH TALABASI
BABAYEV AHLIDDINNING
Muzeyshunoslik va arxivshunoslik fanidan
MALAKAVIY AMALIYOT
YIG’MA HISOBOTLARI
DENOV-2023 yil
01.03.2023 yil
1-Mavzu: Muzeyshunoslik va Arxivshunoslik bilan tanishish
HISOLOT
Men bugun amaliyotning birinchi kuni Surxondaryo viloyati, Uzun tumani, U.Shamsiyev ko‘chasi, 20-uyda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi, Uzun tumani davlat arxiviga amaliyot utash uchun keldim. Bu arxiv 2007-yil ro‘yxatdan o‘tgan. davrda Uzun tumani binosida o‘z faoliyatini yuritgan. Uzun tumanlararo davlat arxivi bulib Uzun tumani arxivi uning jami Fondi 91300 ta xujjatlar bulib 638 xildagi hujjatlar saqlanadi.. yil davomida Uzun tumanlararo davlat arxivi deb yuritilgan. Hozirgi kunda arxiv rahbari bo‘lgan S.Baratov amaliy yordam berdilar.
Said Otaliq madrasasi Denov tumani davlat arxivi
02.03.2023 yil
2-Mavzu: Muzeylarning ilmiy tadqiqotchilik faoliyati.
HISOBOT
Muzeylarning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri ilmiy tadqiqot ishidir. Juda ko‘p ilmiy tadqiqot institutlaridan farqli ularoq ravishda muzeylarning ilmiy tadqiqot ishlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning o‘ziga xosligi asosan shundaki, muzeyda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar juda keng tarmoqli bo‘lib, o‘z navbatida uning natijalari ko‘p tarmoqlarga ta’sir etadi. Bu ilmiy tadqiqotlar biror-bir tarixiy manbani urganish maqsadida, shuningdek, tarixiy manbalarni yoki bir turdagi muzey predmetlarini konservatsiyalash, restavratsiya qilish, saqlash, quriqlash, xizmat ko‘rsatish maqsadida ham bulishi mumkin. Tadqiqot ishlarida sohaga ko‘ra deyarli barcha fanlar, jumladan pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining ham uslublari qullaniladi. Muzey predmetini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarida shu predmet taaluqli bulgan fanlar uslublaridan foydalanilsa, shu predmetni muzeyshunoslik nuqtai nazaridan tadqiq etganda yoki umuman muzeyshunoslik tadqiqotida zarur bulgan tabiiy fanlardan tashqari yuqorida ta’kidlaganimizdek, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining uslublaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |