O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti tarix


Download 1.78 Mb.
bet9/12
Sana07.05.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1439439
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hamrayev Zafar hiso

25.03.2023 yil
17-Mavzu: Arxeografiya va uning vazifasi.
HISOBOT
Arxeografiya – arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayyorlashning qoida va usullarini o’rgatadigan fan. Hujjatlarni e’lon qilish tarix fanining rivojlanishida muhim rolp o’ynaydi. Arxivlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tayyorlab nashr qilingan hujjatlar to’plamlari tarixni chuqur o’rganishga, haqiqatni tiklashga yordam beradi. Bunday hujjatlar to’plamlari tarixchilar tomonidan ilmiy asarlar yozishda muhim manba hisoblanadi. Hujjatlar to’plamlarining tarix fani taraqqiyotida, tarixchilar ilmiy-ijodiy faoliyatida o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Hujjatlar to’plamini tayyorlash mavzu tanlash va reja tuzishdan boshlanadi.
Arxeografiya - arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayyorlashning qoida va usullarini o’rganadigan fan
Arxeografik to’plam - arxiv hujjatlarini o’z ichiga olgan to’plam
Arxeografik to’plam Mavzusi - nashr qilishga mo’ljallangan hujjatlar to’plami mavzusi
Arxeografik to’plam Rejasi - e’lon qilinayotgan hujjatlarning mazmuniga ko’ra to’plamning bob
va paragraflarining nomi


27.03.2023 yil
18-Mavzu: Malaka amaliyot davrida talabalarga qo‘yiladigan talablar.
HISOBOT
Malakaviy amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish davrida amaliyotchi-talaba oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1.Amaliyotchi-talaba ushbu amaliyotining asosiy ishtirokchisi bo‘lib, amaliyot jarayonida mavjud yo‘riqnoma va dasturda ko‘rsatilgan ishlarning barchasini bajarishi.
2.Ular har bir darsga, darsdan va sinfdan tashqari ishlarga, tarbiyaviy ishlarga puxta tayyorlanishi, ulami yuqori saviyada o'tishini ta’minlashga erishishi.
3.Amaliyot dasturini yaxshi bilishi. Izoh:Agar amaliyotchi-talaba dastur talablarini to'liq bajarmasa, u holda amaliyot muvaffaqiyatli o‘tdi deb hisoblanmaydi. Amaliyot talablarini bajarmagan amaliyotchi-talaba faoliyati qoniqarsiz deb baholanadi va u fakultet kengashining qarori bilan oliygoh o‘quv mashg‘ulotlaridan ajralmagan holda qayta amaliyotdan o‘tadi.
4.Amaliyotchi-talaba amaliyot davomida o‘sha (o‘zi amaliyot o'tayotgan) ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga to‘la amal qilishi, ma’muriyat va amaliyot rahbarining buyruqlariga bo‘yin sunishi.
5.Umumta’lim fanlari o'qituvchisi va guruh murabbiylari tajribalari ni o‘rganish maqsadida ular tomonidan olib boriladigan mashg'ulotlar va tadbirlarda ishtirok etishi, o‘z guruhi talabalarining barcha amaliyot jarayonida olib boradigan ishlarida qatnashib, ulaming muhokamasida faol ishtirok etishi.
6.Malakaviy amaliyot davomida har bir amaliyotchi-talabadan quyidagi hujjatlami yuritish va ulami amaliyot yakunida amaliyot rahbariga topshirishi:
a) amaliyot bo'yicha amaliyotchi-talabaning reyting kartasi; b) kundalik; d) amaliyot o‘tkazilayotgan ta’lim muassasasi tarixiga doir ma’lumotlar; e) amaliyot o'tkazilayotgan ta’lim muassasasi tuzilishiga doir ma’lumotlar; f) umumta’lim fanlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha amaliyot jarayonida amalga oshiriladigan ishlar taqvim rejasi; j) amalyotchi-talaba tomonidan umumta’lim fanlair bo'yicha tashkil etilgan darslar reja-konspekti; h) amaliyot jarayonida kuzatilgan darslar va ulaming tahlili; i) amaliyotchi-talaba tomonidan tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar senariysi; k) akademik guruhda amaliyot jarayonida o‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonnomasi; 1) o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir muhokamasining bayonnomasi; m) sotsiometriya metodi yordamida akademik guruhni o‘rganish natijalari; n) xulosa va h.k.

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling