TIPI “Iqtisodiyot” fakulteti 22/1 guruh talabasi Kattaboyev Asadbek Reja - 1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi.
- 2. Statistika fanining predmeti va usullari.
- 3. Statistika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari.
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi. - G.Axenvall (1719-1772) birinchi marta «statistika» so’zini qo’llagan.
- «Statistika» atamasi lotincha «Status» so`zidan olingan bo`lib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. «Status» so`zi negizidan «Stato» - davlat, «statusta» - davlatni biluvchi, «statustica», ya`ni davlat to`g’risida muayyan bilim, ma`lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan.
Statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi. Statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi - Statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi.
Statistika deganda nima tushuniladi:
2. Statistika predmeti - Statistika fanining predmeti deb ommaviy hodisa va jarayonlarning miqdoriy tomonlarini ularning sifat tomonlari bilan uyg’unlikda, aniq makon va zamonda o’rganishga aytiladi.
- Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir.
Statistik usullar guruhlari. - Statistik kuzatishnini tashkil etish va o’tkazish usullari
- Statistik kuzatish ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonida qo’llaniladigan guruhlash usullari
- To’plangan ma’lumotlarni umumlashtirish usullari
- Statistik metodologiya bosqishlari.
- O’rganilayotgan ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlarni to’plash
- Jamlash va guruhlash
- Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarni hisoblash va talqin qilish
Statistika fani tarmoqlari
Statistik ma’lumotlar mavbai
Birlamchi manbalar
Statistik, tanlama kuzatish, turli tekshiruv natijalari, turli ro’yhatlar natijalari
Ikkilamchi manbaklar
Davriy va joriy nashrlarda chop etiladigan ma’lumotlar
3.Statistika fanining asosiy kategoriyalari va tushunchalari - Statistik to’plam
- bu umumiy bog’liqlikda, qandaydir bir sifat belgisi bilan birlashgan va bir-biridan farq qiluvchi ob’ekt yoki hodisalarning yig’indisidir. Masalan, korxonalar soni, aktsiyadorlik jamiyatlari soni, oilalar soni va h.k. To’plamlar bir jinsli (o’xshash, bir xil bo’lgan) va turli jinsli bo’lishi mumkin.
- Belgi
- bu to’plam birligining sifatiy xususiyatidir. O’rganilayotgan to’plam birligini ifodalash xarakteriga qarab belgilar miqdoriy, atributiv va alternativ belgilarga bo’linadi.
- Statistik ko’rsatkich
- bu kategoriya bo’lib, hodisa va voqealarni aniq sharoit va vaqtdagi miqdoriy tasvirlanishidir
- Statistik ko’rsatkichlar tizimi
- bu bir-biri bilan o’zaro bog’langan statistik ko’rsatkichlar yig’indisidir. Statistik ko’rsatkichlar tizimi ijtimoiy hayotni barcha pog’onalarini o’zida qamrab oladi
E’tiboringiz uchun rahmat !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |