Foto: Layfxaker Aqlli jamoat transporti, quyosh batareyalari va xavfsizlikning yagona tizimi ayrim shaharlar uchun xayolot emas, haqiqatning o‘zginasi


Download 0.94 Mb.
Sana13.11.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1770509
Bog'liq
Aqilli shahar


Kirish
Aqlli shahar nima va bu konsepsiya qayerda amalga oshirilgan?

Foto: Layfxaker
Aqlli jamoat transporti, quyosh batareyalari va xavfsizlikning yagona tizimi ayrim shaharlar uchun xayolot emas, haqiqatning o‘zginasi.
Aqlli shahar oddiy shahardan nimasi bilan farq qiladi?
«Aqlli shahar» tushunchasiga yondashuvlar xilma-xil, biroq u doim texnologiyalar bilan boyitilgan aholi yashash punktini anglatadi. Bunday texnologiyalarning mohiyati tushunarli – qurilmalar o‘zaro aloqada tashqi olam bilan inson ishtirokisiz, biroq uning farovonligi yo‘lida xizmat qiladi. Oddiy misol – tabiiy yorug‘lik yetishmaganida ishga tushadigan ko‘cha yoritgichi.
Aqlli shaharlarning maqsadi – shaharliklar hayotini qulayroq va xavfsizroq qilish, shuningdek, shahar moliya mablag‘lari va hududini tejashdan iborat. Masalan, aqlli fonuslar bilan shahar ko‘chalari tunda ham xavfsiz, biroq elektr energiyasi uchun minimal miqdorda pul sarflanadi: qorong‘i tushmaguniga qadar u bekorga yonib turmaydi.
Kelajakning ideal aqlli shahrida har bir qadamda aholini texnologiyalar kutib oladi, ular yagona ekotizimni hosil qiladi va inson hayotining barcha jihatlari uchun javob beradi: jamoat transportida harakatlanishdan tortib, chiqindining qayta ishlanishigacha.
Shaharni nima aqlli qiladi?
Data-markaz
Ma'lumotlarning yagona bazasi turli axborotni kerak bo‘lganida bir-biri bilan taqqoslashi va undan foydalanishi mumkin. Masalan, qutqaruv xizmatiga qo‘ng‘iroq qilinganida jabrlangan kishining joylashgan joyi haqida, kasalxonaga yotqizilganida esa – uning tibbiy daftarchasi haqida ma'lumot olish mumkin. Ko‘chada kimdir to‘pponchadan o‘q uzganida esa axborot gumonlanuvchi shaxsning kameradan olingan rasmi bilan avtomatik tarzda politsiyachilarga kelib tushishi mumkin.
Universal shahar ilovasi
Shaharliklar uchun kerakli barcha ma'lumotlar ilovada birlashtirilishi mumkin. U orqali aqlli shaharda yashaydigan kishi taksi chaqirishi, to‘lovlarni amalga oshirishi, hukumat vakillariga yo‘ldagi o‘nqir-cho‘nqir joylar haqida xabar berishi, aynan shu fursatda shaharning qaysi qismida tirbandliklar va to‘xtash joyidagi bo‘sh o‘rinlar haqida bilib olishi mumkin. Aynan shunday dastur hozirda Chikagoda ishlaydi.

Haydovchisiz avtomobillar
Tesla, Uber va Google o‘z texnologiyalaridan yo‘llarda foydalanishga shay. Yo‘l belgilarini hisoblaydigan haydovchisiz avtomobillar esa kun kelib qo‘lda boshqariladigan harakatlanish vositalarini siqib chiqaradi. Biroq aqlli shaharda bari o‘zgacha ishlashi ham mumkin: bunday avtomobillar tarmoqqa birlashtiriladi va marshrutni rejalashtirishda joylashuvdan kelib chiqish ish ko‘riladi. Bu ancha xavfsiz bo‘lishi lozim. Haydovchisiz avtomobillar yo‘ldagi avariya holatlari va to‘xtash joylaridagi bo‘sh o‘rinlar haqida ham oldindan ma'lumot olishlari mumkin.
Aqlli to‘xtash joylari
Amerika intellektual transport jamiyati tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, tirbandliklarning 30 foizi avtomobil ishqibozlarining to‘xtash joyini uzoq qidirishi natijasida paydo bo‘lar ekan. Aqlli shahar konsepsiyasi esa bu jarayonni ilova yordamida osonlashtiradi. Maxsus datchiklar to‘xtash joyi vaqtini soniyasigacha aniqlikda o‘lchay oladi: pul miqdori ham kartadan avtomatik ravishda yechib olinadi. To‘xtash joyi sensorlaridan AQSh va Yevropaning ko‘plab joylarida foydalanishadi: tizim birinchilardan bo‘lib Parij va Kanzas-Sitida tatbiq etilgan.
Aqlli yoritgich
Biz qorong‘u tushganida ishga tushadigan ko‘cha fonuslari haqida aytdik. Biroq aqlli uy konsepsiyasi bundan ham qiziqroq ssenariylarni ko‘zda tutadi. Masalan, Amerikaning San-Antonio shahrida yomg‘irdan keyin transport arteriyalari bo‘ylab qo‘yilgan fonuslar yorug‘roq nur taratadi. Shu tariqa haydovchilar sirpanish ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘lni yaxshiroq ko‘ra olishadi.
Quyosh batareyalari
Ekologiya haqida qayg‘urish – aqlli shaharning muhim bandi, shuning uchun deyarli barcha loyihalarda elektr energiyasini olishning muqobil variantlariga ahamiyat berilgan. Shaharga tegishli va xususiy quyosh batareyalari ixcham yechim sanaladi. Masalan, aqlli Fudzisava shahrida(Fujisawa Sustainable Smart Town) ana shunday panellar deyarli har bir uyda o‘rnatilgan.

Kameralar
Kengaytmasi yuqori kameralar Chikagoda ko‘cha fonuslarida o‘rnatiladi va odamlar to‘planadigan joylarda xavfsizlikni ta'minlash uchun qo‘llaniladi. San-Antorioda esa undan boshqa maqsadda foydalanadilar: sudlanuvchi fuqarolar sudga borishlari shart emas, kamera o‘rnatilgan maxsus budkadan ko‘rinish berishning o‘zi kifoya.
Aqlli jamoat transporti
Harakatlanish intervali – aqlli shaharda avtobuslar haqida olish mumkin bo‘lgan axborotning hammasi emas. Bunday texnologiyalar Rossiya shaharlarida ham rivojlangan. Masalan, Moskvada to‘xtash joylari tablolarida kerakli mashina qancha vaqtdan keyin kelishi ko‘rsatiladi.
Yong‘inga qarshi datchiklar
Aqlli bunday qurilmalar odatiy tutun datchiklari kabi ishlamaydi. Aniqrog‘i, Amerikadagi Luisvill misoli shuni ko‘rsatadiki, aqlli datchiklar klassik datchiklar bilan bir juftlikda ishlaydi. Ulardan yong‘in chiqish xavfi bo‘lgan tashlandiq binolarda foydalanishadi. Bunday qurilmalarda quyosh batareyasi, mikrofon va aloqaning oddiy moduli bo‘ladi. Mikrofonga odatiy datchik sirenasi kelib tushganida yong‘in haqida o‘t o‘chiruvchilar va qo‘shnilarga xabar beriladi.
Aqlli chiqindi idishlari
Eng mashhur misol – Amerikada o‘rnatiladigan Bigbelly idishlari. Ushbu konstruksiya tufayli ular atrof-muhitni ifloslantirmaydi, ularda kemiruvchilar ko‘paymaydi, biroq eng muhimi - to‘lganida chiqindini olib ketish xizmatiga ularning o‘zi xabar beradi.

O‘q uzish lokatorlari
Amerikaning ko‘plab shaharlarida ShotSpotter o‘q uzish datchiklari o‘rnatilgan. Ular o‘q uzishlar miqdori, o‘q uzilgan joy va qurolning turini aniqlay oladi. Barcha ma'lumotlar politsiyaga yuboriladi.
Ochiq ma'lumot
Aqlli shahar tamoyillaridan biri – ochiqlik. Bu tajriba almashish, olingan axborotni shahar aholisi bilan o‘rtoqlashishga ham tegishli. Masalan, London merligining saytida transport, atrof-muhit ko‘rsatkichlari va aqlli datchiklar yordamida olingan boshqa statistikani olish mumkin.
Aqlli deb atash mumkin bo‘lgan shahar qanday ko‘rinishda?
Aqlli shahar deyilganida turli xil aholi yashash punktlari nazarda tutilishi haqida aytib o‘tdik. Misol uchun, Moskvaning ham o‘z loyihasi bor: Moskva-2030. Amerika, Osiyo va Yevropaning yirik shaharlarida, masalan, Singapur, Dubay, Barselona, Luisvill, Chikagoda ko‘plab innovatsiyalar joriy etilgan. Biroq kichik va yaqinda qurilgan, Panasonic tomonidan yaratilgan yapon polisi - Fudzisavu vakuumdagi aqlli shahar deb atash mumkin.

Fudzisava - Panasonic polisi
Uning maydoni – 19 gektar. Unda madaniy markazlar atrofida to‘plangan turar joy binolari, maydonlar, bolalar maydonchalari va do‘konlar mavjud. Elektr energiyasining bir qismi quyosh batareyalari bilan ta'minlanadi.
Ko‘cha fonuslari harakatlanish datchiklari bilan jihozlangan: yo‘lovchi yoki avtomobil yaqinlashishi bilan yorqinroq ko‘rinishga keladi.

Aqlli shahar loyihasi
Har bir uy shaharning televizion tizimiga ulangan. Uning yordamida aholi nafaqat kanallarni tomosha qilishi, balki elektromobil yoki elektr velosipedlarni ijaraga olishlari mumkin.

Aqlli shahar Fudzisavadagi televizion tizim
Xavfsizlikka alohida e'tibor qaratilgan. O‘sha televizion tizim yordamida aholi zilzila haqida darhol ogohlantiriladi. Fudzisava tashqi olamdan uzilganida esa u uch kun davomida o‘zini elektr energiyasi va issiq suv bilan ta'minlay oladi.

Fudzisava aqlli shahri
Loyiha saytida yangiliklar bo‘limi bor. Fudzisava doimiy ravishda biror hodisa sodir bo‘ladi, masalan, 15 iyuda mahalliy madaniy markazda salomatlik kuni bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, 1 iyulda bemor va farmatsevtlar orasida aloqa qilish uchun yangi onlayn-servis demorejimda ishga tushirildi.

Fudzisavadagi salomatlik kuni
Panasonic Fudzisavadagi muhim jihat yangi texnologiyalar emas, ekologiya haqida qayg‘urish va qo‘shnilar bilan muloqot qilish deb hisoblaydi. Yaratuvchilarining fikriga ko‘ra, shaxsiy avtomobili bo‘lmagan kishi ijaradan foydalanmasdan, qo‘shnisidan elektrokarni so‘rab turishi mumkin.

Aqlli shahar loyihasi
Shaharda oilada chaqaloqlar tug‘ilishiga mo‘ljallangan aqlli shaharlar bor, u yerda yasli va bolalar bog‘chalari faoliyat yuritadi. Fudzisava o‘z aholisining keksayishiga ham tayyorlanadi: keksa fuqarolar uchun ijtimoiy xodimlarga ega ko‘p xonadonli uylar bor. Uch avlod – yuz yil o‘tgach, shahar o‘zini to‘liq namoyish etadi, deb hisoblaydilar.
/////////////////////////
„Aqlli shahar“ — shahar tashkiliy mulkini boshqarish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va internet texnologiyalarining integratsiyasidir. „Aqlli shahar“ konsepsiyaga koʻra „aqlli transport“, „aqlli taʼlim“, „aqlli tibbiyot“, „aqlli energetika tizimi“, „aqlli qurilish“ „aqlli kommunal xoʻjalik“, „aqlli uy“, „aqlli hokimiyat“, „aqlli mahalla“ kabi loyihalar „Aqlli shahar“ texnologiyalarini joriy etishning asosiy yoʻnalishlari sifatida belgilanadi.
//////////////////
Jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050-yilda 70 foizga yaqinlashadi

Elektron hukumat markazining rasmiy telegram kanalida “Aqlli shahar” va uning qanday boʻlishi haqidagi fikr mulohazalar bayon qilindi.
Unda taʼkidlanishicha, hozir Yer aholisining katta yarmi — shaharliklar tashkil qilib, jahon aholisining urbanizatsiyalashuv darajasi 2050-yilda 70 foizga yaqinlashadi. Megapolislardagi singari zamonaviy imkoniyatlardan mosuvo kam aholi yashovchi va olis hududlarni odamlar tark etish jarayoni tezlashib bormoqda.
Chetdan aholining oqib kelishi shaharlarda transport tiqinlari, shahar xizmatlariga yuklanma, energiya resurslari isteʼmoli ortishi, ekologiyaning buzilishi kabi muammolarni keltirib chiqaradi.
Mazkur tahliliy manbada Aqlli shahar nima oʻzi? degan savolga quyidagicha javob berilgan:
“Oddiy tushuntirganda, aqlli shahar bu — axborot texnologiyalaridan foydalanish sharofati bilan, ham hukumat, ham aholi va tadbirkorlar nuqtai nazarida, infratuzilma va xizmatlarning samaradorligiga erishish. Hokimlik xotirjam — chunki barcha shahar xizmatlari vazifasini koʻngildagidek uddalayapti, tadbirkorlar mamnun — shahar infratuzilmasi yaxshiligidan biznes yurishmoqda, aholi baxtiyor — yashash qulay, barcha ehtiyojlar qondirilgan.
Biroq soʻnggi yillarda, resurslar kamayib ketayotgani, ekologiya muammolari tanglashayotgani ortidan, “aqlli shahar” konsepsiyasi yanada kengaytirildi. Endi aqlli shahar deganda nafaqat 5G va sunʼiy intellekt kabi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, balki ular bilan yonma-yon oqilona loyihalashtirilgan zamonaviy transport, suv taʼminoti, isitish, yoritish, chiqindilarni olib ketish tizimlari ham tushuniladi.
Koʻcha chirogʻi faqat mashina yoki piyoda oʻtayotganida yonadi, suv quvurlari yorilganida xabar kelmaydi, balki buzilishning oldi olinadi. Yuz foizlik “aqlli shahar”da hamma narsa oʻylangan va optimallashtirilgan boʻladi: turarjoy uyidagi barcha asbob-usukunalarning sinxronlashuvidan tortib, jamoat transporti yoʻnalishlarigacha, chiqindi tashuvchi mashinalar harakatidan tortib mahalliy hokimiyat muhim qarorlar qabul qilishida koʻmaklashuvchi IT-texnologiyalargacha”
Shuningdek, aqlli shaharda quyidagi jihatlar koʻzga tashlanishi taʼkidlanadi:
“Xavfsiz shahar — Fuqarolarning shahar ichida samarali harakatlanishining yoʻlga qoʻyilishi. (aqlli yoʻllar, aqlli transport, aqlli parkovkalar).
Atrof-muhit muhofazasi — ifloslanish va koʻkalamzorlashtirish nazorati.
Aqlli kommunal xizmatlar — suv, energiya taʼminoti, chiqindilar.
Shahar boshqaruvida fuqarolarning faol ishtiroki — elektron hukumat.
Qulay elektron taʼlim va tibbiyot — telemeditsina, masofaviy taʼlim.
Kuchli aloqa vositalari va tahlil tizimi.
“Aqlli” boʻlishga intilayotgan jahon shaharlari yuqoridagi yoʻnalishlarda turlicha bosqichlarda rivojlanish yoʻllarini bosib oʻtgan”
Qaysi texnologiyalar odatiy shahar hayotini “aqlli”ga aylantira oladi? Degan savolga quyidagicha javob beriladi:
“Interesting Engineering nashrining fikricha, 7 ta asosiy axborot texnologiyasisiz Smart City tamoyilini toʻlaqonli amalga oshirish mumkin emas. Aynan ularning negizida yuqori texnologiyali kelajak shaharlari uchun ishlanmalar yaratilmoqda.
Bular quyidagilar:
— IoT (Narsalar interneti). Barcha asboblar va qurilmalar oʻzaro aloqada ishlashi va yuqori samara keltirishi uchun, ular uzatgichlar bilan jihozlanishi va bulutli servislar yordamida bir ekotizimga birlashtirilishi lozim.
— Geolokatsiya. Shaharni rejalashtirishda va xizmatlar faoliyatida obyektlarning joylashgan oʻrni haqidagi maʼlumot juda muhim. Geokenglik texnologiyalari aynan shu maʼlumotlarni toʻplaydi va tahlil qiladi.
— Robotlar. Robotlarning aholi turajoylari, ishxona va jamoat joylariga integratsiyalashuvi nafaqat odamlarni ogʻir va yoqimsiz mehnatdan xalos etadi, balki shahar infratuzilmasi va xizmatlari samaradorligini oshirib, xarajatlarni qisqartirish imkonini beradi.
— XR-texnologiyalar. Virtual toʻldirilgan kenglik — toʻrtinchi sanoat inqilobining asosiy unsurlaridan biri. 2020-yildan boshlab, koronavirus pandemiyasi tufayli, bu texnologiyalar aqlli shaharni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlaridan biriga aylandi. XR texnologiyalar muammolarni masofadan turib (AR-koʻzoynaklar) hal etish yoki odamlarga muhim, biroq koʻnikmasi shakllanmagan narsalar (VR-trenajyorlar)ni oʻrgatish imkonini beradi.
— Sunʼiy intellekt. Neyrotarmoqlarsiz aqlli shahar ishlab chiqaruvchi ulkan maʼlumotlar oqimini real vaqt tartibida tahlil qilish imkonsiz. Haydovchisiz jamoat transportining yoʻnalishini belgilash, avtomobil trafigi va elektr tarmogʻini intellektual boshqarish, dronlarda yetkazib berish xizmatlari va boshqalarni faoliyatini sunʼiy intellektsiz tasavvur ham qilib boʻlmaydi. Shahar “sogʻmi”, uning “hayotiy muhim aʼzolari” ishlayaptimi — bularni tushunishimizda neyrotarmoqlar beqiyos oʻrin tutadi.
— 5G mobil tarmoqlari. 3G va 4G zamonaviy talablarga javob bermaydigan darajada eskirdi. Aqlli shahar ishlab chiqaruvchi ulkan maʼlumotlar oqimini tashishga bu mobil tarmoqlarning kuchi yetmaydi. Aqlli shahar toʻlaqonli ishlashi uchun faqat 5G-tarmoqlar kerak.
— Blokcheyn. Butun tizimning shaffofligi uchun kerak. Vositachisiz tranzaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi oʻzi bajariluvchi shartnomalar yoki smart-shartnomalarda foydalaniladi”
Jahonning “eng aqlli” shaharlari: Singapur, Nyu-York, San-Fransisko, London, Syurix, Amsterdam, Kopengagen va Stokgolm.
////////////////
Aqlli shahar texnologiyasini qo’llash istiqbollari.
Avgust 10, 2022
Britaniya Standartlar Instituti (British Standard Institution), aqlli shaharni quyidagicha ta’riflaydi “fuqarolar uchun barqaror, farovon va inklyuziv kelajakni ta’minlash uchun qurilgan muhitda jismoniy, raqamli va insoniy tizimlarning samarali integratsiyasi”.
AKT shahar hokimiyatiga jamoalar va shahar infratuzilmasi bilan bevosita aloqada bo’lish va shaharda nima sodir bo’layotganini, shahar qanday rivojlanayotganini va hayot sifatini yaxshilash yo’llari qanday ekanligini kuzatish imkonini beradi. Haqiqiy vaqt rejimida integratsiyalangan sensorlardan foydalanish orqali shahar aholisi va qurilmalaridan to’plangan ma’lumotlar qayta ishlanadi va tahlil qilinadi. To’plangan ma’lumotlar samarasizlik muammolarini hal qilishning kalitidir deb ifodalanadi.
AKT shahar xizmatlari sifati, mahsuldorligi va interaktivligini oshirish, xarajatlar va resurslar sarfini kamaytirish, shahar aholisi va davlat o’rtasidagi aloqani yaxshilash uchun qo’llaniladi.

Aqlli shahar texnologiyasini qo’llash shahar oqimlarini boshqarishni yaxshilash va murakkab muammolarga tezkor javob berish uchun ishlab chiqilmoqda. Shunday ekan, “aqlli shahar” fuqarolar bilan oddiy “operativ” munosabatlardan ko‘ra muammolarni hal qilishga ko‘proq tayyor. Biroq, atamaning o’zi, o’ziga xosligi bilan noaniq bo’lib qolmoqda va shuning uchun ko’plab sharhlar va munozaralarga duchor bo’lib kelmoqda.
Aqilli shahar xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Mobillik;
Hayot sifati;
Urbanizatsiya;
Aqilli texnologiyalar;
Shaxslashtirish;
Infratuzilmani modernizatsiya qilish;
Virtuallashtirish;
Ijtimoiylashtirish.
Aqlli shahar ta’rifi mutaxassislar tomonidan noaniq talqin qilinadi. Shunga qaramay, ularning formulalari bir narsaga mos keladi: aqlli shahar ma’lumotlarga asoslangan va ma’lumotlarni boshqarish orqali aholining hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ma’lumotlar fuqarolar hayotining xavfsizlik, transport, tibbiy xizmatlar, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish va boshqalar kabi sohalarini qamrab oladi. Ma’lumotlar manbalari qatoriga videokameralar, turli rusumdagi sensorlar, axborot tizimlari va boshqalarni ifodalasa bo’ladi.
BMT ma’lumotlariga ko’ra, 2050 yilga borib dunyo aholisining 67 foizi shaharlarda istiqomat qiladi. Allaqachon dunyoning baʼzi megapolislarida aholi haddan tashqari koʻp. Munitsipalitetlar har doim ham axlat yig’ish jarayonini samarali boshqara olmaydi, tumandan tumanga kommunal resurslar va elektr ta’minoti bir xil emas va hokazo. Aholini sifatli shahar xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida ma’muriyat tomonidan turli axborot tizimlari joriy etilmoqda. Aqlli shaharlarning umumiy bozor qiymati 2025 yilga borib 2 trillion dollardan oshadi. Bunday ma’lumotlar Frost & Sullivan tomonidan sun’iy intellekt (AI) tendentsiyalari bo’yicha tadqiqotida keltirilgan. Tahlilchilarning fikriga ko’ra, sun’iy intellekt shaxsiylashtirilgan sog’liqni saqlash, robototexnika, taqsimlangan energiya va ilg’or haydovchilarga yordam berish tizimlari bilan bir qatorda aqlli shaharlarni qurishda qo’llaniladigan asosiy texnologiyalardan biriga aylanadi. Frost & Sullivan ekspertlarining ta’kidlashicha, hozir bunday texnologik transformatsiyalarni faollashtirish uchun eng qulay vaqt. Eng kamida, bu hisob-kitoblarga mos keladi, unga ko’ra 2050 yilga kelib sayyoramizning rivojlangan mamlakatlari aholisining 80 foizi shaharlarda yashaydi. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, aqlli shaharlarni yaratishda nafaqat turli innovatsiyalar, balki fuqarolarning o‘zlarini ham jarayonga jalb etish muhim omil bo‘ladi. Shu fo’nda turli ekspertlar Xitoyda mahalliy hokimiyat va jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamani boshlashni taklif qilmoqda. Frost & Sullivanning qayd etishicha, bu chaqiriqlar tasodifiy emas: aqlli shaharlarning yarmidan ko‘pi ushbu mamlakatda joylashgan bo‘lib, 2025-yilga borib iqtisodiyotga 320 milliard dollar daromad keltiradi. “Aqlli shaharlarni loyihalashda eng muhim masalalardan biri bu fuqarolar xavfsizligidir. Hozirda IT sohasida xalq farovonligini himoya qilishga qaratilgan yechimlar mavjud. Misol uchun, Hitachi Visualization Suite shaharda sodir bo’layotgan voqealar haqida to’liqroq va aniqroq tasvirni taqdim etish orqali jinoyatchilikning oldini olishga yordam beradi. Hitachi Video Analytics (HVA) tashkilotlarga shahar maydoni, transport va aeroportlar haqida qimmatli ma’lumotlarni olishga yordam beradi. Yechimlar shahar ehtiyojlari o’zgarishi bilan moslashadi va miqyoslanadi “.
Mamlakatimizda aqilli shahar ekotizimini yaratish bo’yicha keng ishlar olib borilmoqda, buning natijasida shahar infrastrukturasi yagona markazlashgan aqilli shahar infrastrukturasiga o’tkazilishi mamlakatimizning ustuvor vazifalaridan sanaladi. O‘zbekiston ham global rivojlanish tendensiyalarini kuzatib, bir necha bosqichda “Aqlli shahar” loyihalarini qurish va amalga oshirishga kirishdi. 2017-yilda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-2023-yillarda butun O‘zbekistonni qamrab olgan “Xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi 48-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish konsepsiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha 2019- 2030 yilga mo‘ljallangan amaliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, ular to’rt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich (2019-2021 yillar) – “aqlli” shaharni barpo etishning asosiy yondashuvlarini belgilash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
hududiy profilni shakllantirish;
mavjud infratuzilmani baholash;
rivojlanish ko’rsatkichlarini aniqlash;
mavjud aktivlarni tahlil qilish, mavjud muammolar va muvaffaqiyat hikoyalari.
Ikkinchi bosqich (2022-2024) – bu aqlli shahar konsepsiyasini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish:
manfaatdor tomonlarning ishtiroki;
faoliyat yo’nalishlari va rejalarini belgilash;
xavf-xatarni baholash;
moliyaviy strategiyani shakllantirish;
asosiy faoliyat ko’rsatkichlari va maqsadlarini aniqlash.
Uchinchi bosqich (2025-2027) – qurilishni batafsil rejalashtirish:
byudjetlashtirish;
samaradorlik prognozi;
axborot tizimlarini avtomatlashtirish va joriy etish imkoniyatlarini aniqlash.
To’rtinchi bosqich (2028-2030 yillar) – amalga oshirish va samaradorlikni baholash:
birgalikda (barcha manfaatdor tomonlar bilan) amalga oshirish;
ishlash monitoringi;
baholash va qayta baholash (tendensiyalarni, investitsiya parametrlarini tahlil qilish), joylashtirishni (kengaytirishni) ta’minlash.
Shunday qilib, O‘zbekistondagi “aqlli” shahar inqirozli vaziyatlarni boshqarish, monitoring qilish va ularga javob berish markaziga ega yagona tizimdir. O‘zbekistonda “aqlli” shaharlarni rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi aholi xavfsizligi darajasini oshirishga, jinoyatchilik darajasini pasaytirishga, mamlakatning turizm salohiyatini yuksaltirishga, investitsiya muhiti va davlat tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga olib keladi.
Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling