O`zbekiston milliy arxivi I. Kirish. II. Asosiy qism. Idoraviy arxivlar to'g'risida tushuncha


Download 30.31 Kb.
bet1/2
Sana24.12.2022
Hajmi30.31 Kb.
#1061340
  1   2
Bog'liq
arxiv


O`zbekiston milliy arxivi


I.Kirish.
II.Asosiy qism.
1.Idoraviy arxivlar to'g'risida tushuncha.
2.Shaxsiy va davlat arxivlari.
3."Arxivlar va idoraviy arxivlar tog'risida"gi Nizom.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati.

1. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi ushbu nizom (keyingi o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi) “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan va arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan arxiv hujjatlarini jamlash, saqlanishini ta’minlash, qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, arxiv hujjatlaridan foydalanish, zarur axborotni taqdim etish bo‘yicha xizmatlar, shuningdek amaldagi qonunchilik doirasida boshqa xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilaydi.


2. Arxivlar va idoraviy arxivlar o‘z ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yilgan faoliyat turlari doirasida xizmatlar ko‘rsatadi.
II. Asosiy tushunchalar
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan muassasa;
arxiv hujjatlari – fuqarolar, jamiyat va davlat uchun ahamiyatli bo‘lganligi tufayli saqlanishi lozim bo‘lgan matnli, qo‘lyozma va mashinada o‘qiladigan hujjatlar, ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari, chizmalar, sxemalar, xaritalar, shuningdek boshqa turli moddiy jismlardagi yozuvlar;

idoraviy arxiv – arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradigan tashkilotning tarkibiy bo‘linmasi;


arxivni jamlash manbai – uning arxiv hujjatlari bilan fondga tegishliligi bo‘yicha arxiv jamlanadigan arxiv fondini saqlovchi;
hujjatlar saqlanishini ta’minlash – hujjatlarning yo‘qolib ketmasligi va ularning talab etilgan jismoniy holatda bo‘lishi uchun hujjatlar saqlanishiga maqbul shart-sharoitlar yaratish, me’yorlarga rioya etish va hujjatlar saqlanishini ta’minlash kabi tadbirlar majmuasi;
tartibga keltirish – hujjatlar qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, yig‘majildlarni shakllantirish va rasmiylashtirish, shuningdek arxiv ro‘yxatlarini tuzishni o‘z ichiga oladigan hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish va ularni arxivda saqlashga tayyorlash bo‘yicha ishlar majmui;
hujjatlarning qimmatliligini aniqlash ekspertizasi – saqlash uchun tanlab olish maqsadida arxiv hujjatlarining qimmatliligini belgilash.
III. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan bepul asosda amalga oshiriladigan xizmat turlari
4. Bepul amalga oshiriladigan xizmatlarga quyidagilar kiradi:
a) arxiv hujjatlaridan foydalanish va o‘quv zalida foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish;
b) ijtimoiy-huquqiy so‘rovlarni bajarish, xususan, 10 yillik muddat uchun mehnat faoliyati va ish haqini tasdiqlash to‘g‘risidagi, yuridik shaxsni qayta nomlash to‘g‘risidagi, o‘quv muassasalarida o‘qiganlikni tasdiqlash to‘g‘risidagi, mukofotlanganlik to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini berish;
v) arxiv ma’lumotnomalarini va arxiv hujjatining ko‘chirma nusxalarini qog‘ozda va elektron jismlarda tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga taqdim etish;

g) huquqni muhofaza qilish organlarining murojaatiga ko‘ra arxiv hujjatlarini vaqtincha foydalanish uchun 3 oy muddatgacha taqdim etish;


d) arxivlarning jamlash manbalaridan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (bundan keyingi o‘rinlarda – MAF deb yuritiladi) tarkibiga kiritilgan, belgilangan idoraviy saqlov muddati tugagan hujjatlarni tartibga keltirilgan holda doimiy saqlash uchun qabul qilib olish.
IV. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi
5. Faoliyat ixtisosligi bo‘yicha, shuningdek ilmiy-uslubiy salohiyati va texnik jihozlanganligidan kelib chiqib arxivlar va idoraviy arxivlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi (keyingi o‘rinlarda – “O‘zarxiv” agentligi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadigan tartibda tuziladigan va tasdiqlanadigan Xizmatlar nomenklaturasi bo‘yicha pulli xizmatlarni amalga oshiradilar.
6. Pulli xizmatlar arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalar asosida bajariladi.
Arxivlar va idoraviy arxivlardagi pulli xizmatlar mazkur arxiv yoki idoraviy arxivning shtatdagi xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Zarurat tug‘ilganda mehnat shartnomalari asosida qo‘shimcha xodimlar jalb etilishi mumkin.
7. Xizmatlar haqining bajariladigan ishlar sifatining pasaytirilishi hisobiga kamaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda – tashkilotlar deb yuritiladi) hujjatlarini tartibga keltirish bo‘yicha pulli xizmatlar tegishli arxiv bilan mehnat shartnomasi tuzgan Arxivlar mutaxassislarining O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hujjatlarini tartibga keltirishga kompetentligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq tegishli lavozimga attestatsiyadan o‘tkazilgan arxivlar, idoraviy arxivlar mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxasislar tomonidan amalga oshiriladi.

9. Arxivlarning jamlash manbalari bo‘lmagan tashkilotlarga arxivlar tomonidan pulli xizmatlar ko‘rsatish ushbu tashkilot jamlash manbai hisoblangan arxivning roziligi olingandan so‘ng amalga oshiriladi.


10. Arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan pulli asosda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxi O‘zbekiston Respublikasining normativ – huquqiy hujjatlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tasdiqlangan arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxlari hisob-kitobi bo‘yicha uslubiy tavsiyalarga binoan belgilanadi.
11. Xorijiy mamlakatlarning foydalanuvchilari uchun xizmatlar ko‘rsatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
V. Xizmatlar ko‘rsatilayotganda arxiv hujjatlarining saqlanishini ta’minlash
12. Xizmatlar ko‘rsatilayotgan vaqtda arxivlar va idoraviy arxivlar vaqtincha saqlanishi yoki doimiy saqlanishi lozim bo‘lgan arxiv hujjatlarining butligini ta’minlashga qaratilgan tegishli chora – tadbirlarni ko‘rishi lozim, bunda arxiv axboroti manbaining jismoniy shikastlanishi, yo‘qolishi yoki buzilishi mumkinligining oldi olinishi lozim.
13. Quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi:
arxiv hujjatlarining saqlanishi va xavfsizligini ta’minlash talablariga zid xizmatlarni ko‘rsatish;
MAFning davlatga tegishli bo‘lgan qismi tarkibiga kiritilgan hujjatlarning egasi hisoblangan tashkilotlarga jamlash manbai mazkur tashkilot bo‘lgan davlat arxivining roziligisiz hujjatlarni jamlash va qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

ushbu sohada ishlash uchun attestatsiyadan o‘tmagan, shuningdek arxivlarning mutaxassislari bo‘lmagan yoki ushbu arxiv bilan mehnat shartnomasi tuzmagan mutaxassislar tomonidan tashkilotlarning hujjatlarini tartibga solish;


doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar tartibga solinmasdan turib hujjatlarni yo‘q qilishga ajratish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish.
VI. Yakunlovchi qoidalar
14. Arxivlar va idoraviy arxivlar arxiv hujjatlarini jamlash, saqlanishini ta’minlash, qimmatliligini aniqlash ekspertizasini o‘tkazish, shuningdek arxiv hujjatlaridan foydalanish va zarur axborotni taqdim etish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish ishlarining sifati hamda taqdim etilayotgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar.
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Idoraviy arxivlar. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining arxiv tizimida idoraviy arxivlar muhim o‘rin egallaydi. Hozirgi kunda respublikamizda idoraviy arxivlarning soni salkam 10 mingni tashkil etadi. Idоraviy arхivlar davlat hоkimiyati va bоshqaruv оrganlari, kоrхоnalar, muassasalar va tashkilоtlar qоshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan хizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va bоshqa maqsadlarda fоydalanish uchun tashkil etilgan. Qоnunda bеlgilanganidеk, zarurat tug‘ilganda idоraviy arхiv o‘rniga birlashgan idоraviy arxivlar yoki idоralararо arхivlar ham tuzilishi mumkin. Idоraviy arхivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Bеlgilangan muddatdan so‘ng idоraviy arхivlarning hujjatlari davlat arхiviga tоpshiriladi. Hujjatlarni idоraviy arхivlarda saqlash, ulardan fоydalanish va o‘z vaqtida davlat arхivlariga tоpshirish uchun mazkur idоra yoki muassasa rahbari shaхsan javоbgardir. Idоraviy arхivlarning faоliyati, hujjatlarni idоraviy arхivlardan davlat arхivlariga o‘tkazish tartibi “Arхiv ishi to‘g‘risida”gi Qоnun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tasdiqlagan nizоmlar asоsida amalga оshiriladi.
Eng yirik idoraviy arxivlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining arxivi hisoblanadi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va respublika viloyatlarida ushbu arxivning bo’limlari mavjud. Arxivda sovet davri hujjatlaridan sobiq O’zbekiston kommunistik partiyasi va O’zbekiston kommunistik yoshlar ittifoqi (komsomol) ning hujjatlari, mustaqillik davri hujjatlaridan esa Prezident Administratsiyasi va mahalliy hokimliklar hujjatlari saqlanmoqda.
Qonunda MAFning davlatga tegishli qismi hujjatlarini idoraviy arxivlarda saqlashning quyidagi muddatlari belgilangan:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tashkil etiladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek respublika bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari – 15 yil mobaynida;
• mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlarining tegishli hududiy bo‘linmalari, viloyat bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari – 10 yil mobaynida;
• tuman va shahar bo‘ysunuvidagi davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining arxiv hujjatlari – 5 yil mobaynida;
• ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, boshqa tashkilotlarning arxiv hujjatlari – 10 yil mobaynida;
• ilmiy, texnologik, konstruktorlik va patent hujjatlari — 20 yil mobaynida;
• kapital qurilish bo‘yicha loyiha hujjatlari – 25 besh yil mobaynida;
• telemetrik hujjatlar – 5 yil mobaynida;
• ovozli yozuvlar, videoyozuvlar, kinolentalar, fotosuratlar, fotografiya plyonkalari – tayyorlangan vaqtidan boshlab 3 yildan oshmagan muddat mobaynida;
• mashinada o‘qiladigan hujjatlar – 5 yil mobaynida.
Milliy arxiv fondining davlatga tegishli qismi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlarini idoraviy arxivlarda vaqtincha saqlash muddatlari o‘tgach, ular belgilangan tartibda davlat arxivlariga topshiriladi.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar, sud ishlari va xo‘jalik kitoblari idoraviy arxivlarda 75 yil mobaynida saqlanishi lozim.
Idоraviy arхivlar davlat arхivlarini yangi hujjatlar bilan to‘ldiruvchi asоsiy manbadir.
Shaxsiy tarkib arxivlari. O‘zbekiston Respublikasining arxiv tizimida xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlari muhim o‘rin tutadi. Bunday arxivlar sovet davrida, aniqrog‘i 1973-yildan tashkil etila boshlangan. Ularda turli korxonalar, muassasa va tashkilotlarning shaxsiy tarkib hujjatlari (xodimlarni ishga qabul qilish, bir lavozimdan boshqa lavozimga o‘tkazish, rag‘batlantirish, ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi hujjatlar, shaxsiy yig‘majildlar, anketalar, attestatsiyadan o‘tkazish haqidagi hujjatlar va h.) 75 yil davomida saqlanadi.
Mustaqillik yillarida shahar va tuman hokimliklari huzuridagi xo‘jalik hisobidagi shaxsiy tarkib hujjatlari arxivlarining soni muttasil ortib bordi. Hozirgi kunda ularning soni 115 tani tashkil etadi, ularda saqlanayotgan hujjatlar soni 3 mln dan ortiqdir. Ayni vaqtda shaxsiy tarkib hujjatlarining katta qismi davlat arxivlarida ham saqlanmoqda. Masalan, 2014-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyat davlat arxivida saqlanayotgan yig‘majildlarning 35 foizini shaxsiy tarkib hujjatlari tashkil etgan.
Nodavlat arxivlar. Shaxsiy (oilaviy) arxivlar
Nodavlat arxivlar. Mustsqillik yillarida arxiv tizimida ko‘zga tashlangan yana bir yangilik bu – nodavlat arxivlarning vujudga kelishi bo‘ldi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 17 ta nodavlat arxivi faoliyat yuritmoqda, ularning fondlarida 3 mln dan ortiq saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Nodavlat arxivlar vujudga kelishining asosiy sababi shundan iboratki, davlat arxivlari nodavlat tashkilotlari va jismoniy shaxslar tomonidan taqdim etilayotgan barcha hujjatlarni qabul qilib olish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ham kelajakda nodavlat arxivlarning soni yanada ortib borishi bashorat qilinmoqda.
Shaxsiy (oilaviy) arxivlar. Har bir shaхsning hayoti va faоliyati davоmida uning iхtiyorida ma’lum miqdorda hujjatlar to‘planadi. Bu hujjat va matеriallar o‘sha fuqarоning shaхsiy arхivini tashkil etadi. Bunday arхivlar garchi fuqarоlarning shaхsiy mulki bo‘lsa-da, ularda davlat ahamiyatiga mоlik hujjatlar ham saqlanishi ehtimоldan хоli emas. Shuning uchun ham bunday hujjatlar ekspеrtiza qilingandan so‘ng O‘zbekiston Milliy arхiv fоndiga kiritiladi va bu hujjatlarning egalari ularning saqlanishini ta’minlashlari zarur. Shaхsiy arхivlardagi bunday hujjatlar egasining rоziligi bilan mulk huquqi saqlangan hоlda davlat arхivlari, muzеy va kutubхоnalarda shartnоma asоsida dоimiy yoki dеpоzitar (vaqtincha) asrоvga оlinishi mumkin.
Хulоsa qilib shuni aytish kеrakki, hоzirgi kunda O‘zbekistonda davlat, idоraviy, shaxsiy tarkib arxivlari, nodavlat va shaхsiy arхivlar mavjud bo‘lib, bu arхivlarda rеspublikamizning o‘tmishi va hоzirgi kunini o‘zida aks ettirgan bеbahо hujjatli manbalar saqlanmоqda. Ushbu hujjatlardan foydalanichni yo’lga qo’yish va ularni nеs-nоbud qilmasdan kеlajak avlоdlarga yеtkazish arхiv хоdimlari va barcha fuqarоlarning muqaddas burchidir.
Mustaqillikka erishganimizdan so'ng barcha sohalar kabi arxiv sohasi ham rivojlana boshladi.Barcha arxiv hujjatlarini ozimizda saqlash imkoniyati paydo bo'ldi.Bundan tashqari mustaqil bolganimizdan so'ng davlatimiz bozor iqtisodiyotiga otgandan so'ng hususiy korxonalar paydo boldi. O'z navbatida bu idoraviy arxivlar ko'payishiga olib keldi. Bundan tashqari davlat aparati va yangi vazirliklar tuzilishi idoraviy arxivlar kopayishiga olib keldi.Arxiv hujjatlari ko'payishi o'z navbatida yangi binolar va zamaonaviy texnikalarni bunyod etishga olib keldi.Mustaqillik yillarida Arxiv sohasiga doir ko'plab farmon va qarorlar qabul qilindi.
Arxiv faoliyatini tashkil qiladi va arxiv zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi;
o‘rinbosarning va tasarrufidagi bo‘lim mudirlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi;
arxivning asosiy faoliyati va xodimlarga oid buyruqlar chiqaradi va ularga oid ko‘rsatmalar beradi hamda bajarilishini nazorat qiladi;
arxiv xodimlarining belgilangan tartibda ishga oladi va ishdan bo‘shatadi;
arxiv xodimlarini muntazam ravishda malakasini va amaliy ko‘nikmalarini oshirishni ta’minlaydi;
arxivning moddiy-texnik bazasini doimiy takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalar, shuningdek avtomatlashtirilgan ishchi o‘rinlarini tadbiq etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
mehnat va ijro intizomi, so‘rovlarni ijro etish sifati va madaniyatini doimiy nazorat qilib boradi;
O’zbekiston Milliy arxivi tarkibiy bo‘limlari Nizomlarni, xodimlarning lavozim yo‘riqnomalari, Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasi (ETUK) to‘g‘risidagi Nizom, Mehnatni ilmiy tashkil etish kengashi (MITEK) to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlaydi;
O’zbekiston Milliy arxivi hujjatlarini korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga vaqtincha foydalanish uchun berish, matbuotda nashr qilish, tadqiqotchilarni arxiv o‘quvxonasida hujjatlar bilan ishlashiga ruhsat berish masalalarini hal qiladi;
O’zbekiston Milliy arxivi faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, hujjatlarni jamlash, saqlash, ta’mirlash, zarar yetmaydigan holda saqlash (konservatsiyalash), nusxa ko‘chirish, ulardan foydalanish va muhofaza qilishning samarali tizimi va usullarini joriy qiladi;
arxivning uskunalar va boshqa zarur materiallarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi, binodan texnik jihatdan foydalanish (texnik ekspluatatsiyasi)ni ta’minlaydi;
O’zbekiston Milliy arxivi bazasida respublika arxivchilarining kasbiy malakalarini oshirishga imkoniyat yaratadi, shuningdek, arxiv xodimlarining malakasini oshirish, arxiv ishini ilmiy asosda tashkil etish va iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazadi;
o‘z vakolati doirasida tashkilotlar bilan arxiv xizmatlarini ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzadi; jamoa shartnomasi va mehnat qonunchiligiga asosan mehnatni ilmiy tashkil etish va unga haq to‘lashni takomillashtirish, arxiv xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish va rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;
o‘z faoliyatini “O‘zarxiv” agentligi va uning tizimidagi muassasalari, jamlash manbaiga kiritilgan vazirlik, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan aloqada, ishchan hamkorlikda olib boradi;
arxiv hujjatlari va ma’lumotlarining to‘liqligi, butligi va xavfsizligi uchun javob beradi;
amaldagi qonunchilikka muvofiq vakolati doirasida boshqa ishlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi — O‘zbekiston Respublikasi xalqlari tarixiy-madaniy merosining ajralmas qismi hisoblanadigan, tarixiy, ilmiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, O‘zbekiston hududida yashagan va yashayotgan xalqlarning moddiy va ma'naviy hayotini aks ettiruvchi, yaratilgan joyi, vaqti, manba turi va mulkchilik shaklidan qat'i nazar, tarixan paydo bo‘lgan, doimo to‘ldirib boriladigan va doimiy saqlanishi kerak bo‘lgan arxiv hujjatlarining majmuidir.
«Arxivlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq «O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom»(O‘.R. MAF) tasdiqlanib,uning asosiy maqsadi O‘zbekiston hududida mavjud bo‘lgan barcha arxiv hujjatlarining to‘liq qamrab olinishini ta'minlashga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondining yaxlitligini saqlab qolishga va fuqarolar, jamiyat va davlatning ijtimoiy, madaniy, ilmiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida arxiv hujjatlarini jamlash, hisobga olish, ekspertiza qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish hamda ulardan foydalanishning yagona tartibini belgilashga qaratilgandir.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi tarkibiga o‘tkazish yoki hujjatlarni undan chiqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligi organlari va muassasalari tomonidan nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar bilan birgalikda ularning hujjatlari qimmati ekspertiza qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari saqlanish joyi va mulkchilik shakllaridan qat'i nazar, davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va hisobga olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi davlat va nodavlat arxiv fondlaridan tashkil topadi.
Davlat arxiv fondini quyidagilar tashkil etadi :
a) O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga kiruvchi hududdagi mavjud va o‘zining barcha tarixi davomida mavjud bo‘lgan davlat yuridik shaxslari arxiv hujjatlari :

  • davlat hokimiyati va boshqaruvining oliy, respublika va mahalliy, fuqarolarning o‘z o‘zini boshqarish organlari, prokuraturalar, sudlar, banklarning ;

  • sanoat, transport, aloqa, kapital qurilish, qishloq xo‘jaligi va xalq xo`jaligining boshqa tarmoqlari, fan, xalq talimi, madaniyat sohasidagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlar va birlashmalarning ;

  • ustav kapitalida davlat mulki bo‘lgan aralash mulkchilik shakllaridagi korxonalar, tashkilotlar va birlashmalarning ;

  • vatanimizning chet elda bo‘lgan va (yoki) chet eldagi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining faoliyatida paydo bo‘lgan arxiv hujjatlari ;

b) kasaba uyushmalari, siyosiy tashkilotlar, ijodiy va boshqa jamoat tashkilotlari, birlashmalarning O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgunga qadar o‘z faoliyatlarida paydo bo‘lgan hujjatlari, din davlatdan ajratilgungacha bo‘lgan davrga tegishli diniy muassasalarning arxiv hujjatlari ;
d) O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatda bo‘lgan barcha darajadagi harbiy qismlar boshqarmalari va shtablari, qo‘shilmalar va birlashmalar, o‘quv muassasalari va boshqa milliy muhofaza qilish va xavfsizlik muassasalari, tashkilotlari, armiya, chegara va ichki qo‘shinlarning arxiv hujjatlari;
e) qonuniy asosda davlat mulkiga, shu jumladan, chet ellardan kelib tushgan yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv hujjatlari ;
f) arxiv hujjatlarining asl nusxasi, shuningdek, davlat mulkiga chet ellardan qonuniy asosda kelib tushgan arxiv hujjatlari nusxalari.
2. Nodavlat arxiv fondi:
a) jamoat birlashmalari va tashkilotlaridagi yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, kasaba uyushmalari, xayriya jamg‘armalari va boshqa jamg‘armalar, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy birlashmalar va tashkilotlarning ;
b) nodavlat birlashmalari (kompaniyalar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari)dagi sanoat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, qishloq xo`jaligi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari, fan, madaniyat, ta'lim, ijtimoiy soha, ommaviy axborot vositalarining ;
d) jismoniy shaxslardagi (shaxsiy hujjatlar, oilaviy arxivlar, hujjatlar kolleksiyasi va boshqalar) nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarning arxiv fondlari va arxiv hujjatlaridan tashkil topadi.
Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta'minlaydilar.
Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Bunday ishlar bitim (shartnoma) bilan, zarur hollarda hujjatlarni saqlash va ulardan foydalanish shartlari aniqlangan holda rasmiylashtiriladi.
Nodavlat korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalar tugatilganda yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi.
Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtinchalik, shu jumladan, depozitar saqlashga davlat arxivlariga, muzeylarga va kutubxonalarga berishlari mumkin.
Nodavlat arxiv fondi hujjatlarini vaqtincha, shu jumladan, depozitar saqlashga berish shartlari va tartibi hujjat egalari bilan davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalar o‘rtasida tuzilgan bitimlar (shartnomalar)da belgilanadi.
Hozirgi paytda davlat arxivlarida saqlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlari 6,0 mln. saqlov birligini tashkil etadi, shu jumladan 38,0 mingdan ortiq ilmiy-texnikaviy hujjatlar, 16,0 mingdan ortiq kinohujjatlar, 402,0 ming surat hujjatlari, 14,0 ming ovozli hujjatlar.
Idoraviy arxivlarda 1,6 mln. saqlov birligida doimiy saqlanadigan hujjatlar mavjud. 6 mln. negativ kadrdan iborat sug‘urta fondi yaratilgan.

Download 30.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling