5 – mavzu seminar mashg’uloti. Ong va bilish falsafasi


Download 35.72 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi35.72 Kb.
#1039549
Bog'liq
5.3 - mavzu seminar mashg'uloti


5 – mavzu seminar mashg’uloti. Ong va bilish falsafasi
Bilish nazariyasining predmeti va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Rasionalizm. Empirizm. Persepsiya va apersepsiya. Gnoseologiyaning mazmuni va mohiyati. Optimizm, skeptisizm, agnostisizm. Gnoseologik relyativizm. Bilimning asosiy turlari. Bilimning asosiy shakllari: kundalik amaliy bilim, o‘yin vositasidagi bilim, mifologik bilim, badiiy bilim, diniy bilim, falsafiy bilim, ilmiy bilim, shaxsiy bilim ijtimoiy bilim. Bilishda sub’ekt va ob’ektning o‘zaro aloqasi. Bilish faoliyat turi. Bilishdagi qarama-qarshiliklar.
Hissiy darajadagi bilim va uning shakllari: sezgi va idrok, xotira, xayol va tasavvur. Empirik bilim va uning shakllari: kuzatish, eksperiment, ilmiy dalillar. Fikrning hissiylikdan rasionallikka harakati. Nazariy bilim va uning shakllari: ilmiy muammo, muammo va masala. Muammoli vaziyatning bilish jarayonidagi roli, gipoteza, tamoyillar, kategoriyalar, paradigmalar. Tafakkur va uning mohiyati. Tafakkur va borliqning birligi.
Tafakkurning asosiy shakllari: tushuncha, mulohoza, xulosa. Hissiy empirik va rasional bilish birligi. Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. Intuisiya va ijod. Falsafa tarixida intuisiyaga munosabat. Intuisiyaning bilishdagi roli.
Falsafada haqiqat muammosi. Haqiqat tushunchasi. Falsafa tarixida haqiqatga munosabat. Haqiqatning falsafiy asoslari. Haqiqatning asosiy shakllari. Ob’ektiv, mutlaq va nisbiy haqiqat. Haqiqatning korrespondent, kogerent va nazariy konsepsiyasi. Isbotlash va rad etish. Haqiqatni anglashda emotsiya, ideal, iroda, ishonch va shubhaning roli. Verifikatsiya tamoyili. Haqiqat va yanglishish, yolg‘on va dezinformatsiya (yolg‘on axborot). Haqiqatni amaliy tekshirishning yo‘llari. Amaliyot haqiqat mezoni. Haqiqatning ziddiyatli xarakteri. Haqiqatni baholash mezonlari.
Nazariya va amaliyot birligi. Amaliyot tushunchasi. Amaliyot falsafasi. Falsafa tarixida amaliyotga turli munosabatlar. Bilish va amaliyotning o‘zaro nisbati. Amaliyotning tarkibiy qismlari: maqsad, maqsadga muvofiq faoliyat, amaliyot vositalari, amaliy harakat ob’ektlari, harakat natijasi.
Amaliyotning ijtimoiy xarakteri. Ijtimoiy jarayonlarda amaliyotning o‘zgaruvchan xarakteri. Amaliyot va faoliyatning mutanosibligi.
Umumlashtirib aytganimizda, ongning mohiyatini, uning koinot evolyutsiyasining tabiiy natijasi ekanligini tushunish, u bi­lan bog’liq bo’lgan jarayonlarni ilmiy talqin etish olam va odam birligini anglash imkonini beradi. Ayni paytda, ongning mohiya­tini anglash insonning o’zligini, yashashdan maqsadi, hayotining ma’no-mazmuni kabi masalalarni chuqurroq tushunishga yo’l ochadi. Bu ong va u bilan bog’liq masalalar amaliy ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Aytish mumkinki, bugungi kunda kishilar ongida hukmronlikka erishish, ularning tafakkur tarzi va qadriyatlarini o’ziga bo’ysundirish turli ko’rinishlardagi maqsadlarga erishishning asosiy yo’li bo’lib qolmoqda. Ana shunday vaziyatda kishilar ongida sobitlik, Vatanga muhabbat tuyg’usi, o’z yurtining ertangi kuniga ishonch ustuvor bo’lmog’iga erishish muhim ahamiyat kasb etadi.


Nazorat savollari

  1. Bilish nazariyasining predmeti va o’ziga xos xususiyatlari.

  2. Bilishning asosiy turlari va shakllari.

  3. Bilishda haqiqat va amaliyot uygunligi.

  4. Falsafada metod va metodologiya, metodika tushunchalari.

  5. Ong va ongsizlik munosabati. Avtomatizm.

  6. Inson ruhiyati, ong va ongsizlikning psixoanalitik tahlili.

  7. Inson «komplekslari». jamoaviy ongsizlik va arxitiplar naza­riyasi.

  8. Ongsizlik, ongosti holatlarining shaxs amaliyotidagi o’rni.



adabiyotlar ro’yxati
1. Falsafa (qo‘llanma) E.Yusupovning umumiy tahriri ostida. - T.: Sharq, 1999. 247-300 betlar
2. Falsafa asoslari (Q.Nazarov). - T.: O‘zbekiston, 2005. 272-336 betlar
3. Falsafa. (E.Yusupov). -T.: O`qituvchi, 2005. 160-215 betlar
4. Rahimov I. Falsafa. -T.: Universitet, 1998. 333-392 betlar
5. Osnovы filosofii (M.Axmedova). -T.: Mehnat, 2004. 303-313 betlar
6. Falsafa. (M. Ahmedova). -T.: O`zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2006. 341-392 betlar
7. Falsafa fanlaridan o‘quv uslubiy majmua. - Guliston: GulDU, 2006. 49-51 betlar


Elektron resurslar
1. www.philosophy.ru
2. http://www.intencia.ru
3. http://www.anthropology.ru
4. http://www.ido.rudn.ru
5. http://www.filosofia.ru
6. http://www.falsafa.dc.uz
7. http://www.phenomen.ru
8. http://www.lib.ru/FILOSOF
9. http://www.filam.ru/sait.phg.
10. www.Ziyonet.uz
Download 35.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling