4-sinf I chorak 52-dars Mavzu: Tutuq belgisi Darsning maqsadi


Download 34 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi34 Kb.
#1187042
Bog'liq
4-sinf ona tili Tutuq belgisi


4-sinf
I chorak 52-dars
Mavzu: Tutuq belgisi
Darsning maqsadi:

  • o‘quvchilarning tutuq belgili so‘zlarning to‘g‘ri talaffuzi va yozilishi haqida tushuncha berish, uning so‘z ma’nosini farqlashdagi vazifasi haqidagi bilimlarini aniqlash va mustahkamlash;

  • o‘quvchilarning lug‘atini mash’al, qit’a, na’ra, she’riyat so‘zlari bilan boyitish;

  • o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish va estetik tarbiyasini rivojlantirish.

Dars turi: yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: og‘zaki savol-javob, mustaqil ish
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O‘quvchilarning darsga tayyorgarli tekshiriladi. O‘quvchilar xotirasini bir joyga to‘plash uchun har bir o‘quvchining ismining bosh harfiga oid she’r o‘qitiladi.
II. O‘tilgan mavzu yuzasidan og‘zaki savol-javob.
1.Uyga berilgan 113-mashq suhbat va kuzatish usulidan foydalanib tekshiriladi. She’rda ajratilgan so‘zlarni ko‘chirish qoidasiga ko‘ra bo‘g‘inlarga ajratib yozish (charx-palak, tara-tib, boy-ligiga).
2. Mustaqil ish. Gaplarni ko‘chiring. Tagiga chizilgan so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ling va tovush-harf tomonidan tahlil qiling.
Odobli farzand oila ko‘rki. Hunari va odobi bo‘lmagan kishidan baxt va ketadi.
3. Far-zand- 2 bo‘g‘inli, yettita tovush, 1 unli – a; undoshlar –f, r, z, n, d; jarangli undosh – r,n,d; jarangsiz undosh – f.
Mustaqil ishlar tekshiriladi va o‘quvchilar baholanadi.
III. Yangi mavzu.
O‘qituvchi tutuq belgisi haqida ma’lumot beradi. Tutuq belgisi tovush bildirmaydi. Tutuq belgisi unludan keyin kelganda shu unlinking cho‘ziqroq aytilishini bildiradi: sa’va, e’lon. Tutuq belgisi undosh tovushdan keyin kelganda uning keying unlidan ajratib talaffuz qilinishini bildiradi: san’at, mash’al, Tal’at.
115-mashq. O‘qituvchi she’rni ifodali o‘qib beradi.
Sa’va desa, savalama,
Ma’nosi boshqa-boshqa.
Da’vo dardga davo bo‘lmas,
Ta’na tan emas, oshna. S. Hojiboyev
She’rning Muallifi kim? (S. Hojiboyev) She’r necha misradan iborat? (4 misradan) Tutuq belgisiga ko‘ra farqlanayotgan so‘zlarni toping va ma’nolarini tushuntiring.
Sa’va –qush, sava – xipchin bilan savash.
Da’vo – arz qilish, davo – malham, dori.
Ta’na – dashnom, tana – odamning tanasi ma’nolarini bildiradi.
O‘quvchilar she’rni husnixat bilan ko‘chiradilar.
116-mashq. O‘quvchilar mashqda berilgan so‘zlarni mustaqil o‘qiydilar. Daftarlariga so‘zlarni yozadilar. (1. Ra’no, ma’no, a’lo, she’r, ta’na, sa’va. 2. Sur’at, san’at, qal’a, mash’al, qit’a.) O‘qituvchi savollr berib, mashqni mustahkamlaydi.

  • Birinchi qatordagi so‘zlarda tutuq belgisi qaysi tovushdan so‘ng qo‘yilgan? (Tutuq belgisi unli tovushdan so‘ng qo‘yilgan.)

  • Unli tovushdan so‘ng kelgan tutuq belgisi qanday vazifani bajaradi?

(Ra’no, ma’no kabi so‘zlardagi o‘zidan oldingi unli tovushning cho‘ziq aytilishini bildiradi.)

  • Undoshdan so‘ng qo‘yilgan tutuq belgisi nimani bildiradi? (O‘zidan oldingi unli tovushni keyingi unli tovushdan ajratib talaffuz qilish kerakligini bildiradi.)

  • Demak, tutuq belgisining yana bir vazifasi qanday ekan? (So‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qilar ekan.)

IV. Darsni mustahkamlash.
1. O‘qituvchi savollar berib, o‘quvchilar bilimini tekshiradi va darsni umumlashtiradi.

  • Tutuq belgisi so‘zda qanday vazifani bajaradi?

  • She’r, ta’na, sa’va so‘zlarida tutuq belgisini tushirib qoldirsak, nima ro‘y beradi? (So‘zlarning ma’nosi o‘zgaradi. Sher-hayvon)

2. Test. Tutuq belgisi so‘z ma’nosini farqlash uchun xizmat qilgan so‘zlarni toping:
a) sa’va, qal’a, da’vo d) ta’na, ma’no, sa’va
b) she’r, in’om, Ra’no e) da’vo, she’r, ma’no
O‘quvchilar javoblari umumlashtirilib, rag‘batlantiriladi.
V. Uyga vazifa 117-mashq. O‘quvchilar she’rni o‘qiydilar. Ma’nosiga tushunmagan so‘zlarni aniqlaydilar. She’rni husnixat bilan ko‘chiradilar. Tutuq belgili so‘zlarni ko‘chirish qoidasiga mos holda bo‘g‘inlarga bo‘lib yozish.
Mir Alisher na’rasiga
Aks sado berdi jahon.
She’riyat mulkida bo‘ldi
Shoh-u sulton, o‘zbegim. Erkin Vohidov
Lug‘at ishi: Mir Alisher –Alisher Navoiy; na’ra –vahimali, qattiq ovoz; she’riyat – nazmda yaratilgan asarlar, majmua; o‘zbegim – o‘zbek xalqim.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling