10-amaliy Yoritish Qurilmalarni xisoblash Elektr yoritish Qo‘llash doirasi, umumiy talablar


Download 213.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi213.99 Kb.
#1530310
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-амалий (1)



10-amaliy 
Yoritish Qurilmalarni xisoblash 
Elektr yoritish 
Qo‘llash doirasi, umumiy talablar 
6.1.1. Qoidaning Ushbu bo„limi binolar, inshoatlar va turli maqsaddagi 
imoratlar, ochiq hududlar va ko„chalarning elektr yoritgichlariga, shuningdek
reklama yoritgichlariga taaluqli. 
Binolar, inshoatlar va turli maqsaddagi imoratlar, ochiq hududlar va 
ko„chalarning elektr yoritgichlariga, shuningdek, reklama yoritgichlarini loyihalash 
jarayonida Qurilish me‟yorlari va Qoidalari (bundan buyon matnda - QMQ)ning 
"TabIIy va sun‟iy yoritish", SHaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining 
tashqi yoritgichlarini loyihalash bo„yicha Yo„riqnoma", "Turar-joy va jamoat 
binolarining elektr qurilmalari" va "Elektrotexnik qurilmalar" talablari bajarilishi 
shart. 
Maxsus qurilmalar (turar-joy va jamoat binolari, yirik korxonalar, portlashga va 
yong„inga xavfli qurilmalar)ning elektr yoritilishi, mazkur bo„limdagi talablardan 
tashqari, Elektr uskunalarining tuzilish qoidalari (bundan buyon matnda EUTQ)ning 
7-bo„lim talablariga ham javob berishi kerak. 
6.1.2. Yoritish me‟yorlari, yoritgichlarni ko„zni qamashtirishi bo„yicha 
cheklovlar va yoritish tizimlarining boshqa sifat parametrlari QMQ "TabIIy va sun‟iy 
yoritish" va boshqa tegishli me‟yoriy hujjatlarga muvofiq qabul qilinishi kerak. 
6.1.3. Elektr yoritish uchun gaz razryadlagichli chiroqlar (lyuminestsent, yuqori 
bosimli va simob bilan ishlov berilgan DRL, DRI, natriyli, ksenonli), shuningdek, 
yangi xalqaro standartlariga javob beradigan elektr yoritish chiroqlari ishlatilishi 
kerak. 
6.1.4. Gaz razryadlagichli chiroqlarning qurilmalarida radioto„lqinlarga xalaqit 
berilishini belgilangan me‟yorlargacha kamaytiruvchi himoya qurilmalari ko„zda 
tutilishi kerak. Bu me‟yorlar “Sanoatda radioto„lqinlarga xalaqit berilishining ruxsat 
etilgan me‟yorlari. Lyuminestsent chiroqli yoritgichlar. Ruxsat etilgan qiymatlar. 
Sinash usullari.”, shuningdek, O„zbekiston Respublikasining “Radiochastota spektri 
to„g„risida”gi va “O„zbekiston Respublikasida radioaloqadan foydalanish qoidalari” 
(ro„yxat raqami 1547, 21 fevral 2006 yil). 
6.1.5. Agar barcha rejimlarda elektr ta‟minoti o„zgaruvchan tokda bajarilsa va 
xonaning atrof-muhitida harorat +5°S dan kam bo„lmasa, u holda favqulodda yoritish 
tizimi uchun lyuminestsent lampalar ishlatilishi mumkin. 
Favqulodda yoritish tizimi uchun lyuminestsent lampalar ishlatilganda, ushbu 
lampalar elektr tarmog„ida kuchlanish nominal qiymatidan 90% dan kam 
bo„lmagandagina ishonchli ishga tushishini va yonishini e‟tiborga olinishi lozim. 
Loyiha bo„yicha o„z ehtiyoj ta‟minoti o„zgarmas tokda bajarilgan elektr 
stantsiyalar va podstantsiyalarni qurilmalarini boshqaruv shitlari binolarini favqulotda 
yoritish tizimi uchun, xonaning atrof-muhiti harorati mos kelmasa va tarmoqdagi 
kuchlanish 
yoritish 
qurilmalarining 
zavod 
tomonidan 
ko„rsatilgan 
texnik 
ko„rsatgichlariga mos kelmasa lyuminestsent lampalardan foydalanishga ruxsat 
etilmaydi. 
6.1.6. Ishlab chiqarish binolarni yoritish uchun bir turdagi yoki aralash yoritish 
tizimlaridan foydalanish kerak. 


Ishlab chiqarish binolariga kirmaydigan xonalarni yoritish uchun, qoida 
tariqasida, umumiy bir xil yoritgichlardan foydalanish kerak. 
6.1.7. Umumiy yoritish tizimi chiroqlari uchun: neytral yerlangan tarmoqlarda 
380/220 V dan yuqori bo„lmagan kuchlanish, shuningdek neytrali izolyatsiyalangan 
tarmoqlarda va o„zgarmas toklarda 220 V dan yuqori bo„lmagan kuchlanishdan 
foydalanilishi kerak. 
Alohida chiroqlar uchun, qoida tariqasida, 220 V dan yuqori bo„lmagan 
kuchlanishdan foydalanish kerak. Yuqori xavfli bo„lmagan xonalarda ushbu 
ko„rsatgich, o„rnatilgan balandligidan qatьiy nazar, barcha statsionar yoritgichlar 
uchun ham ruxsat etilgan. 
Maxsus yoritgich (ksenon, yoy razryadli lampa (DRL), simob-impulьsli yoy 
razryadli lampa (DRI), natriyli, uch fazali)lar va maxsus sxemali (masalan, chiroqlari 
ketma-ket ulangan uch fazali) gaz razryadli lampalarning ishga tushirish boshqarish 
apparatlarining elektr ta‟minoti uchun 220 Vdan yuqori kuchlanishdan foydalanishga 
ruxsat etiladi. Lekin 380 Vdan yuqori bo„lmasligi lozim, shuningdek, neytrali 
yerlangan tarmoqlarda faza kuchlanishi 660/380 V dan foydalanishga ruxsat etiladi 
qachonki quyidagi talablar bajarilsa: 
1. Yoritgich va ishga tushirish-boshqarish apparatiga kirish simlari va kabellari 
mis tolali va 660 Vdan kam bo„lmagan kuchlanishga mo„ljallangan izolyatsiyali 
bo„lishi kerak. 
2. Yoritgich kirishidagi barcha fazalarni simlarini bir vaqtning o„zida o„chirilishi 
(uzilishi) ta‟minlanishi kerak.
Ushbu talab, shuningdek, bir nechta 380/220 V simlar kirgan va ixtiyoriy turdagi 
chiroqlar o„rnatilgan ko„p chiroqli barcha yoritgichlar uchun ham taaluqli (yuqori 
xavfli bo„lmagan xonalarda o„rnatilgan yoritgichlardan tashqari). 
3. Yuqori xavfli va o„ta xavfli bilan xonalarda yoritgichlarda amaldagi 
kuchlanishni ko„rsatgan (“380 V”) holda maxsus aniq farqlanadigan belgilar bo„lishi 
kerak. 
4. Yoritgichga 660/380 V tizimining turli xil fazalarining ikkita yoki uchta 
simlarini kiritish taqiqlanadi. 
Yuqori xavfli va o„ta xavfli xonalarda cho„g„lanma lampali, DRL, DRI va 
natriyli umumiy yoritish chiroqlarini poldan yoki xizmat ko„rsatish maydonchasidan 
2,5 m kam balandlikda o„rnatilganda, shunday yoritgichlardan foydalanish kerakki, 
bunda yoritgichlarga maxsus asboblar (otvertka, ombir, gaykali va maxsus kalitlar va 
boshqalar)siz tegish imkoniyatini cheklovchi kontruktsiyada bo„lishi lozim. Bunday 
yoritgiyalarning kirishida elektr simlar metall trubalarda yoki himoya qobiqli 
kalerrada va himoyalangan simlarda bo„lishi kerak, yoki cho„g„lanma lampali 
yoritgichlar ta‟minoti 42 Vdan yuqori bo„lmagan kuchlanishda bajarilishi kerak. Bu 
talablar elektr xonalardagi, shuningdek, malakali xodimlar tomonidan kran yordamida 
yoki maydonchadan xizmat ko„rsatiladigan yoritgichlarga taaluqli emas. Bunda 
yoritgichdan kran mostigacha bo„lgan masofa 1,8 m dan kam bo„lmasligi yoki 
yoritgichlar tomning fermasini pastki qismidan past bo„lmagan balandlikda 
o„rnatilgan bo„lishi lozim, ularga kran yordamida xizmat ko„rsatilishida esa xavfsizlik 
texnikasi talablariga rioya etilishi kerak. 


127-220 V kuchlanishli lyuminestsent lampali yoritgichlar, bexosdan tok 
o„tkazuvchi qismlarga tegish imkoniyati bo„lmaslik sharti bilan, poldan kamida 2,5 m 
balandlikda o„rnatilishiga ruxsat etiladi.
6.1.8. CHo„g„lanma lampali mahalliy statsionar yoritish chiroqlarini quyidagi 
kuchlanishlarni qo„llash kerak: xavf darajasi yuqori bo„lmagan xonalarda - 220 V dan 
yuqori bo„lmagan; yuqori xavfli va ayniqsa o„ta xavfli xonalarda - 42 V dan yuqori 
bo„lmasligi kerak. 
Istino sifatida, quyidagi hollarda maxsus kontruktsiyali yoritgichlar uchun 220 V 
gacha kuchlanishni qo„llashga ruxsat etiladi: avtonom energiya manbaiga ulangan 
avariyali yoritish tizimining asossiy qismini tashkil etganda, yuqori xavfli xonalarga 
o„rnatiladigan yoritgichlarda (lekin o„ta xavfli emas). 
127-220 V kuchlanishli lyuminestsent lampali yoritgichlarni, bexosdan tok 
o„tkazuvchi qismlarga tegish imkoniyati bo„lmaslik sharti bilan, mahalliy yoritish 
uchun o„rnatilishiga ruxsat etiladi.
Zax, o„ta zax, issiq yoki aktiv kimyoviy muhitli xonalarda lyuminestsent lampali 
yoritgichlardan foydalanishga faqatgina maxsus konstruktsiyali bo„lsagina ruxsat 
etiladi. 
6.1.9. Yuqori xavfli va o„ta xavfli bo„lgan xonalarda qo„l yoritgichlari uchun 42 
V dan yuqori bo„lmagan kuchlanish qo„llanilishi kerak. 
Noqulay sharoitlar mavjudligida, qaysiki, tor joy hisobiga elektr tokidan 
jabrlanish xavfi, ishlayotganning holatini noqulayligi, katta metalldan tayyorlangan va 
yaxshi yerlangan qoplamalarga tegib ishlaganda (masalan, qozonlardagi ishlar) qo„l 
yoritgichlari uchun 12 V dan yuqori bo„lmagan kuchlanish qo„llanilishi kerak. 
Ko„chma, osiladigan, stolga o„rnatiladigan va shu kabi boshqa yoritgichlar 
uchun kuchlanish tanlashda mahalliy statsionar yoritish chiroqlariga tenglashtiriladi. 
6.1.10. 
Yoritish 
tarmoqlarida 
kuchlanish 
yo„qotilishini 
hisoblashda 
quyidagilarga amal qilinishi kerak: 
1. Yoritish tarmog„ida kuchlanishning og„ishi “Elektr energiyasi. Umumiy 
foydalanishdagi elektr tarmoqlari uchun elektr energiyasi sifati bo„yicha talablar” 
to„g„risidagi davlat standartiga mos kelishi lozim. 
2. 12-42 V tarmoqlarda quvvat manbai chiqishlariga nisbatan 10% gacha 
kuchlanish yo„qotilishiga yo„l qo„yilishiga ruxsat etiladi. 
6.1.11. Gaz razryadi lampalarni ishonchli ishlashini ta‟minlash uchun kuchlanish 
miqdori hatto avariyadan keyingi hollarda ham nominal kuchlanishning 90% dan kam 
bo„lmasligi kerak. 
6.1.12. Reklama yoki boshqa ob‟ektlarning yoritish tayanchlarida simli (kabelli) 
liniyalarni birgalikda tarmoqlanishida liniya egasining roziligi bilan texnik shartlarga 
va ushbu Qoidaning talablariga mos ravishda bajarilishi kerak. 

Download 213.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling